Sport
Polshada eng ko‘p gol urgan jamoa quyi ligaga tushib ketdi
Polsha chempionatida g‘alati holat qayd etildi — oliy liganing eng ko‘p gol kiritgan jamoasi quyi ligaga tushib ketdi.
Gdanskning «Lexiya» klubi bu mavsum chempionatda raqiblari darvozasiga 34 o‘yinda 62 ta gol yo‘lladi. Boshqa hech bir jamoa undan ko‘p gol kirita olmagan. Faqatgina chempion — Poznanning «Lex» klubi shuncha gol urgan, xolos.
Chempionat yakunida «Lexiya» 16-o‘rinni egallab, ikkinchi ligaga sho‘ng‘idi. Jamoa hech qanday jarimaga tortilgan yoki ochkolari tortib olingani yo‘q, shunchaki chempionatda eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan ikki jamoadan biri ham shu — «Lexiya» (65).
Sport
Ronaldu yana cho‘qqida
Forbes jurnali sayyoradagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatni “Al-Nasr”ning yulduz futbolchisi Krishtianu Ronaldu boshqarmoqda, uning bir yillik daromadi 300 million dollarga yetgan. “Inter Mayami” yetakchisi Lionel Messi esa ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan joy olgan.
Forbes talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan TOP-10 sportchi:
Krishtianu Ronaldu – 300 million dollar;
Saul Alvares (boks) – 170 mln dollar;
Lionel Messi – 140 million dollar;
Lebron Jeyms (basketbol) – 137,8 mln dollar;
Shoheyi Otani (beysbol) – 127,6 mln dollar;
Stefan Karri (basketbol) – 124,7 million dollar;
Jon Ram (golf) – 107 mln dollar;
Karim Benzema – 104 mln dollar;
Kevin Dyurant (basketbol) – 103,8 million dollar;
Lyuis Xemilton – 100 mln dollar.
Sport
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida oltinchi marta, qatorasiga to‘rtinchi marta yilning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. 41 yoshli portugaliyalikning so‘nggi 12 oydagi daromadi 300 million dollarga baholangan. Kuchli uchlikdan meksikalik bokschi Kanelo Alvares hamda argentinalik futbolchi Lionel Messi ham joy olgan.
Amerikaning Forbes nashri yil davomida eng ko‘p daromad olgan sportchilar reytingini yangiladi.
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida oltinchi marta, qatorasiga to‘rtinchi marta yilning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. 41 yoshli portugaliyalikning so‘nggi 12 oydagi daromadi 300 million dollarga baholanmoqda, shundan 235 million dollari klubdagi maoshi, qolgan 65 million dollar reklama kelishuvlari va maydondan tashqaridagi biznes evaziga qo‘lga kiritilgan.
Ikkinchi o‘rinni meksikalik bokschi Kanelo Alvares (170 million dollar), uchinchi o‘rinni «Inter Mayami» (AQSh) klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi (140 million dollar) egallab turibdi.
Eng ko‘p maosh oluvchi sportchilarning kuchli o‘nligi quyidagi ko‘rinishni olgan:
Krishtianu Ronaldu (futbol, Portugaliya) – 300 million dollar;
Kanelo Alvares (boks, Meksika) – 170 million dollar;
Lionel Messi (futbol, Argentina) – 140 million dollar;
Lebron Jyeyms (basketbol, AQSh) – 137,8 million dollar;
Syoxey Otani (beysbol, Yaponiya) – 127,6 million dollar;
Stefen Karri (basketbol, AQSh) – 124,7 million dollar;
Jon Ram (golf, Ispaniya) – 107 million dollar;
Karim Benzema (futbol, Fransiya) – 104 million dollar;
Kevin Dyurant (basketbol, AQSh) – 103,8 million dollar;
Lyuis Xemilton (formula-1, Buyuk Britaniya) – 100 million dollar.
Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, kuchli 50 talikdagi sportchilar bevosita sport faoliyatidan – maosh, bonus va mukofot pullaridan – qariyb 3 milliard dollar ishlab topgan. Yana 1,1 milliard dollar reklama shartnomalari, tijoriy loyihalar, ommaviy chiqishlar va sportdan tashqari boshqa daromad manbalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sport
tarixiy chempionatning 4 ta muhim jihati
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati avvalgilaridan ancha farq qiladi. Quyida ushbu tarixiy chempionatning muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Rekord darajadagi kengayish: 32 dan 48 ta jamoagacha…
JCh-2026ning eng katta inqilobi – ishtirokchilar sonining 48 tagacha ko‘paytirilishi bo‘ldi. Bu FIFA prezidenti Janni Infantinoning tashabbusi bilan amalga oshirilib, uzoq yillar davomida amal qilgan 32 jamoalik an’anaviy formatga chek qo‘ydi.
Yangi format: Endilikda jamoalar 12 ta guruhga 4 tadan taqsimlanadi.
Pley-off intrigasi: Guruhda 1 va 2-o‘rinni egallaganlar bilan bir qatorda, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 ta 3-o‘rin sohiblari ham keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Yangi bosqich: Pley-offga ilk bor 1/16 final bosqichi qo‘shildi. Bu esa kurashning yanada shiddatli bo‘lishini va kutilmagan natijalar (sensatsiyalar) ehtimolini keskin oshiradi.
Uchta mezbon va o‘yinlar geografiyasi
Tarixda ilk bor Jahon chempionati bir yo‘la uchta mamlakat – AQSh, Meksika va Kanada hududida bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish jarayonida ushbu uchlik Marokash da’vogarligini yirik farq bilan (134 ga qarshi 65 ovoz) ortda qoldirdi. Musobaqa davomida jami 16 ta shahar o‘yinlarni qabul qiladi:
AQSh (11 shahar): Eng ko‘p – 78 ta uchrashuvga mezbonlik qiladi.
Meksika (3 shahar) va Kanada (2 shahar): Har biri 13 tadan o‘yinni o‘z maydonlarida o‘tkazadi.
Tarixiy fakt: Meksikadagi afsonaviy «Atsteka» stadioni (sig‘imi 87 523 tomoshabin) futbol tarixida uchta Jahon chempionatiga (1970, 1986 va 2026) mezbonlik qilgan yagona arenaga aylanadi. Qizig‘i shundaki, AQSh 1994 yilgi JChda foydalangan stadionlarning birortasi bu safar ro‘yxatga kiritilmagan – infratuzilma to‘liq yangilangan.
Taqvim va infratuzilma
Turnir iyun va iyul oylarida bo‘lib o‘tadi. Ochilish o‘yini 11 iyunda bo‘lib o‘tsa, final uchrashuvi 19 iyulga belgilangan.
O‘yinlar o‘tkaziladigan stadionlarning sig‘imi va zamonaviyligi jihatidan AQSh arenalari (masalan, Metlayf – 82 500, Ey-ti-end-ti – 80 000, Sou-Fay – 70 240) moliyaviy va tomoshabin tashrifi bo‘yicha yangi rekordlarni o‘rnatishi kutilmoqda. Taqvimning zichligi va qit’alararo parvozlar jamoalarning jismoniy holatiga va logistikaga katta bosim yuklaydi.
Guruhlar va O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy debyuti
Qur’a natijalariga ko‘ra shakllangan guruhlar tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:
A guruhi: Meksika, JAR, Janubiy Koreya, Chexiya
B guruhi: Kanada, Shveysariya, Katar, Bosniya va Gersegovina
S guruhi: Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya
D guruhi: AQSh, Paragvay, Avstraliya, Turkiya
E guruhi: Germaniya, Kyurasao, Kot‑d’Ivuar, Ekvador
F guruhi: Niderlandiya, Yaponiya, Tunis, Shvetsiya
G guruhi: Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya
H guruhi: Ispaniya, Kabo‑Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay
I guruhi: Fransiya, Senegal, Norvegiya, Iroq
J guruhi: Argentina, Jazoir, Avstriya, Iordaniya
K guruhi: Portugaliya, Kolumbiya, O‘zbekiston, Kongo DR
L guruhi: Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama
O‘zbekiston uchun tarixiy imkoniyat
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining final bosqichiga yo‘l oldi va K guruhidan joy oldi.
