Sport
«Paxtakor» mojaroli finalda O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi
Toshkentliklar «Buxoro»ni kichik hisobda mag‘lub etdi. O‘yin oxirida «Buxoro»ning goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi. Shundan so‘ng, maydonda ommaviy janjal yuz berdi.
Andijonda 29 oktabr kuni O‘zbekiston Kubogi final o‘yini o‘tkazildi. Unda Toshkentning «Paxtakor» va «Buxoro» klublari to‘qnash keldi.
Murosasiz o‘tgan bahsning taqdirini 63-daqiqada Hojimat Erkinov tomonidan urilgan yagona gol hal qildi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda «Buxoro» javob golini urdi. Biroq, bosh hakam VAR tekshiruvidan so‘ng, ofsayd tufayli golni bekor qildi.
Shundan so‘ng, «Buxoro» futbolchilari hakam qaroriga faol e’tiroz bildira boshladi. Biroz vaqt o‘tgach, maydonda ommaviy to‘polon yuzaga keldi. Har ikkala jamoa futbolchilari bir-birini turtib, orani ochiq qilishga kirishib ketdi.
Natijada, «Paxtakor» 14-marta Kubokni qo‘lga kiritdi, bu mutlaq rekord sanaladi.
«Buxoro» tarixda birinchi marta finalda o‘ynadi.
O‘zbekiston Kubogi, Final
29 oktabr. Andijon, «Bobur Arena»
PAXTAKOR 1:0 BUXORO
Gol: Hojimat Erkinov (63)
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Paxtakor: Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojiakbar Alijonov, Aziz Turg‘unboyev (Bashar Resan 72), Igor Sergeyev, Hojimat Erkinov (Doston Hamdamov 81), Abdurauf Bo‘riyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Flamarion (Ibrohim Ibragimov 81), Muhammadrasul Abdumajidov, Dilshod Saitov.
Bosh murabbiy: Kamoliddin Tojiyev
Buxoro: Otabek Boymurodov, Izzatillo Po‘latov, Sardor Qulmatov, Azizbek Amonov, Javohir Ro‘ziyev, Toma Tabatadze, Frane Chiryak (Ravshan Xayrullayev 76), Muhammad Yo‘ldoshev (Yosip Tomashevich 76), Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo‘rabekov (Dominik Begich 64)
Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov
Ogohlantirishlar: Frane Chiryak (52), Muhammadqodir Hamraliyev (72), Bashar Resan (78), Ibrohim Ibragimov (84)
Sport
O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Xitoyni ham mag‘lub etdi
O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi shaxmat Olimpiadasida Xitoy jamoasini 3:1 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi.
Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev o‘z o‘yinlarida yorqin g‘alabaga erishdi.
Javohir Sindarov va Muhiddin Madaminov esa raqiblari bilan murosaga kelib, jamoamizning umumiy g‘alabasini ta’minlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, olimpiadada yakkapeshqadamga aylangandi.
Sport
Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar beriladi
Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar beriladi.
«Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.
Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari yuqorida keltirildi.
Shaxmatchilar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorlari:
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar o‘rtasida):
Oltin medal: Shaxmatchiga — 200 000 $, Murabbiyga — 50 000 $
Kumush medal: Shaxmatchiga — 100 000 $, murabbiyga — 25 000 $
Bronza medal: Shaxmatchiga — 50 000 $, murabbiyga — 12 500 $.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalar:
Oltin medal: Shaxmatchiga — 15 000 $ | murabbiyga — 7 000 $
Kumush medal: Shaxmatchiga — 7 500 $ | murabbiyga — 3 500 $
Bronza medal: Shaxmatchiga — 3 750 $ | murabbiyga — 1 750 $.
Murabbiylarga nazarda tutilgan pul mukofoti g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan mutaxassislarga beriladi. Bunda ushbu mablag‘lar, tegishli Murabbiylar kengashining qaroriga asosan, sportchini tayyorlashda so‘nggi 4 (to‘rt) yilda ishtirok etgan trener va boshqa mutaxassislar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Sport
Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Vengriyani tor-mor etib turnir peshqadami bo‘lib oldi
Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekistonning barcha erkaklar va ayollar jamoalari 5-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
Beshinchi turda qayd etilgan natijalar:
Erkaklar:
Vengriya — O‘zbekiston-1 0:4;
O‘zbekiston-2 — Filippin 2,5:1,5;
Avstriya — O‘zbekiston-3 2:2.
