Connect with us

Jamiyat

Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in yuz berdi

Published

on


Taxminan 70 sotix maydonda quruq o‘t, shox-shabba yondi.

Namangan viloyati, Pop tumani, «Guliston» mahallasida joylashgan «Ibn-Sino» o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qir-adirlikda yong‘in sodir bo‘ldi.

Kun.uz’ga berilgan FVB ma’lumotiga ko‘ra, 12 avgust kuni soat 15:14 da yong‘in haqidagi xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, FVB 20 nafar xodimi, 2 ta texnikasi, O‘rmon xo‘jaligining 20 nafar xodimi va 1 ta texnikasi yong‘in hududiga yetib borgan. Soat 15:40 da yong‘in o‘rab olinib, 16:05 da o‘chirilgan.

Taxminan 70 sotix maydonda quruq o‘t (shox-shabba) yongan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Ijtimoiy sohada boshqaruv samaradorligini oshirish modeli ishlab chiqiladi

Published

on


Ijtimoiy sohada boshqaruv samaradorligini oshirishning zamonaviy va samarali modeli ishlab chiqiladi. 

«Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)» maqomidagi 33 ta tuman (shahar) hokimlarining ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan o‘rinbosarlari va soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan 5 kunlik dastur yakunlandi. 

O‘quv dasturi davlatimiz rahbarining «Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va xorijiy mutaxassislar hamkorligida tashkil etildi. 

O‘quv jarayonida quyidagi muhim jihatlarga alohida urg‘u berildi: 

-Yangi o‘sish nuqtalari va ishga solinmagan zaxiralarni aniqlash, ijtimoiy sohani hududning drayver yo‘nalishlari qatoriga qo‘shish (buning uchun xorijiy ilg‘or tajribalar asosida mutlaqo yangi boshqaruv modelini ishlab chiqish); 

-O‘zlashtirilgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni bevosita amaliyotga tatbiq etish orqali hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; 

-Davlat xizmati va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish; 

-Tumanlarning o‘ziga xos rivojlanish modellari va muvaffaqiyatli boshqaruv tajribalarini ommalashtirish. 

O‘quv dasturi doirasida ijtimoiy infratuzilmani «master-reja»lar asosida rivojlantirish, boshqaruvga raqamli yechimlarni tatbiq etish hamda rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish masalalari bo‘yicha xalqaro modellar ham tahlil qilindi. 

Shuningdek, nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashtirildi. Ishtirokchilar mamlakatimizdagi yirik loyihalar — Olimpiya shaharchasi, Milliy tibbiyot markazi, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Islom sivilizatsiyasi markazi va «IT Park Uzbekistan» misolida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini bevosita joyiga chiqib, ular bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Tinglovchilarning fikricha, mazkur dastur hududlarning yangi «o‘sish nuqtalari»ni maqsadli aniqlash va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv modelini joriy etishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, o‘rganilgan zamonaviy modellarni hududlarda samarali tatbiq etish bo‘yicha aniq metodik tavsiyalar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

AQShdagi mavsumiy ishlar: fuqarolarga muhim ogohlantirish berildi

Published

on


Migratsiya agentligi AQShdagi mavsumiy ishlar dasturi yuzasidan fuqarolarni faqat rasmiy e’lonlarga ishonishga, vositachilar va asossiz takliflarga aldanmaslikka chaqirdi.

Migratsiya agentligi va AQShning USAFARMLABOR tashkiloti o‘rtasidagi dastur doirasida dastlabki talabnomalar qabul qilingan bo‘lib, ayni paytda jarayonlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qayd etilishicha, ish beruvchi ma’lumotiga ko‘ra, ayrim fuqarolar hamkor tashkilot saytlari yoki uning tarkibidagi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishga urinmoqda. Biroq bunday yo‘l bilan murojaat qilish hech qanday natija bermaydi.

