Mahalliy
Prezident bir guruh o‘qituvchilarni mukofotlash bo‘yicha farmonni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev bir guruh o‘qituvchilarni taqdirladi.
Prezident “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan
Raximov Xamidjon Mamajonovich – Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Farg‘ona viloyati
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan
Boyqobilova Lobar Toshtemirovna – Oqdaryo tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Egamberdiyev Atabek Ro‘zimovich – Hazorasp tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdullayev Maxmudjon Muxamedovich – Toshkent davlat texnika universitetining mexatronika va robototexnika kafedrasi professori
Orazimbetova Guldarixa Kdirbayevna – Qorao‘zak tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suvanov Omon – Guliston davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Xushmatov Raxmatullo Rabbimovich – Samarqand shahridagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 61-maktab-internatining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Shukurov Maxmanazar Karimovich – Yakkabog‘ tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Tadjibayeva Ma’muraxon Ashuraliyevna – Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Abdullayev Shavkat Vaxidovich – Namangan davlat universitetining kimyo kafedrasi professori, Namangan viloyati
Axmedova Muattar Abduvaxitovna – Qibray tumanidagi «Imkon» ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Toshkent viloyati
Baltabayev Alimkul Egamberdiyevich – Sayxunobod tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Bo‘tayev Qaxramon Nig‘matovich – R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining akademik xonandalik bo‘limi bosh o‘qituvchisi
Ziyayeva Moxidil Baxtiyorovna – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Kazimova Roxila Rozikovna – Tayloq tumanidagi 41-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati
Karimova Mavludaxon Sharobutdinovna – Oltinko‘l tumanidagi «Al Impex garant» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, Andijon viloyati
Kasimov Fayzullo Muxamadovich – Buxoro davlat pedagogika institutining boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori, Buxoro viloyati
Pirmatova Rano Ninniyevna – Sherobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Umaraliyeva Mamuraxon Tashxodjayevna – Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdushukurov Anvar Kabirovich – O‘zbekiston Milliy universitetining organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori
Azarenko Igor Timofeyevich – V.A.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi bo‘limi o‘qituvchisi
Azimov Raxim Azizboyevich – Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
Volfgang Anton Herrmann – «Yangi O‘zbekiston» universitetining faxriy prezidenti
Drujinina Yelena Sergeyevna – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi murabbiysi
Ibrohim Said Abdulla Ali Alhajri – Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universiteti prezidenti
Ismatillayev Xabibulla – Oltinsoy tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Kadirova Adiba Raxmonovna – Shahrisabz shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
King Stefen Richard – «Cambridge University Press & Assessment» tashkilotining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha bosh koordinatori
Qalbayeva Naubahar Perdebayevna – Nukus tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Marsden Abbey Nikole – Andijon shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
Mirjalilova Gulbaxor Miraxmonovna – Chust tumanidagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Mirzakulov Batirjon Kazakbayevich – Mirzacho‘l tumani hokimi, Jizzax viloyati
Rassell Heyli Daniel – Mirobod tumanidagi 175-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Sayfutdinov Anvar Nazarovich – Mirobod tumani hokimi, Toshkent shahri
Saparova Guldar Jusupaliyevna – Bo‘ka tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Sultanova Shaxida Yuldashevna – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining akademik litseyi ijrochi direktori
Uvarova Vera Yurevna – Toshkent shahridagi «Novda Edutainment» mas’uliyati cheklangan jamiyatining gumanitar fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i
Usmanova Nodira Soxibovna – Qarshi shahridagi 2-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti logopedi, Qashqadaryo viloyati
Xasanov Baxtiyor Temirovich – Oqdaryo tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Xafizova Sayyora Baxtiyarovna – Navbahor tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining o‘rinbosari, Navoiy viloyati
Shamusarov Sharustam Giyazovich – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining arabshunoslik oliy maktabi professori
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Abduraxmanova Surayyo Mirzamaxmutovna – Uchqo‘rg‘on tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Azimova Nargiza Fagimovna – Paxtakor tumani sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Jizzax viloyati
