Jamiyat
pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
14 yoshli qizning muntazam zo‘rlanib, reanimatsiyaga tushganidan so‘nggina fojiadan xabardor bo‘lgan jamiyat, Xorazmdagi yetim qizlar ishida shartli jazo tayinlagan sud, qog‘ozda qolgan qonunlar… Bu holatlar O‘zbekistonda bolalar qanday darajada himoyasiz ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Angrendagi fojia — bundan ko‘zimiz ochilmaydimi?
14 yoshli qizning ota-onasi ayrim sabablarga ko‘ra farzandining hayotini nazoratsiz qoldirgan, u keksa buvisi qaramog‘ida yashaydi. Uning hayoti, jismi va ruhiyati to‘rt shaxs tomonidan oyoqosti qilinishi bir necha oylab davom etgan. Ammo hech kim bu holatdan xabardor bo‘lmadi. Sababi aniq — bu bolaning ortida uni himoya qiluvchi, javobgarlikni talab qiladigan hech kim yo‘q edi.
Bu — birinchi marta emas.
Xorazmda yetim qizlar zo‘rlanishi – o‘xshash voqealar
2023 yilda Xorazmda mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 15–17 yoshli qizlar bir necha oy davomida davlat xizmatchilari tomonidan zo‘rlangani ma’lum bo‘lgan edi. Sudda ularga shartli jazo tayinlandi. Prokuraturaning “qizlar o‘z xohishi bilan rozi bo‘lgani” haqidagi iddaosi hayratlanarli bo‘ldi. Jamoatchilikning keskin noroziliklari ortidan ularning ishi qayta ko‘rib chiqilib, malakalandi. Qizlarning taqdiri, kelajagi va ruhiy ahvoli esa hech kimni qiziqtirmadi. Bu ikki holatni bir-biriga bog‘laydigan yagona umumiy nuqta — jabrlanuvchilarning himoyasizligi.
Nega biz xotirjammiz?
2023 yil aprelda qabul qilingan yangi qonunda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarga jazo biroz kuchaytirildi va O‘zbekistonda ham pedofillar reyestri yuritiladigan bo‘ldi. Bu tizim ishga tushsa pedofillar haqida xabardor va ogoh bo‘lishimiz mumkin edi. Ammo hanuz bu masala ochiqligicha – qonunda va qog‘ozda qolmoqda.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlari pedofillarga kimyoviy kastratsiya qo‘llab, bunday jinoyatlar xavfini keskin kamaytirayotgan bir paytda biz atrofimizdagi pedofillar haqida ma’lumotga ham ega emasmiz. Bu usul hatto qo‘shni Qozog‘istonda ham qonun doirasida qo‘llanadi. Xitoy, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi, Eron, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi bor.
Bizda esa pedofillar mahallasi, manzili va shaxsi sir saqlanadi. Ular bugun 14 yoshli qizni zo‘rladi — ertaga boshqasini zo‘rlashi mumkin.
Raqamlar nima deydi?
2024 yilda O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha qayd etilgan holatlar:
412 nafar bola — jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan;
1 028 nafar bola — jismoniy zo‘ravonlikka uchragan;
929 nafar bola — ruhiy bosim ostida yashagan;
106 nafar bola — kattalarning befarqligi sabab himoyasiz qolgan.
Bu rasmiy statistika. Ammo biz yaxshi bilamiz — bu faqat qayd etilgan, ish ochilgan holatlar. Qanchasi sirligicha qolmoqda?
Mas’ullar nima qilyapti?
2025 yil 15 maydan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Unda jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka bo‘lgan murosasizlik muhitini yaratish qayd etilgan, bu bo‘yicha bir qator yuqori tashkilotlarga vakolat va majburiyatlar berilgan edi. Bolalarni faqat jismoniy va jinsiy emas, ruhiy bosim, e’tiborsiz qoldirishdan, g‘amxo‘rlik qilmaslikdan va bullingdan himoya qilish nazarda tutilgan qonun ayni Angren voqeasi kabi holatlarning oldini olishda ahamiyatlidir.