Ayollar:
AQSh — O‘zbekiston-1 2:2;
O‘zbekiston-2 — Tunis 4:0;
O‘zbekiston-3 — Madagaskar 3,5:0,5.
Oltinchi turda o‘zbekistonlik erkak shaxmatchilarning raqiblari:
O‘zbekiston-1 — Hindiston;
Ispaniya — O‘zbekiston-2;
Avstraliya — O‘zbekiston-3.
Oltinchi turda o‘zbekistonlik ayol shaxmatchilarning raqiblari:
Gruziya — O‘zbekiston-1;
Shimoliy Makedoniya — O‘zbekiston-2;
Shvetsiya — O‘zbekiston-3.
5-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Foto: UzChess
5-turdan so‘ng O‘zbekiston ayollar jamoasi kuchli beshlikni tark etdi.
Foto: UzChess
Sport
Parashaxmatchilarimiz tarixiy natija bilan Toshkentda tantanali kutib olindi
Bugun Toshkent vokzalida O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi a’zolari tantanali kutib olindi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 3-Parashaxmat olimpiadasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni keng jamoatchilik, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qarshiladi.
Musobaqada jami 41 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi 11 ochko jamg‘arib, o‘z tarixida ilk bor shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Hal qiluvchi 7-turda sportchilarimiz Isroil terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Muhim uchrashuv 2,5:1,5 hisobida O‘zbekiston foydasiga yakunlandi. Ana shu g‘alaba terma jamoamizga bronza medalini qo‘lga kiritish imkonini berdi.
Ushbu natija nafaqat parashaxmatchilarimiz, balki butun o‘zbek sporti uchun muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Sportchilarimizning matonati, irodasi va musobaqa davomidagi qat’iyati munosib e’tirofga sazovor.
Toshkent vokzalidagi tantanali kutib olish marosimida ham sportchilarga bildirilgan samimiy ehtirom va qo‘llab-quvvatlov ularning ushbu g‘alabasi yurtimizda katta ahamiyat kasb etayotganini yana bir bor namoyon etdi.
O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasini tarixiy bronza medali bilan tabriklaymiz! Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaymiz.
Sport
Bahodir Jalolov IBF reytingida yuqoriladi
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) barcha vazn toifalari uchun sportchilarning reytingini yangiladi.
Unga ko‘ra, superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 6 dan 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Jalolov so‘nggi jangini 2026-yil 9-may kuni Agron Smakichiga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut hisobiga g‘alaba qozongan va rekordini 17–0 (15 tasi nokaut)ga yetkazgandi.
Hozirda IBF kamari Filip Xrgovichda, reytingni esa Frank Sanches boshqarmoqda, keyingi o‘rinlarda: Entoni Joshua (3) va Jalolov (4-o‘rin).
Taniqli insayder Den Rafael tarqatgan xabarga ko‘ra, Jalolov navbatdagi jangini Daniel Dyubua — Fabio Uordli 2 jang kechasi doirasida Londonda mahalliy bokschi Solomon Dakres (10-1, 3 nokaut)ga qarshi o‘tkazadi. Jalolov (Top Rank) va Dakres (Queensberry) promouterlari kelishuvga erishgan deyiladi xabarda.
Superog‘ir vazn toifasidagi bokschilar reytingi (IBF, top-10):
1. Frank Sanches (Kuba)
2. O‘rin bo‘sh
3. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
4. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)
5. Tayson Fyuri (Buyuk Britaniya)
6. Deontey Uaylder (SShA)
7. Mozes Itauma (Buyuk Britaniya)
8. Richard Riakpore (Buyuk Britaniya)
9. Kichik Richard Torres (AQSh)
10. Jastis Hani (Avstraliya).
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda kuniga qancha vaqt o‘tkazyapti?
-
Jamiyat5 days ago
O‘zi uchar gilamlardan ekranlar qa’rigacha….
-
Jamiyat5 days ago
Savdo-sanoat palatasi mansabdori porani qaytarib berayotganda ushlandi
-
Mahalliy4 days ago
OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
-
Mahalliy2 days ago
Evrika! Olim faqat igna bilan quduq qazimaydi…
-
Iqtisodiyot5 days ago
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi sanoatlashgan intensiv bog‘ni ko‘zdan kechirdi
-
Iqtisodiyot1 day ago
O‘zbekistondagi elektromobillarning qariyb 72 foizi Toshkentda
-
Jamiyat4 days ago
Dala atrofidagi yo‘llar bo‘yiga «basketbol» uslubidagi chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda
