Jamiyat

Poyezd kechiksa, pul qaytariladi: kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanmoqda

Published

on


Raqobat qo‘mitasi so‘rovi asosida O‘zbekistonda mahalliy poyezdlar kechikkan hollarda yo‘lovchilarga pullik kompensatsiya to‘lash tartibini joriy etilmoqda.

Qo‘mitaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda poyezdlarning jadvaldan kechikishi bo‘yicha murojaatlar soni ortib borayotgani qayd etilgan. Xususan, 2025-yil davomida Qo‘mitaga ushbu masala yuzasidan 51 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarda ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar 40 daqiqadan 1 soatgacha kechikib kelayotgani, bu esa yo‘lovchilarning shaxsiy rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan. Shu bilan birga, amaldagi qoidalarda bunday holatlar uchun kompensatsiya mexanizmi mavjud emasligi aniqlangan.

Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi qoidalarga ko‘ra, poyezd kechikkan taqdirda yo‘lovchilarga aniq miqdorda kompensatsiya to‘lanadi. Jumladan, 15 daqiqadan 30 daqiqagacha kechikkan hollarda chipta qiymatining 15 foizi, 31–60 daqiqada 25 foizi qaytarilishi belgilanmoqda.

Agar kechikish 61 daqiqadan 120 daqiqagacha davom etsa, yo‘lkiraning 50 foizi, 121 daqiqadan ortiq hollarda esa to‘liq — 100 foizi qaytarilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tartib hozirgacha faqat «Afrosiyob» poyezdlari uchun amal qilgan bo‘lsa, endilikda u barcha mahalliy oddiy va tez yurar poyezdlarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi, Transport vazirligi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamkorligida bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version