Connect with us

Siyosat

Prezident Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zlab, unda dastlab sammitning qadimiy Qorabog‘ zaminida tashkillashtirilganini e’tirof etdi va sammitni yuksak darajada tashkil etayotgani va samimiy qabul uchun Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi.

«Toshkentdagi tarixiy sammitimizdan keyin Tashkilotning institutsional salohiyatini mustahkamlash, yangi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.

Fursatdan foydalanib, Tashkilotimiz doirasida Qozog‘iston Respublikasining samarali raisligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Shu bilan birga, anjumanimizda uzoq tanaffusdan so‘ng Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etayotganidan xursandmiz. Chunki biz qo‘shni Afg‘onistonni Tashkilotimiz makonining ajralmas bir qismi, keng ko‘lamli iqtisodiy hamkorlik va transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayonlarining muhim ishtirokchisi sifatida ko‘ramiz va har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz», – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Mirziyoyev o‘z nutqida, shuningdek, bugun dunyo hamjamiyati keskin inqirozni boshidan kechirayotgani, ayniqsa, bu kabi aksariyat ziddiyat va nizolar aynan Tashkilot makonida sodir bo‘layotganini afsus bilan qayd etdi.

«Xalqaro huquq va global xavfsizlik institutlarining tanazzuli muloqot va hamkorlikni yanada zaiflashtirib, kuch ishlatish va zo‘ravonlikka keng yo‘l ochmoqda. Xususan, Tashkilotimiz a’zosi bo‘lgan Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish, keng miqyosdagi ekologik halokat o‘chog‘ining vujudga kelish xavfini tug‘dirdi.

Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumshatish, xavfsizlikni tiklash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholaymiz.

Bu kelishuv barcha muammolarni diplomatik va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonamiz.

Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik va ularni ishlatishdan tiyilish xalqaro xavfsizlikning eng dolzarb masalasi ekanini inobatga olib, dunyo hamjamiyatini yana bir bor yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirishga chaqiramiz.

Ta’kidlash joizki, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqdagi tinchlik va barqarorlikka erishish mumkin emas.

Biz G‘azo sektorida harbiy harakatlarni to‘xtatish, ochlik va g‘ayriinsoniy sharoitdan azob chekayotgan aholiga gumanitar yordam ko‘rsatishga hech qanday to‘siq qo‘ymaslik, Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyusiyalariga muvofiq mustaqil Falastin davlatini tashkil etish tarafdorimiz», – dedi Mirziyoyev.

Shu bilan birga, har qanday tinchlik va taraqqiyotning asosi, avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan belgilanishi, shu bois Tashkilotimiz doirasidagi sheriklik bugungi kunda nafaqat tabiiy, balki muhim strategik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Prezident Mirziyoyev yig‘ilish kun tartibidan kelib chiqib, bir qator masalalarni o‘rtaga tashladi.

«Eng avvalo, biz Tashkilotimizning o‘rta va uzoq davrdagi ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olishimiz kerak.

Bu borada «Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035» konsepsiyasini qabul qilishimiz zarur. Hujjatda savdo, investitsiya, transport, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, turizm va ta’lim kabi an’anaviy yo‘nalishlar bilan birga, innovatsiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Tashkilotimiz doirasida tovar va xizmatlar savdosini soddalashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, elektron savdoni rivojlantirish masalalari ayniqsa dolzarbdir.

Shunga e’tiboringizni qaratmoqchiman: hozirgi kunda o‘zaro savdo hajmi past darajada qolmoqda. Bu ko‘rsatkich 2024 yilda 95 milliard dollarni tashkil etib, davlatlarimiz umumiy savdo aylanmasining 10 foizini tashkil etdi.

Mazkur yo‘nalishda strategik masalalarni muhokama qilish, Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni kelishish maqsadida joriy yil Toshkentda savdo vazirlarimizning uchrashuvini o‘tkazish taklifini ilgari suramiz.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha tezkor ma’lumot almashish va to‘siqsiz yetkazishga qaratilgan «yashil yo‘laklar» tizimini yaratish dolzarbdir.

Sarmoyaviy hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiya muhitini yanada shaffof va jozibador qilish maqsadida uzoq muddatli «Ekoinvest» dasturini qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz. Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etish, deb hisoblaymiz.

Yana bir ustuvor yo‘nalish. So‘nggi vaqtdagi geosiyosiy voqealar xalqaro logistika zanjirlarining uzilish xavfi naqadar yuqoriligi hamda muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish strategik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor isbotladi.

O‘tgan yili Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini amalga oshirishni boshlaganimiz muhim voqea bo‘ldi. Kelgusida ushbu magistral tarmoq Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, keng mintaqamizdagi tranzit tarmoqlarini samarali birlashtirish imkonini beradi.

Transport va logistika sohasini raqamlashtirish ishlarini tizimli asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni amalda tatbiq etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz va ekspertlar darajasidagi muzokaralarni jadallashtirish tarafdorimiz.

Mintaqada yangi aviaqatnovlar yo‘nalishlarini ochish, aviakompaniyalar o‘rtasida innovatsion hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish, turizm va aviatsiya sohalari o‘rtasida marketing bo‘yicha integratsiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir. Ushbu masalalarni muhokama qilish maqsadida Milliy aviakompaniyalar forumini Samarqandda tashkil etishni taklif qilamiz.

Istiqbolda turizm sohasida sayyohlar oqimini ikki barobar oshirish uchun yetarli salohiyatga egamiz. Tashkilot doirasida «Turizm xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish ayni shu ezgu maqsadimizga xizmat qiladi.

E’tiboringizni yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman.

Global iqlim kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan davlatlarimizning intilish va sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimdir. Boku shahrida muvaffaqiyatli o‘tgan COP-29 global iqlim sammitida qabul qilingan majburiyatlar va kelishuvlar to‘liq amalga oshirilishining qat’iy tarafdorimiz.

Tashkilot doirasida cho‘l hududlarida o‘rmonlar tashkil qilish, rekreatsiya zonalarini barpo etish bo‘yicha Transchegaraviy “yashil dasturi”ni ishlab chiqishni taklif etamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi Tashkilot faoliyatini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan Yuqori darajadagi qo‘mitaning ishini ijobiy bahoshini bildirdi. Qo‘mitaga kelgusi sammitga qadar Tashkilot faoliyatini isloh qilish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini topshirishni taklif qildi.

«Bunday islohotlar hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, Tashkilotning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yanada oshirish hamda uning faoliyatini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ishonaman, bugungi sammitimiz ko‘pqirrali va amaliy hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi katta niyat va rejalarimizga munosib turtki bag‘ishlaydi», – dedi so‘zini yakunlab Shavkat Mirziyoyev.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida yetakchilar bir-birlarini muborak Ramazon hayiti va bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan dildan qutlab, ikki mamlakatning qardosh xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham samimiy tabriklarini yo‘lladi.

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajalarda samarali muloqotlar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmining barqaror o‘sishi, shu jumladan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali ta’minlanmoqda. Yaqinda ishga tushirilgan “Shovot-Toshhovuz” savdo zonasining samarali faoliyati ham o‘zaro savdoning oshishiga xizmat qilmoqda.

Yuk tashishlar hajmi, shu jumladan Turkmanboshi orqali izchil ortib bormoqda. Energetika, sanoat, suv xo‘jaligi va transportda kooperatsiya kengayib bormoqda, Parlamentlararo, hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar. Barqaror tinchlikka erishishning yagona yo‘li vaziyatni siyosiy-diplomatik choralar bilan hal etish ekani ta’kidlandi.

Joriy yilda ko‘zda tutilgan ko‘p va ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Published

on


20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat yetakchilari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr va qutlug‘ Navro‘zi olam bayramlari munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va davomiy ravnaq tilaklari izhor etildi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil fevral oyida Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi sifat bosqichiga ko‘targani alohida ta’kidlandi.

Oliy darajadagi tashrifdan keyin vazirliklar, idoralar va hududlar darajasidagi muloqotlar yanada faollashgani, o‘zaro almashinuvlar aniq natijalar bilan boyib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbat davomida tomonlar so‘nggi vaqtlarda Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskinlikdan jiddiy tashvish bildirib, har qanday ziddiyat va muammoni faqat tinch va diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligiga urg‘u berdilar.



Source link

Continue Reading

Siyosat

O‘zbekiston mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni modernizatsiya qilishga intilmoqda

Published

on


Oliy Majlis Qonunchilik kengashi 17-mart kuni “Mehnat xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Ushbu qonun loyihasi 2006 yildan beri amalda bo’lgan amaldagi qonunni almashtirib, xavfli va potentsial xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining normativ-huquqiy bazasini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Huquqiy bazani tubdan qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan sa’y-harakatlar yangi sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi va yuqori xavfli texnologiyalarning keng joriy etilishidan kelib chiqadi. Qonunchilarning ta’kidlashicha, so’nggi paytlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va jarohatlar bo’yicha tahlillar qattiq nazorat va yangilangan tartib-qoidalar zarurligini ta’kidlaydi.

Kengaytirilgan moliyaviy himoya va audit

Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha eng kam sug‘urta summasini belgilash yangi qonun loyihasining ustunlaridan biri hisoblanadi. Bu xavfli ob’ektda baxtsiz hodisa yuz berganda zararni qoplash uchun mablag’lar mavjudligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, qonun mehnat xavfsizligini boshqarish uchun rasmiy audit tizimini joriy qiladi. Ushbu audit jarayoni quyidagilarga mo’ljallangan:

Mavjud tizimlar belgilangan xavfsizlik talablariga javob berishini baholang. Baxtsiz hodisalar va jarohatlarning oldini olish bo’yicha hozirda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun maxsus mexanizmlarni ishlab chiqish.

Qonun loyihasi, shuningdek, davlat boshqaruvi rolini kuchaytirish va xavfli va potentsial xavfli ob’ektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoringni kuchaytirishga qaratilgan.

Yong’in xavfsizligiga keng e’tibor qaratiladi

Ushbu qonunchilik tashabbusi fevral oyida qonun chiqaruvchi yuan yong’in xavfsizligini boshqarishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ko’rib chiqishni boshlaganida tegishli harakatdan keyin sodir bo’ldi. Ushbu hujjat yonuvchan qurilish materiallaridan foydalanishni taqiqlashni taklif qiladi va xavfli toifaga asoslangan binolar uchun maxsus texnik talablarni kiritadi.

Taklif etilayotgan yong’in xavfsizligi qoidalari loyihalash tashkilotlari, ishlab chiquvchilar, pudratchilar va boshqaruv kompaniyalarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilaydi. Bundan tashqari, qonun loyihasi mansabdor shaxslarning yong’in xavfsizligi standartlari bo’yicha shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Soʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp

Published

on


O‘tgan yili O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘ida import va eksport o‘rtasida sezilarli nomutanosiblik kuzatildi, import eksportdan 2,5 barobar oshib ketdi. “O‘ztemiryur Konteyner” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, import va eksport konteyner tashish hajmi 355 752 TEUga yetdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati sho‘ba korxonasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 21 foizga oshgan. Bu o‘sish, birinchi navbatda, mamlakatimizga kirib kelayotgan tovarlarning ko‘payishi bilan bog‘liq.

Temir yo’l konteynerlarida kelgan import tovarlari hajmi 256 115 TEUni tashkil etdi, bu o’tgan yilga nisbatan 30% ga o’sdi. Aksincha, O‘zbekistondan eksport jo‘natmalari atigi 3,5 foizga o‘sib, jami 99 637 TEUni tashkil etdi.

Logistika ekspertlarining fikricha, import hajmining o‘sishi asosan Qozog‘istonning Oltinko‘l va Do‘stlik stansiyalari hamda Rossiyaning Magnitogorsk stansiyalari orqali tashish hajmining oshishi bilan bog‘liq. Magnitogorsk ham mamlakat eksportining o’sishida muhim rol o’ynadi.

Ushbu yo’laklarda faollik kuchaygan bo’lsa-da, kompaniya Rossiyaning Uzoq Sharqidagi, xususan, Naxodka va Vladivostokdagi yuk tranzit portlari kamayganini qayd etdi. Buning o’rnini qoplash uchun yangi multimodal yo’nalishlarga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Yevropa: “O‘ztemiryur” konteyneri va uning hamkorlari Gruziyaning Poti porti orqali Yevropa davlatlariga konteyner tashish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Janubiy Osiyo: Qozog‘iston va O‘zbekistonga importni osonlashtirish uchun Hindistondan Eronning Bandar Abbos porti orqali yangi yo‘nalish tashkil etildi.

Konteynerlar soni ko‘payganiga qaramay, Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda temir yo‘l sohasining umumiy hissasidan noroziligini bildirgan edi. Uning taʼkidlashicha, 2025-yilda temir yoʻl transportida tashiladigan yuklarning umumiy tonnaji atigi 3,3 foizga oshadi, bu Oʻzbekiston umumiy yuklarining 7 foizdan kamrogʻini tashkil qiladi.

Prezident samaradorlikdagi katta tafovutga to‘xtalib, yuklarni temir yo‘l orqali eksport qilish yuk tashishga qaraganda 3-4 baravar ko‘proq vaqt talab qilishini ta’kidladi. Joriy yilda hukumat yuk va yo‘lovchi tashish hajmini kamida 10 foizga oshirish vazifasini qo‘ygan.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga operatsion va asosiy bo‘lmagan xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berildi. Tejalgan mablag’lar temir yo’lni avtomobil transportiga raqobatbardoshroq alternativa qilish uchun xizmat ko’rsatish sifati va infratuzilmasini yaxshilashga qayta investitsiya qilinishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident Mirziyoyev Samarqand viloyatida 7 milliard dollarlik investisiya loyihasini ishga tushirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqand viloyatida qiymati qariyb 7 milliard dollarlik yirik sarmoyaviy loyihaning ochilishi va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbir doirasida oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika, qurilish materiallari, metall va mebel ishlab chiqarish kabi muhim tarmoqlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Prezidentimiz viloyatning zamonaviy ishlab chiqarish quvvati, ilg‘or texnika va texnologiyalar, keng turdagi sanoat mahsulotlari bilan tanishdi. Mutasaddilar Samarqand viloyatida so‘nggi yillarda sanoatning barqaror o‘sishi kuzatilayotgani, yaxshilangan ishbilarmonlik va investitsiya muhiti mahalliy va xorijiy kapitalni jalb etishda davom etayotganini ta’kidladi.

Marosimda viloyatning shahar va tumanlarida umumiy qiymati qariyb 7 milliard dollarlik 106 ta loyiha ishga tushirilishi yoki qurilishga tayyorligi e’lon qilindi. Loyiha rahbarlari tadbirda videoaloqa orqali ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berishdi.

Ushbu tashabbus konchilik, geologiya, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, xizmat koʻrsatish va turizm kabi keng koʻlamli sohalarni qamrab oladi. Ushbu loyihalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi sanoat ob’ektlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Tadbir doirasida Prezident xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan qator loyihalarni ramziy ma’noda boshlab berdi. Xususan, Avstriya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Hindiston, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda 2,4 milliard dollarlik 53 loyiha foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, Gollandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya, Eron hamkorlari ishtirokida umumiy qiymati 4,6 milliard dollarlik 53 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida qariyb 18 ming yangi ish o‘rni yaratilishi, 13 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu loyihalardan 700 million dollarga yaqin eksport salohiyati keltirilishi kutilmoqda.

Mutasaddilar bu boradagi sa’y-harakatlar Samarqand viloyatining sanoat salohiyatini mustahkamlash, ishlab chiqarish sohasini modernizatsiya qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, eksport maydonlarini kengaytirish kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.