Migratsiya agentligi ish beruvchining talabnomasi asosida tanlov e’lon qilinganidan keyingina fuqarolar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini eslatdi. Shu bois mustaqil ro‘yxatdan o‘tishga urinish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish foydasiz ekani ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, fuqarolardan vositachilar va pulli “taklif”larga aldanmaslik, faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlarga tayanish so‘raldi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi

Published

on


Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida pensionerlar ham ishtirok etgan narkoguruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, chegara hududlarida yashovchi ayrim shaxslar, jumladan pensionerlar, afg‘on yetkazib beruvchilar bilan til biriktirib, opiy moddasini O‘zbekiston hududiga olib kirish va uni Termiz shahri hamda atrof hududlarda tarqatish bilan shug‘ullangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolaridan biri — keksa yoshdagi kurer qo‘lga olingan va uning yonidan narkotik modda aniqlangan. Keyinchalik uning sheriklari ham fosh etilib, ulardan biriga tegishli pul mablag‘lari, yana biriga tegishli 5 gramm narkotik modda daliliy ashyo sifatida musodara qilingan.

Tergov harakatlari davomida guruh tashkilotchisiga tegishli xonadonda yirik miqdordagi narkotik zaxirasi aniqlangan. U yerdan umumiy og‘irligi 12 kilogrammdan ortiq bo‘lgan 12 ta o‘ram opiy va uni iste’mol qilishga mo‘ljallangan vositalar topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha gumonlanuvchilar qo‘lga olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Aprel oyida kutilayotgan ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Published

on


«O‘zgidromet» kelayotgan aprel oyida qanday ob-havo kutilishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Ushbu yilning aprel oyi bahor fasli uchun xos bo‘lgan beqaror ob-havo bilan boshlanadi. 

Oyning birinchi o‘n kunligida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yog‘ingarchiliklar mahalliy (lokal) xususiyatga ega bo‘lib, ular hamma joyda va har kuni ham kuzatilmaydi. 

Masalan, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1-3-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda, har bir o‘n kunlikda 1-3 kundan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 

Oy davomida havo harorati ancha yuqori fon ko‘rsatkichlarida: kechalari 12-17 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 27-32 daraja iliqdan 15-20 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Aprel – yil davomida eng nam oylardan biridir. Yomg‘ir, odatda momaqaldiroq va kuchli shamollar bilan tez-tez kuzatiladi. Respublikaning shimolida, eng chekka janubida va cho‘l hududlarda o‘rtacha oyiga 5 kundan 8 kungacha yog‘ingarchilik qayd etiladi, tog‘larga yaqinroq hududlarda esa yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni 9-13 gacha ko‘payadi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shifokor tuxum tarkibidagi eng muhim xususiyatni oshkor qildi

Published

on


Endokrinolog Margarita Belousova tuxum tarkibidagi muhim ozuqa moddalari haqida gapirdi. U bu haqda RIA «Novosti» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Shifokor tuxum tarkibida ko‘plab muhim ozuqa moddalari borligini tushuntirdi.«Masalan, tuxum oqsili tarkibida organizm o‘zi ishlab chiqara olmaydigan, ammo hujayralar qurilishi va yangilanishi uchun zarur bo‘lgan to‘qqizta muhim aminokislotaning barchasi mavjud», deb ta’kidladi endokrinolog. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, tuxum tarkibida ko‘plab vitaminlar ham mavjud: teri va ko‘rish uchun muhim bo‘lgan A vitamini; asab tizimi uchun zarur bo‘lgan B vitamini; hujayralarni  zararli omillardan himoya qiluvchi Ye vitamini va immunitet tizimi uchun zarur bo‘lgan D vitamini. 

Bundan tashqari, tuxum tarkibida muhim mikroelementlar: xolin, selen, rux va temir mavjud. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu ozuqa moddalari miya faoliyati, immunitet tizimi va gematopoetik tizim uchun zarurdir.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.