Connect with us

Iqtisodiyot

Prezident farmoni bilan bir guruh tadbirkorlar mukofotlandi (ro‘yxat)

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan

Abdulloyev Kamol Talatovich — Samarqand shahridagi «Sam Antep Gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich — Andijon tumanidagi «Ravon taraqqiyot orzusi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich — «Uztex» to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi

Xashimov Zafar Kamilevich — Toshkent shahridagi «Anglesey Food» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator» faxriy unvoni bilan

Raxmanberdiyev Gappar — Toshkent kimyo-texnologiya institutining sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Artikxodjayev Jaxongir Abidovich — Toshkent shahridagi «Akfa Group» kompaniyalar guruhi asoschisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdurayimov Boxodir Tursinovich — Chortoq tumanidagi «Chartak Mineral Water» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati

Bobojonov Dilshod Maxmudovich — Shofirkon tumanidagi «Leichter Kamalak Textilien» qo‘shma korxonasi rahbari, Buxoro viloyati

Muxtorxonov Nuritdin Komolidinovich — Parkent tumanidagi «Meridian Tempo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich — Olmazor tumanidagi «N’medov» kompaniyalar guruhi ta’sischisi, Toshkent shahri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abbosxo‘jayev Azizxo‘ja Avazxo‘ja o‘g‘li — Olmazor tumanidagi «Grand Pharm Trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri 

Abidov Temur Tashtemirovich — Shahrisabz shahridagi «Shakhrisabz Med Center» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Zokirov Farxodjon Latipovich — Xo‘jaobod tumanidagi «Xo‘jaobod Fayz-M» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Kasimbayeva Madina Anvarovna — Shayxontohur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, kashtachilik-so‘zana ustasi, Toshkent shahri

Kurdiani Nikoloz — «TBC Uzbekistan» banki bosh direktori

Maxmudov Murabit Adilxanovich — Zomin tumanidagi «Zomin Brewery» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Jizzax viloyati

Nasirov Murod Rashodovich — Chilonzor tumanidagi «Group of Navbahor» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Sadikov Rustam Nasirovich — Chilonzor tumanidagi «Tarleplast» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Saliyeva Palzada Jiyenbayevna — Kegeyli tumanidagi «Arzio‘» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

To‘rayev Zafar Suyunovich — Urgut tumanidagi «SXF Big Stroy Building» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Ergashev Shuxrat Sharipovich — Bulung‘ur tumanidagi «Samarkand Garden plast» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Samarqand viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Abduraxmanov Ilxomjon Tursunovich — Paxtakor tumanidagi «Paxtakor Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Akramov Murod Ikramovich — Zangiota tumanidagi «Technologies of Real Time» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Aliyev Shuxratbek Erkinovich — Asaka tumanidagi «Baraka hamkor parranda» xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

Amonov Muxtar Raxmatovich — Buxoro davlat universitetining kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Babakulova Yulduz Abdugaffarovna — Guliston tumanidagi «Yulduz Abdug‘afforovna» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Botirov Akram Gafurovich — Davlatobod tumanidagi «Interior Mega Max» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Burxanxodjayev Saidazim Vaxidovich — Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi «ITF Group LLC» logistika kompaniyasi ijrochi direktori

G‘oziyeva Dilnoza Axmadjanovna — Yunusobod tumanidagi «Perfect Design Arh» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Jalolov Elyorjon Madaminovich — Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Farg‘ona viloyati

Ilxomov Shuxrat Sharifovich — Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Karabayev Muzaffar Maxamadaliyevich — «Datasite Technology» va «SiteLabs» kompaniyalari asoschisi