Raqiblar: Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya, Janubiy Amerika grandlaridan biri – Kolumbiya va Afrikaning jismonan baquvvat Kongo Demokratik Respublikasi jamoasi.
O‘yinlar taqvimi: O‘zbekiston o‘z yurishini 17 iyun kuni Mexikodagi afsonaviy «Atsteka» stadionida Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. So‘ngra Xyustonda Portugaliya bilan kuch sinashadi va guruh bosqichini Atlantada Kongoga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi. 3-o‘rinni olgan taqdirda ham pley-offga chiqish mumkinligi terma jamoamizning keyingi bosqichga o‘tish umidini beradi.
Ushbu turnir o‘zining yangi formati, ulkan stadionlari va kutilayotgan shiddatli pley-off bahslari bilan futbol tarixida yangi sahifa ochadi. Shubhasizki, u eng ko‘p tomosha qilingan va muhokama etilgan chempionatga aylanadi.
Sport
Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida zafar quchishdi
Qirg‘izistonda 23-26-may kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarning navbatdagi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Sportchilarimiz 4 ta oltin va 1 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
Taxmina Ikromova — 2 ta oltin (kattalar: yakkalik ko‘pkurash hamda guruh mashqining ko‘pkurash dasturi);
Sabina Kagirova — 2 ta oltin (yoshlar: to‘p bilan mashq hamda guruh mashqining 5 ta to‘p bilan mashqi).
Natalya Usova — 1 ta bronza (kattalar: yakkalik ko‘pkurash).
Sport
Kamilla Rahimova «Rolan Garros» turnirini g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekistonlik tennischi Fransiya ochiq chempionatining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Jahon tasnif jadvalida 89-pog‘onani egallab turgan tennischi Kamilla Rahimova «Rolan Garros» turnirida birinchi bosqich o‘yinini o‘tkazdi. Ruminiyalik Kristian Jaklinga (33-reyting) qarshi kortga chiqqan o‘zbekistonlik sportchi 3 set (6:3, 4:6, 6:4) davom etgan o‘yinda g‘alabaga erishdi. Rahimova ikkinchi davra bahsini chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi o‘tkazadi.
«Katta dubulg‘a» turnirlariga kiruvchi «Rolan Garros» (Tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionati) 24 maydan 7 iyungacha Parijdagi Stade Roland Garros grunt kortlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi — taxminan 61,7 million yevro. 2025 yilda erkaklar o‘rtasidagi bahslarda ispaniyalik Karlos Alkaras, ayollar o‘rtasidagi bahslarda amerikalik Koko Gauff g‘alaba qozongan edi.
Asli rossiyalik bo‘lgan Kamilla Rahimova 2025 yil dekabr oyida sport fuqaroligini o‘zgartirib, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishni boshladi.
-
Mahalliy3 days agoSizni maktabda aldashgan! So‘nggi qo‘ng‘iroq haqida siz bilmagan haqiqat
-
Jamiyat4 days agoToshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
-
Sport3 days agoO‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi e’lon qilindi
-
Dunyodan4 days agoPrezident Trampning Gʻazo boʻyicha 15 banddan iborat rejasi eʼlon qilindi
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekistonda har 100 ta uyga nechta kompyuter to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi
-
Mahalliy5 days ago
Prezident davlat boshqaruvidagi eng yaxshi kadrlarni e’tirof etdi
-
Dunyodan5 days ago
Prezident Tramp Si Szinpin va Putinning uchrashuviga munosabat bildirdi
-
Dunyodan3 days agoFarzandingizga to’g’ri javobni aytmang…