Lekin bir savol qoladi: qonun kuchga kirdi — amalda-chi? Bolalar hali ham reanimatsiyaga tushganidan keyingina huquqni ta’minlaydigan idoralar qulog‘iga yetib boryapti.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bolaning xastaligi jinoyat bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilib, bolani himoyalash va reabilitatsiya qilinish choralari ko‘rilayotganini aytdi. Ammo holatning bu qadar ayanchli vaziyatgacha yetib borishining o‘zi achinarli masala.
Qachon biz “uning o‘rnida mening bolam bo‘lsa-chi?” degan xavotirga tushamiz?
Biz qachonki pedofilni himoya qiluvchi sud, jamiyat va qonunni emas, bolani himoya qiluvchi tizimni yaratmasak, bunday zo‘ravonliklar davom etaveradi.
Yuqoridagi kabi jinoyatlar ortidan javobgarlik qat’iylashmas ekan, pedofillar jazodan qo‘rqmaydi. Himoyasiz bolalar esa ularning o‘ljasiga aylanaveradi. Zero, O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi kabi sabablar ortidan qarovsiz yoki ota-onasi yonida bo‘lmagan bolalar soni anchagina.
Savol yuzaga keladi: yana nechta bola qurbon bo‘lishi kerakki, qonunlar ustuvor, jamiyat uyg‘oq, bolalar xavfsiz bo‘lishi uchun…
Jamiyat
Toshkentda 3,2 kgga yaqin narkotiklar qo‘lga olindi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomalada bo‘lgan qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Holatlar yuzasidan bir necha nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlabki holatda Bektemir tumani hududida harakatlanayotgan Gentra rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Avtomashinada Yashnobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bo‘lgan. Tekshiruv chog‘ida transport vositasi salonidan bir nechta zip-paketlarga qadoqlangan och sariq rangli kukunsimon moddalar topildi.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar avvaldan yashirib qo‘ygan xufiya joy hamda ijaraga olgan xonadon ko‘zdan kechirildi. U yerdan ham kukunsimon moddalar, elektron tarozilar va giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan anjomlar aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar 1,2 kilogramm geroin va 100 gramm mefedron ekani tasdiqlangan. Ma’lum qilinishicha, mazkur ikki shaxs ham muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan.
Yana bir tezkor tadbirda Shayxontohur tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadonidan 47 gramm gashish va 34 gramm opiy musodara qilindi.
Tergov harakatlari davomida uni narkotik moddalar bilan ta’minlab kelgani gumon qilinayotgan Olmazor tumanida yashovchi 1980 va 1985 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro ham ushlandi. Ularning avtomashinalari va yashash xonalari tekshirilganda, 1,8 kilogramm gashish hamda 12 gramm opiy aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalariga oid huquqlar himoyasi kuchaytiriladi
Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalariga oid huquqlar himoyasi kuchaytiriladi.
«Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-265-son, 15.07.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish yuzasidan sudlarga murojaat qilishda davlat bojidan ozod qilinishi belgilandi.
2026-yil 1-oktyabrdan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi kabi birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda o‘zida ushbu ma’lumotlarni aks ettiruvchi davlat organlariga tegishli axborot tizimlaridagi ma’lumotlarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan o‘zgartirishlar kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
– mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yo‘li bilan tovar (ish, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxslar faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan so‘ng ushbu harakatlarni (reklamani) amalga oshiradi;
– mobil aloqa vositalariga reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarnomalarni jo‘natish xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘zlarining axborot tizimlarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin tegishli xizmatlarni ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi;
– reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 09.00 gacha tarqatish taqiqlanadi;
– mobil aloqa operatorlariga o‘zlari tomonidan tarqatiladigan reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini abonent so‘roviga ko‘ra to‘liq yoki qisman bloklash majburiyati yuklatiladi;
– mazkur belgilangan talablarga rioya etmaslik reklama hamda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va tegishli choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Jamiyat
teatr, kino va konsertlarga borish umrni uzaytirishi mumkin
Kino, teatr, muzey va konsertlarga muntazam tashrif buyurish fiziologik qarishning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bu ikki mingga yaqin keksa odamlarning ma’lumotlarini tahlil qilgan yapon olimlari tomonidan chiqarilgan xulosadir. Tadqiqot natijalari Epidemiologiya va Jamiyat Salomatligi jurnalida (JECH) chop etildi.