Kerimbayev G‘ayratdin Umarovich — To‘rtko‘l tumanidagi «115-To‘rtko‘l avtokorxonasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Komilov Nasimjon Qobiljonovich — Samarqand shahridagi «STD Health Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Kosimov Sayot Salimovich — Kogon tumanidagi «Kogon Mars Plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Qodirov Muzaffar Muxitdinovich — Yashnobod tumanidagi «MEP Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Mamutova Maxira Aminaddinovna — Nukus shahridagi «Good Cafe» oilaviy korxonasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Mahmatmurodov Sherzod Beknazarovich — Qamashi tumanidagi «Nurmanova Xurshida» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Numanova Olga Leonidovna — «InFinBank» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Rajabov Botir Jo‘rayevich — Bandixon tumanidagi «Omad» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Rustamov Ulugbek Shaxzodovich — Toshkent shahridagi «Click» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Saidkamalov Noxid Nasirjanovich — Andijon shahridagi «Grand Tehnolog» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Safarov Mirjamol Abdisamatovich — Qarshi shahridagi «Qashqadaryo maxsus montaj servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Sultanmuratova Gulnora Urunovna — Urganch shahridagi «Star Kids Plus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich — Toshkent tumanidagi «To‘xtaniyoz ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Xakimov Mirxayot Mirxamidovich — Angren shahridagi «National Ceramics» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Xamidova Zarina Istamtoshevna — Nurota tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Navoiy viloyati

Xikmatov Furkat Shuxratovich — Parkent tumanidagi «Batu Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Xodjayev Jasurbek Majidovich — Toshkent shahridagi Inha universiteti professori



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

«O‘zmilliybank» AJ O‘zbekiston emitentlari orasida birinchi bo‘lib Xitoy kapital bozoriga 250 mln dollarlik obligatsiyalar chiqarmoqchi

Published

on


2026 yil 9–10 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududiga tashrifi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ («O‘zmilliybank» AJ) va «China International Capital Corporation» (CICC) Osiyo kapital bozorida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining 11-sammiti doirasida tomonlar Gonkong fond birjasida Xitoy yuani va O‘zbek so‘mida umumiy qiymati 250 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish hamda ularni Gonkong fond birjasida listingdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladilar.

Erishilgan kelishuv «O‘zmilliybank» AJning Osiyo kapital bozoriga ilk bor chiqishini anglatadi hamda bankning xalqaro qarz olish geografiyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur kelishuvning amalga oshishi bankning moliyalashtirish manbalari va valyuta tarkibini diversifikatsiya qilish, xalqaro investorlar doirasini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Osiyo kapital bozori resurslarini jalb qilish imkonini beradi.

Rejalashtirilayotgan mazkur emissiya «O‘zmilliybank» AJning xalqaro kapital bozorlaridagi izchil faoliyatining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. 2020 yildan buyon bank London va Vena fond birjalarda umumiy qiymati 1,13 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi uchta obligatsiya emissiyasini amalga oshirgan.

Mazkur kelishuv 2026 yilga mo‘jallangan davlat investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida imzolangan bo‘lib. Ushbu dasturga muvofiq, «O‘zmilliybank» AJ zimmasiga O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro moliya institutlaridan jami 1,5 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni jalb etish vazifasi yuklatilgan.

Imzolangan kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirish borasidagi amaliy natijalardan biri bo‘lib, mazkur hamkorlik so‘nggi yillarda ikki davlat yetakshilarining uzoqni ko‘zlagan siyosati va strategik qarashlari tufayli yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard AQSh dollariga yaqinlashdi. Yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 30 milliard AQSh dollariga yetkazish maqsad qilib olindi. Amaldagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard AQSh dollarini tashkil etib, O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlik kengayib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kapital jalb qilishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. «O‘zmilliybank» AJning CICC bilan erishgan kelishuvi mazkur yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekistonning Osiyo kapital bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli resurslarni jalb etishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik tizimli ahamiyatga ega bank hisoblanadi. 2025 yil yakuniga ko‘ra, bank aktivlari 12 milliard AQSh dollaridan, kredit portfeli 9 milliard AQSh dollaridan, jami kapitali esa 1,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.

China International Capital Corporation (CICC) 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning yetakchi investitsiya banklaridan biri hisoblanadi. Kompaniya investitsiya banking, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish sohalarida xizmatlar ko‘rsatadi hamda Gonkong, Singapur, London va Nyu-York kabi xalqaro moliya markazlarida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):


Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi

Published

on



Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.

2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).

Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.