Jamiyat

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Published

on


Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tumanda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi. U Bo‘ka tumaniga rahbar bo‘ldi. 

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimligi qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich nomzodini Parkent tumani hokimi lavozimiga tavsiya qildi. 

Deputatlar nomzodning yaqin istiqboldagi faoliyatiga doir taqdimot bilan tanishdilar. 

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi Elmurod Po‘latovni tuman hokimi etib tasdiqladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version