Dunyodan Xabalar
Prezident Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisi Raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-mart, payshanba kuni Parij shahridagi Burbon saroyida Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu tashrifning tarixiy ahamiyati, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Fransiya parlamenti quyi palatasi rahbari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni, vakillik organlarining roli, xotin-qizlar, bolalar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari hamda ekologik xavfsizlik kafolatlari kuchayganini yuqori baholadi.
O‘zbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini tashkil etish va «yo‘l xaritasi» asosida do‘stlik guruhlari ishini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston yetakchisi Milliy majlis Raisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga taklif etdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.
Dunyodan
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning tviti O‘zbekiston bilan do‘stlikni mustahkamlashga bag‘ishlandi
Parij, 2025-yil 13-mart — Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijga rasmiy tashrifini iliq kutib oldi. Fransiya yetakchisi o‘zining tvitter sahifasida ushbu tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va strategik hamkorlikni mustahkamlashga va’da berdi.
Makronning rasmiy tvitida quyidagi so‘zlar bitilgan:
“Parijga xush kelibsiz, hurmatli Shavkat! Mazkur davlat tashrifi bilan birga, biz Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada yuksaltirib, kelajakka yo‘naltirilgan sheriklik uchun berilgan va’dani bajaramiz. Yashasin O’zbekiston, yashasin Fransiya!”

Bu bayonot Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning mustahkamligini aks ettirib, ikki davlatning yaqin hamkorlikka intilishining belgisidir. Ushbu tashrif davomida O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlarida yangi kelishuvlarga erishishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Prezident Mirziyoyevning Fransiyaga safari doirasida bir qator yirik investitsion loyihalar, ilmiy-akademik almashinuv dasturlari va madaniy tadbirlar muhokama qilinishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tarixiy rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu tashrif O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ochib berishi mumkin. Makronning iliq kutib olish bayonoti esa ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yaqqol ifodasi sifatida baholanmoqda.
Dunyodan Xabalar
Amerika fazoviy qurilmasi Oyga qo‘ndi
Amerikaning Firefly Aerospace kompaniyasiga qarashli Blue Ghost fazoviy qurilmasi Oyga qo‘ndi. Bu haqda NASA xabar berdi.
Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Oyga qo‘nish bizning vaqt bilan 2 mart soat 13:34 da amalga oshgan. Oyning Yerga ko‘rinadigan tomonida, Inqirozlar dengizida (hududda iqlimiy sharoit o‘ta beqarorligi uchun shunday nomlangan — tahr.) joylashgan Latreyl tog‘i yaqinida ushbu modul ikki hafta tinmay ishlaydi.
Oyga qo‘nadigan ushbu modul 15-yanvar kuni SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida uchirilgan edi. Fazoviy modul bortida NASAga tegishli o‘nta tadqiqot uskunasi bo‘lib, ular Oy haqida ma’lumotlar to‘plab, kelajakdagi parvozlar uchun hozirlik ko‘rishda yordam beradi.
Falcon 9 raketasi, shuningdek, yaponlarning Oyga qo‘nuvchi HAKUTO-R Mission 2 (Resilience) modulini ham fazoga olib chiqqan, u aprel oyida sayyoramiz yo‘ldoshiga mini-roverni olib boradi.
-
Jamiyat4 days agoIsitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli berilishi boshlandi
-
Jamiyat4 days agoBekobodda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi
-
Iqtisodiyot3 days agoPokiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy operatsiyalar yo‘lga qo‘yiladi
-
Dunyodan5 days agoMeksikadagi fojiali olovda 22 kishi halok bo’ldi
-
Sport2 days agoDevid Bekhem ritsar unvonini oldi
-
Dunyodan2 days agoBritaniyaning eng boy odami 85 yoshida vafot etadi
-
Iqtisodiyot1 day agoO‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
-
Dunyodan2 days agoDik Cheyining o’limi milliy yo’qotish, deydi Jorj V. Bush