Artikov Urol Yusupovich – Jarqo‘rg‘on tumani sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Surxondaryo viloyati
Zakirova Dilnoza Sharifovna – Buxoro turizm va madaniy meros texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Kamolova Shohzoda Fayzullayevna – Navoiy shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabining robototexnika to‘garagi rahbari, Navoiy viloyati
Musayev Saminjon Aliyevich – Uchko‘prik tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
Ruzikulov Ravshan Raxmatulloyevich – Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiysi
Soliyev Anvarxuja Maqsudovich – Yangiyo‘l tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Choriyev Faxriddin Urolovich – Qamashi tumanidagi 2-sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, Qashqadaryo viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich – Dang‘ara tumanidagi «D.I.Mendeleyev» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Abdullayeva Fotima Baxromovna – Jizzax shahridagi «Jizzakh International School» xususiy maktabi direktori, Jizzax viloyati
Amanov Baxtiyar Xushbakovich – Chirchiq davlat pedagogika universitetining genetika va evolyusion biologiya kafedrasi mudiri, Toshkent viloyati
Amanova Zulxumor Mutalovna – Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Axmedova Hafiza Hakimovna – Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Axunova Tamara Uktamovna – Buloqboshi tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
Berdiyorova Xurshida Jambulovna – Koson tumanidagi 95-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Bobanazarov Sherbay Abdiraxmanovich – Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Boboyev Maqsud Mahmudovich – Jondor tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Boltayeva Lola Abduvohidovna – Yunusobod tumanidagi 273-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Djabbarov Ruzmat Allanazarovich – Xiva shahridagi 121-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Jalelov Ilxam Klishbayevich – Qonliko‘l tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jalilov Behzod Murotovich – Toshkent shahridagi «Target international school» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari
Janiqulov Ma’ruf Maxsud o‘g‘li – Forish tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Jurayeva Feruza Baxodirovna – Vobkent tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Zanjirova Xurshida Maxmudovna – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Zikirova Sanam Kilichevna – Qarshi shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi enagasi, Qashqadaryo viloyati
Kamalitdinov Jobir Nuritdinovich – Davlatobod tumanidagi «Aisha Home Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati
Karimov Eldor Erkinovich – G‘uzor tumanidagi 1-politexnikumi direktori, Qashqadaryo viloyati
Mamajonova Zoxidaxon Tursunovna – Norin tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Mirzayeva Raxima – Farg‘ona shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
Mirzaxmedov Ulugbek Uyirbekovich – Bo‘stonliq tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Nasirova Shaira Narmuradovna – Navoiy davlat universitetining raqamli texnologiyalar kafedrasi professori, Navoiy viloyati
Norqo‘chqarova Salima Normuminovna – Qumqo‘rg‘on tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Orazbayev Jurabek Ibadullayevich – Ellikqal’a tumanidagi «Sarabiy» o‘quv markazi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Po‘latov Rashidjon Raximovich – Beshariq tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
Saydaxmatova Xalimaxon Ismoilovna – Quva tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati
Salayev San’atbek Kamilovich – Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Salimov Xaytboy Mirzayevich – Marhamat tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
Salomov Umid Firdavsiyevich – Samarqand shahridagi «Anvar Zamon Nur» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Samadova Gulbahor Saidmuradovna – Jizzax shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Samiyeva Nafosat Kamolovna – Kitob tumanidagi 3-oilaviy bolalar uyi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Sarsenbayeva Uldaulet Ansatbay qizi – Bo‘zatov tumanidagi 20-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sultanova Gulnora Alimbayevna – Urganch shahridagi 18-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Xorazm viloyati
Sultonov Jaxongir Xasanjon o‘g‘li – O‘zbekiston tumanidagi «Edu fly» o‘quv markazi rahbari, Farg‘ona viloyati
Sultonov Sulton Istamovich – Buxoro shahridagi 24-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Temirov Anvar G‘ayrat o‘g‘li – Samarqand shahridagi «Yuksalish quruvchi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati
Tillayev Alisher Xasanovich – «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining «International House-Tashkent» akademik litseyi direktori
Tishlikova Dilnora Maxmudovna – Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Turg‘unov Bekzod Mirzamaxmud o‘g‘li – Chortoq tumanidagi «Stanford LC» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Namangan viloyati
