Jamiyat
Poytaxtga olib ketilayotgan salkam 3 kg narkotik modda ushlandi
DXX hamda IIO hamkorligida Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda salkam 3 kg narkotik fosh qilindi.
Xabarga ko‘ra, «Andijon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» mashinasi to‘xtatilib tekshirilganda, uni boshqarib ketayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1984-y.t. J.R.ga tegishli 2 kg 994 gr “gashish” moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi — 1993-y.t. G‘.N. ham ushlangan.
Aniqlanishicha, ular Qirg‘izistondagi narkosavdogarlardan 23 ming AQSh dollariga sotib olinib, kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga keltirilgan giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida sotmoqchi bo‘lishgan.
Hozirda og‘ufurushlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish…) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deyiladi xabarda.