Tadqiqotchilar qarish bo‘yicha uzoq muddatli tadqiqotda ishtirok etgan 50 yoshdan oshgan 1899 nafar ingliz fuqarosining ma’lumotlarini o‘rganib chiqdilar.
Ishtirokchilar kinoteatrlar, muzeylar, san’at galereyalari, teatrlar, konsertlar va operalarga qanchalik tez-tez tashrif buyurganliklarini xabar qilishdi. Keyin bu ma’lumot ularning fiziologik yoshi bilan taqqoslandi – bu qon bosimi, o‘pka funksiyasi, gemoglobin va xolesterin darajasi, tana massasi indeksi, ushlash kuchi va yurish tezligi kabi o‘nta parametr asosida tananing haqiqiy sog‘lig‘ini aks ettiruvchi ko‘rsatkich.
Ma’lum bo‘lishicha, madaniy tadbirlarga kamida bir necha oyda bir marta tashrif buyurgan odamlarning o‘rtacha fiziologik yoshi 66,9 yoshni tashkil etgan. Deyarli faqat madaniy hayotda ishtirok etganlar orasida bu ko‘rsatkich 69,9 yoshga yetdi – bu taxminan uch yillik farq.
Daromad, bandlik, surunkali kasalliklar va boshqa omillarni hisobga olgan holda ham, madaniy faoliyat shkalasidagi har bir qo‘shimcha birlik fiziologik yoshni taxminan 31 kunga qisqartirish bilan bog‘liq edi.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu ta’sir madaniy dam olish ijtimoiy muloqotni rivojlantirishi, aqliy farovonlikni yaxshilashi va sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishi bilan izohlanishi mumkin.
Olimlar madaniy faoliyatning fiziologik qarishga ta’siri muntazam jismoniy faollikning ta’siriga o‘xshashligini va qo‘shimcha tadqiqotlarga loyiqligini ta’kidlamoqdalar.
Jamiyat
Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalaridan himoya kuchaytiriladi
«Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Ronstik / Shutterstock
«Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 noyabrdan boshlab:
mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnoma shaklida tovar va xizmatlarni taklif (reklama) qiluvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxs faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan so‘ng ushbu harakatlarni (reklamani) amalga oshiradi;
mobil aloqa vositalariga reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarnomalarni jo‘natish xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin tegishli xizmatlarni ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi;
reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 9.00 gacha tarqatish taqiqlanadi;
mobil aloqa operatorlariga reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini abonent so‘roviga ko‘ra to‘liq yoki qisman bloklash majburiyati yuklatiladi;
Ushbu talablarga rioya etmaslik reklama hamda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va tegishli choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Jamiyat
1 oktyabrdan o‘z nomidagi SIM-karta va bank kartalari haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi
Jamiyat | 20:07 / 15.07.2026
2671
2 daqiqa o‘qiladi
«Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Dreamstime
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) quyidagi xizmatlar joriy etiladi:
Jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlari va avtomototransportlarni garovga yoki ipotekaga qo‘yishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish;
Fuqarolarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari to‘g‘risida ma’lumot olish va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish:
telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga o‘tkazish (faollashtirish) va o‘zi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish haqida ariza kiritish;
telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish;
bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish;
fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qilish va ular hisobini yuritish.
-
Sport5 days agoIspaniya Belgiyani yengib, yarimfinalga chiqdi
-
Jamiyat4 days agoBektemir tumanida «zakladchik»lar qo‘lga olindi
-
Sport4 days agoAngliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
-
Sport4 days agoInfantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
-
Jamiyat5 days agoDori narxini sun’iy oshirgan yuzlab dorixonalar aniqlandi
-
Jamiyat5 days agoJanubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
-
Iqtisodiyot5 days ago
17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar aniqlandi
-
Dunyodan4 days ago
Frantsiyada ko’pchilik qo’rqqan narsa yuz berdi.