Umarova Ozodaxon Israilovna – Jalaquduq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
O‘tanov Shuhrat Qo‘shmurodovich – G‘allaorol tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Xaknazarov Farxad Mamaraximovich – Guliston tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Xamidov Xayrullo Ismoilovich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining metallurgiya kafedrasi professori, Navoiy viloyati
Xamidova Gulnoza Baxtiyorovna – Zomin tumanidagi «Iqtidorlilar» xususiy maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Xo‘janiyozova Umida Qalandarovna – Urganch tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Shin Yelena Petrovna – Bekobod shahridagi 11-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Toshkent viloyati
Shoberdiyev Omon Abdixoliqovich – Qumqo‘rg‘on tumanidagi 1-politexnikumning maxsus fan o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Shodmonova Marhabo O‘ktamovna – Qiziltepa tumanidagi 1-politexnikumning maxsus fan o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
Egamberdiyev Sanjar Usanbayevich – Shirin energetika texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Sirdaryo viloyati
Elmirzayev Parvoz Pardayevich – Kitob tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Ergashev Sherzod Shodibek o‘g‘li – Jizzax shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Yavidov Bahram Yangibayevich – Nukus davlat pedagogika institutining fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mahalliy
O‘zbek tilini o‘qitish bo‘yicha muhim tadbir tashkil etildi
Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi doirasida joriy yilning 24-28-avgust kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitish: zamonaviy metodika va innovatsion yondashuvlar” mavzusida respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarga respublikamizning barcha hududlaridan jami 180 nafar pedagog, xususan, 120 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 60 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi jalb etildi.
Joriy yilning 24-avgust kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida respublika o‘quv-seminarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktor o‘rinbosari Habibullo Nosirov ishtirok etdi.
Ochilish marosimida ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish, davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova bugungi seminar sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy metodikalarni amaliyotga keng joriy etish va o‘zbek tilini o‘qitish sifatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
”Mustaqillik bizga nafaqat erkin va farovon hayot qurish, balki milliy tilimiz, madaniyatimiz va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish imkonini berdi. Shu ma’noda, bugungi “Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitish: zamonaviy metodika va innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi seminar alohida ahamiyatga ega. Chunki til – bu shunchaki muloqot vositasi emas. Til – xalqning tarixi, ma’naviyati va tafakkurini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Farzandlarimizga o‘zbek tilini sifatli o‘rgatish orqali biz ularning nafaqat savodxonligini, balki Vatanga daxldorlik hissini, milliy qadriyatlarga hurmatini va jamiyat bilan erkin muloqot qilish qobiliyatini ham rivojlantiramiz. Bu jarayonda, ayniqsa, pedagogning o‘rni beqiyos. Bolada tilga muhabbat uyg‘otish uchun, avvalo, unga erkin gapirish, fikr bildirish va xato qilishdan qo‘rqmaslik imkonini berish zarur. Bugungi seminarda 180 nafar pedagog ishtirok etayotgani ham ushbu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Ishonamanki, bugungi seminar sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy metodikalarni amaliyotga keng joriy etish va o‘zbek tilini o‘qitish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.” – dedi Yuliya Risyukova.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilayotgan seminarlar, yaratilayotgan dastur va metodikalar pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
”Millatning taraqqiyoti, eng avvalo, uning tiliga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. O‘z tilini qadrlagan, unda erkin fikrlay oladigan va o‘z fikrini ravon ifoda eta oladigan avlod milliy qadriyatlarni ham chuqurroq anglaydi. Shuning uchun bolalarimizga o‘zbek tilini o‘rgatish masalasi faqat ta’lim muassasalarining vazifasi bo‘lib qolmasligi kerak. Bolaning tilga bo‘lgan munosabati, avvalo, oilada shakllanadi. Ota-onalar, ayniqsa, onalar bolaning dastlabki nutqi, so‘z boyligi va fikrlash tarzining rivojlanishida katta o‘rin tutadi. Bola bilan o‘zbek tilida ko‘proq suhbatlashish, uning savollariga to‘liq va tushunarli javob berish, ertak, she’r va hikoyalar o‘qib berish juda muhim,” – dedi Sherzod Karimov.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov mashg‘ulotlarda egallangan bilimlar amaliyotga tatbiq etilsa, ular o‘z samarasini beradi. Olingan tajribalar ta’lim muassasalariga, pedagoglarga va eng asosiysi, bolalarimizga yetib borishi lozimligini ta’kidladi.
”Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar nihoyatda katta. Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berish, ularning bilim doirasini kengaytirish hamda kelajakda yetuk inson bo‘lib shakllanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun pedagoglar uchun ham katta imkoniyatlar mavjud. Ilgari biz o‘rganmagan yoki yetarlicha foydalanmagan metodikalar, tajribalar va bilimlarni egallash imkoniga ega bo‘lyapmiz. Bunday seminar va uchrashuvlar orqali o‘qituvchilar bir-biridan o‘rganadi, o‘z qarashlarini boyitadi va mavjud muammolarga birgalikda yechim izlaydi. Oldimizda hali ko‘plab vazifalar va yechimini kutayotgan savollar mavjud. Ularni hal etish uchun bilim, tajriba, hamkorlik va mas’uliyat talab qilinadi. Eng muhimi, amalga oshirayotgan har bir ishimiz bolalarning kelajagiga xizmat qilishi kerak. Bugungi uchrashuv va mashg‘ulotlarda egallangan bilimlar amaliyotga tatbiq etilsa, ular o‘z samarasini beradi. Olingan tajribalar ta’lim muassasalariga, pedagoglarga va eng asosiysi, bolalarimizga yetib borishi lozim. Shundagina biz bilimli, ma’naviy yetuk, o‘z ona tilini, milliy madaniyati va Vatanini sevadigan yosh avlodni tarbiyalay olamiz.” – dedi Shuhrat Sirojiddinov.
Mazkur o‘quv-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘zbek tili fani o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy metod va vositalardan samarali foydalanishga yo‘naltirishdan iborat.
Seminar davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglari uchun o‘zbek tilini o‘qitishning zamonaviy usullari, muloqotga yo‘naltirilgan ta’lim, amaliy topshiriqlar asosida o‘qitish, darslarni rejalashtirish va baholash usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda pedagoglar o‘quv materiallarini tahlil qilish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar ishlab chiqish, amaliy mashqlar va muloqotga asoslangan yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashdi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda esa bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, tabiiy til muhitini yaratish, talaffuz va lug‘at boyligini rivojlantirish usullariga e’tibor qaratildi.
Seminar doirasida “O‘zbek tili” interfaol ta’lim platformasi ham taqdim etildi. Mazkur platforma maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglar uchun o‘zbek tilini o‘rgatish jarayonini raqamli vositalar asosida tashkil etishga xizmat qiladi.
Platformada bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olingan holda kichik va o‘rta guruh hamda katta va tayyorlov guruhi uchun alohida o‘quv resurslari shakllantirilgan. Unda mavzuli materiallar, interfaol o‘yinlar, video mashg‘ulotlar va foydalanuvchi uchun yo‘riqnomalar joylashtirilgan.
Mazkur resurslar orqali bolalarning lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki nutqini rivojlantirish va o‘zbek tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan. Platformada kundalik hayot, oila, tabiat, fasllar, hayvonot olami, kasblar, transport, milliy qadriyatlar, o‘quv qurollari hamda alifbo kabi mavzular bo‘yicha interfaol materiallar mavjud.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt vositalari va zamonaviy o‘quv resurslaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar guruhli ishlar, amaliy topshiriqlar va muhokamalar orqali o‘z metodik yondashuvlarini boyitdi.
Mazkur seminar ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va davlat tilini o‘qitish samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Seminarni muvaffaqiyatli tamomlagan pedagoglarga tegishli sertifikatlar topshiriladi. Ular “Milliy mentor” sifatida o‘z hududlariga qaytgach, seminar davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari hamda o‘zlashtirgan zamonaviy metodikalarni kaskad-kombinatsiyalashgan yondashuv asosida hududdagi boshqa pedagoglarga yetkazish va amaliyotga joriy etish ishlarini davom ettiradi.
Mahalliy
Texnikum bitiruvchisini ishga olgan tashkilotlarga kredit beriladi
Hukumat qarori bilan «Texnikumlar bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom davlat texnikumlari bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibini belgilaydi.
