Sport

Eldor Shomurodov muxlislardan uzr so‘radi

Published

on


O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCh-2026 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya milliy jamoasiga qarshi uchrashuvdan (5:0) so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi. U o‘yin yakunlari, yo‘l qo‘yilgan xatolar va jamoaning keyingi rejalari haqida gapirdi.

“Birinchi navbatda, bu turnir O‘zbekiston futboli uchun juda katta tajriba bo‘lmoqda. Biz qanaqa yutkazgan taqdirimizda ham, bu narsadan O‘zbekiston ko‘p narsa yutdi, deb o‘ylayman. Shunga qaramay, yirik hisobda uchralgan mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘raymiz. Bugungi natija (Kolumbiya-Kongo uchrashuvi natijasi)ga qarab, 3-turda oxirgi imkoniyatimiz bo‘ladi. 3-o‘yinda jahon chempionatidagi birinchi g‘alabamizni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Murabbiy to‘pni ko‘proq nazorat qilish va yaxshiroq himoyalanishni reja qilgandi. Bunday jamoalarga qarshi o‘yinda kichik xatolar ham katta ahamiyatga ega. G‘alaba qozonish uchun 100 foiz kuch bilan o‘ynash ham kamlik qiladi, omad ham kelishi kerak. O‘ylashimcha, ular tepgan hamma zarbalar darvozamizga kirdi. Shuning evaziga ham katta hisob qayd etildi.

Bizni qo‘llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Bunaqa mag‘lubiyat uchun uzr so‘raymiz. Keyingi o‘yinlarda qo‘llab turishlarini so‘raymiz”, – dedi jamoa sardori. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version