Connect with us

Siyosat

Prezident Markaziy Osiyo rahbarlari uchrashuvida muhim tashabbuslar bilan chiqdi

Published

on


Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qator asosiy fikr va tashabbuslar bilan chiqdi. 

Bugungi sammit tarixiy bo‘ldi: Maslahat uchrashuvlari formatiga Ozarbayjon Respublikasining to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishini davlat rahbarlari bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qadam hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida hamkorlikning yagona makonini shakllantirishini ta’kidladi. 

 Prezidentimiz o‘z nutqida mintaqani yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi: 

 1. Mintaqaviy integratsiyaning yangi bosqichi. 

Qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo muloqotning maslahat shaklidan chinakam hamkorlik bosqichiga o‘tdi: hududiy masalalar tartibga solindi, chegaralar ochildi, energetika, transport va savdo sohalarida hamkorlik o‘rnatildi. O‘zaro savdo 10,7 milliard dollarga yetib, investitsiyalar 17 foizga o‘sdi. 

2. Institutsional arxitekturani mustahkamlash. 

Uchrashuvlar formatini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik platformasiga aylantirish, Kotibiyatni ta’sis etish, Oqsoqollar kengashini tuzish, milliy muvofiqlashtiruvchilar maqomini ko‘tarish taklif etildi. 

 3. Iqtisodiyot va investitsiyalar. 

 Mintaqa davlatlari o‘zaro savdo hajmini 1,5–2 baravar oshirish imkoniyatiga ega. Prezident quyidagilarni taklif qildi: 

 – 2035-yilgacha bo‘lgan Savdo-iqtisodiy hamkorlikning mintaqaviy dasturini qabul qilish; 

 – Yagona investitsiya makoni to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ishlab chiqish; 

– elektron tijoratni birgalikda rivojlantirishni ilgari surish. 

 4. Infratuzilma va transport. 

 O‘zbekiston “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li, Transafg‘on yo‘lagi va Transkaspiy yo‘nalishlarini kengaytirish kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda mintaqa davlatlarini birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha Kengashni tuzish taklif qilindi. 

 5. Xavfsizlik va Afg‘oniston. 

Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi va Tahdidlar va xavflar katalogi tasdiqlash uchun taqdim etildi. Prezident Afg‘onistonni mintaqaviy energetika va transport loyihalariga integratsiyasi muhimligini ta’kidladi hamda “Farg‘ona tinchlik forumi”ni muntazam o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga aylantirishni taklif qildi. 

 6. Iqlim va suv. 

O‘zbekiston 2026-2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilishni deb e’lon qilishni, shuningdek, Suv xo‘jaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi. 

 7. Gumanitar soha. 

Ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi. Prezident har yili ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan Xalqaro kongressni o‘tkazishni, Mintaqaviy ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasini tuzish hamda mintaqamiz olim va mutafakkirlarining global rivojlanishga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan BMTning maxsus rezolyusiyasini ilgari surishni taklif qildi. 

Prezidentimiz nutqini asosiy fikr bilan yakunladi: “Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda”. 

O‘zbekiston Turkmanistonni yangi – “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” formatida o‘tadigan davlatlar rahbarlarining Maslahat uchrashuvida raislikni qabul qilib olgani bilan tabrikladi va bo‘lajak mezbonlik qilish davridagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Published

on


Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.

Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi

Published

on


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.

Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. 

Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.