Quyidagi talablarga javob bergan tashkilotlar kredit olish huquqiga ega:
– texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda dual ta’lim bo‘yicha texnikum bilan amal qiluvchi shartnoma mavjud bo‘lishi;
– dual ta’lim doirasida o‘quvchilar uchun ish joylari va ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etilgan bo‘lishi;
– dual ta’lim doirasida o‘quvchilarga tashkilotning malakali mutaxassislarini “ustoz” sifatida biriktirgan bo‘lishi;
– dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan muddatli mehnat shartnomalari tuzilgan bo‘lishi hamda ish haqi to‘lashi;
– joriy yilda texnikum bitiruvchisini tashkilotdagi vakant ish o‘rniga mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilgan bo‘lishi.
Tashkilotlar dual ta’lim dasturi doirasida kredit olish uchun tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni qog‘oz shaklida taqdim etadi:
kreditni olish to‘g‘risidagi ariza;
ariza beruvchi (tashkilot)larning amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlari;
texnikum va tashkilot o‘rtasidagi hamda tashkilot va o‘quvchi o‘rtasidagi dual ta’lim bo‘yicha shartnoma nusxalari;
dual ta’lim dasturi va dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilar ro‘yxati;
tashkilot tomonidan kreditdan foydalanish rejasi;
tashkilotning soliq qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot.
Tashkilotning kredit ajratish bo‘yicha taqdim etgan barcha hujjatlari kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichiga muvofiq kelgan taqdirda, tijorat banki 3 ish kunida bu haqda tashkilotga xabar beradi, shartnoma tuzadi hamda uning hisobvarag‘iga kreditni o‘tkazadi.
Mahalliy
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish imkoniyatini beruvchi yangi tartib belgilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan.
Qarorga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi joriy etiladi.
Mazkur xizmatlardan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi.
10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanadi. Bu o‘quvchilarga kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YaIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Bundan tashqari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi.
Mahalliy
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlar soni 10 yilda 4,3 barobar oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda 30 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
Bu 2015/2016-o‘quv yilidagi 7 taga nisbatan 4,3 barobar ko‘p. Shu tariqa, o‘n yil ichida mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlar soni 23 taga oshgan.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 2005/2006-o‘quv yilida 2 ta bo‘lgan. 2010/2011-o‘quv yiliga kelib bu ko‘rsatkich 6 taga yetgan.
2015/2016-o‘quv yilida mamlakatda 7 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, keyingi besh yilda ular soni yana sezilarli ko‘paygan.
2020/2021-o‘quv yili boshida xorijiy OTMlar soni 18 taga yetgan. Bu 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 11 taga ko‘pdir.
Shuningdek, 2020/2021-yildan 2025/2026-o‘quv yiligacha xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni yana 12 taga oshgan. Natijada besh yillik davrda ular soni 18 tadan 30 taga yetdi.
Mahalliy
35 yilda O‘zbekistonda maktablar soni 1,3 barobar oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda 11 118 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
Bu ko‘rsatkich 1991/1992-o‘quv yilidagi 8 557 ta maktabga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. Shu tariqa, mustaqillikdan keyingi davrda mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 2 561 taga oshgan.
Dinamikaga ko‘ra, maktablar soni ayrim davrlarda sekin o‘sgan yoki qisqargan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda barqaror ko‘payish kuzatilgan. 2020/2021-o‘quv yilida ular soni 10 181 tani tashkil etgan.
1995/1996-o‘quv yilida mamlakatda 9 289 ta, 2000/2001 o‘quv yilida 9 726 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
2005/2006-o‘quv yiliga kelib bu ko‘rsatkich 9 803 taga yetgan. 2010/2011-o‘quv yilida esa 9 806 ta maktab qayd etilgan. Keyingi besh yilda ko‘rsatkich biroz pasayib, 2015/2016-o‘quv yilida 9 720 tani tashkil qilgan.
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab o‘sish yana tezlashgan. 2021/2022-yilda 10 289 ta, 2022/2023-yilda 10 522 ta, 2023/2024-yilda 10 750 ta maktab faoliyat yuritgan.
2024/2025-o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan. Bir yil o‘tib, bu ko‘rsatkich yana 175 taga oshib, 11 118 taga yetgan.
Shunday qilib, 2020/2021-o‘quv yilidan 2025/2026-o‘quv yiligacha mamlakatdagi maktablar soni 937 taga ko‘paygan.
-
Siyosat5 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Iqtisodiyot4 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Iqtisodiyot5 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat1 day ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport13 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Jamiyat3 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport3 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
