Connect with us

Jamiyat

O‘zlarini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatib, jinoyat sodir qilgan shaxslar qamaldi

Published

on


Jinoiy sxema shunday ishlagan: guruh rahbari o‘zini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatgan, qolganlar pul evaziga turli masalalarni hal qilishda unga “mijoz” topgan.  Uyushgan guruh qilmishida “lavozimga tayinlash”dan tortib sud ishini “hal qilib berish”gacha bo‘lgan turli epizodlar bor.

Andijonda o‘zlarini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatib, jinoyat sodir qilib kelgan shaxslarga hukm o‘qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Jinoiy sxema

Sud hukmida keltirilishicha, guruhga sirdaryolik J.N. rahbarlik qilgan. 44 yoshli ushbu shaxs muqaddam ham firibgarlik va boshqa jinoyatlar bo‘yicha sudlangan.

Uyushgan guruhda andijonlik 41 yoshli Sh.M., 42 yoshli M.Z., jizzaxlik 51 yoshli D.J. va boshqalar bo‘lgan.

J.N. guruh a’zolariga vazifalarni taqsimlab bergan. Jinoiy sxemaga ko‘ra, u o‘zini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatishi, qolganlar esa pul evaziga turli ko‘rinishdagi masalalarni hal etib berish va’dasi bilan “mijoz” topishi kerak bo‘lgan. 

Masalan, M.Z. “mijoz” topib, unga masalasini “prezident oilasiga yaqin shaxs bo‘lgan” J.N. orqali hal qilib berishni aytgan. So‘ngra ushbu “mijoz” J.N. oldiga yuborilgan.

Uyushgan guruh shu shaklda bir nechta kishini chuv tushirgan.

Lavozim uchun 25 ming dollar

Uyushgan guruh 2021 yil bahor oylarida M.D.ning ishonchiga kirib, uni Asaka tumanidagi “Ko‘priklardan muntazam foydalanish” UKga rahbar lavozimiga joylashtirib qo‘yish evaziga 25 ming dollar so‘rashgan. So‘ralgan pulning 10 ming dollarini oldindan berishini talab qilishgan.

J.N. unga o‘zini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatib, agar talab qilingan pulni bermasa, o‘ziga va oila a’zolariga yaxshi bo‘lmasligini aytgan holda tahdid qilgan. Oqibatda M.D. o‘ziga tegishli Captiva mashinasini 10 ming dollarga sotishga majbur bo‘lgan. Ushbu pulni uyushgan guruh a’zolari tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan. 

280 mlrd so‘mlik shartnoma va’dasi

Uyushgan guruh 2022 yil dekabr oyida chet davlatlardan poyezd va vagonlar uchun ehtiyot qismlari olib kelish bilan shug‘ullanuvchi D.D.ning ishonchiga kirgan. Unga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan ehtiyot qismlar olib kelish yuzasidan 280 mlrd so‘mlik shartnoma tuzib berish va’da qilingan. Buning evaziga undan firibgarlik yo‘li bilan bo‘lib-bo‘lib, jami 119 500 dollar olishgan va o‘z ehtiyojlariga sarflashgan. 

Bundan tashqari, guruh a’zolari 2023 yil fevral oyida takroran D.D.ning ishonchiga kirib, unga Toyota Land Cruiser 200 mashinasini 75 ming dollarga sotishni aytishgan. Mashina uchun oldindan 45 ming dollar olishgan.

“Dom” qurish uchun 100 ming dollar

Navbatdagi epizodda uyushgan guruh qurilish firmasi bo‘lgan Rossiya fuqarosi V.A.ni aldagan. Ya’ni, J.N. unga o‘zini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatgan. So‘ngra uni Yangi Toshkentda yer maydonlari borligini, birgalikda ko‘p qavatli uy qurib sotishsa katta foyda ko‘rishlarini aytib, qiziqtirgan.

Ushbu yer maydoniga ko‘p qavatli uylar qurishga ruxsatnoma olish va boshqa hujjatlashtirish ishlari uchun 100 ming dollar so‘ralgan. V.A.dan xarajatlar uchun oldindan 40 ming dollar olishgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Fermerlar “hojatbarori”

Qilmishlar orasida fermer xo‘jaliklariga aloqador epizodlar ham bor. Ulardan biri “sud ishini hal qilib berish” va’dasi bilan bog‘liq.

J.N. va boshqalar 2025 yil fevral oyida Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan fermer xo‘jaliklardan birining rahbarini aldashgan. Unga fermer xo‘jalikning yerlarini qaytarib olish yuzasidan ko‘rilayotgan sud ishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilishgan. Bu orqali xo‘jalik raisining 14 ming dollarini firibgarlik yo‘li orqali qo‘lga kiritishgan.

Yana bir holatda esa xo‘jalik yerlari ixtisosligini paxtachilikdan sholichilikka o‘zgartirib berishni aytib, Gurlan tumanidagi fermerdan 44 ming dollar olishgan. 

 Jazo

JIB Baliqchi tuman sudining 2026 yil 12 martdagi hukmi bilan sudlanuvchilar tovlamachilik, firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlarni sodir qilishda aybli deb topilgan. Uyushgan guruh rahbari J.N.ga 10 yil 7 oy va qolgan sudlanuvchilarga ham turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Apellyatsiya sudi dastlabki sud hukmining jazo qismini o‘zgarishsiz qoldirgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari ko‘paytirildi

Published

on


Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirilib, jami 2 930 ta davlat granti ajratilgan.

2026/2027-o‘quv yili uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishlar uchun jami 2 930 ta davlat granti ajratildi.

Qayd etilishicha, bunda bakalavriat uchun 2 309 ta, magistratura uchun 621 ta davlat granti ajratilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda daryoda cho‘kayotgan fuqaro qutqarib qolindi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, cho‘milish vaqtida birdan uning sog‘lig‘i yomonlashib, mustaqil ravishda harakat qila olmay qolgan va sheriklari darhol FVBga xabar berishgan.

17 iyul kuni soat 17:53 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand tumanidagi Qoradaryo daryosida fuqaro cho‘kayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, cho‘milish vaqtida birdan uning sog‘lig‘i yomonlashib, mustaqil ravishda harakat qila olmay qolgan va sheriklari darhol FVBga xabar berishgan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, fuqaroni maxsus narvon yordamida daryo qirg‘og‘idan xavfsiz hududga olib chiqishgan hamda u tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bir necha viloyatda sotilayotgan un mahsulotlari talabga javob bermasligi aniqlandi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat xaridlarida bir qator un mahsulotlarining sifati amaldagi sanitariya-gigiyenik hamda xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Xususan, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruviga ko‘ra, Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “555 MUKA” un mahsuloti sanitariya talablariga javob bermasligi va iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘ldi.

Buxoro viloyatida laboratoriyaga topshirilgan “Sulaymon Nafosat Fayz” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Sulaymon Fayz” birinchi navli bug‘doy uni sanitariya-gigiyenik me’yorlarga mos emasligi aniqlandi. Un mahsuloti sotuvidan tushgan 5,7 mln so‘m mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Jizzax viloyatida nazorat xaridi uchun “Javhar Flour Trade” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Ardus” un mahsuloti namunalari laboratoriyaga topshirilganda unda temir va rux miqdori belgilangan me’yorlarga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Farg‘ona viloyatida “Troyka” nomli bug‘doy uni namunasi laboratoriya tekshiruvlarida me’yoriy talablarga nomuvofiq deb topildi.

Sifatsiz mahsulotlarni muomalaga chiqarish orqali qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan shaxslarga, shuningdek saqlash tartiblariga rioya etmagan sotuvchilarga nisbatan tegishli ta’sir choralari  belgilanib, mahsulotlarni savdodan olib tashlash bo‘yicha tadbirkorlarga majburiy ko‘rsatmalar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qamchiq dovonida majburiy tosh ko‘chirish ishlari amalga oshirildi

Published

on


Xabar qilinishicha, mazkur ishlar tabiiy ofatning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan.

18 iyul kuni A-373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 142,8 km. qismida tegishli tashkilotlar tomonidan tog‘ning yuqori nuqtalaridagi nomustahkam toshlarni sun’iy tushirish ishlari olib borildi.

Xabar qilinishicha, mazkur ishlar tabiiy ofatning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayrim elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘radi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Mirob suv bermayapti” – Farg‘onadagi Chimyon qishlog‘ida bog‘lar quriyapti

Published

on


Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘i Quyi archa mahallasidagi adirlikda bog‘ barpo qilgan ayrim tadbirkorlar suv muammosiga duch kelishyapti. Suv yo‘q emas, bor: maxsus texnikalar yordamida tepalikka suv chiqarilgan, lekin ming mashaqqat bilan daraxt ko‘kartirgan odamlarga shartnomasi bor bo‘lsa-da, suv berilmayapti.

“Mirob Sh.I. o‘ziga qarashli odamlargagina suv beradi xolos. Bizdan esa pul talab qiladi. Suv uchun davlatga pul to‘layapmiz-ku. Mirob o‘z cho‘ntagini qappaytirish uchun bizdan yana pul olishga harakat qilyapti. Daraxtlarimiz qurib boryapti, dodimizni eshitadigan kimsa yo‘q”, deydi murojaatchilar.

Abdujalil Mamadiyev adirlikda 1,5 gektar yerni o‘zlashtirib, 500 tup o‘rik daraxti ko‘kartirgan, endi esa suvsizlikdan daraxtlari quriyotgan ekan:

“Farg‘ona tumani, Chimyon qishlog‘i Quyi archa mahallasidagi adirlikni o‘zlashtirib, 1,5 gektar yerda ming mashaqqat bilan o‘rik bog‘i yaratdim. 500 tup o‘rik daraxtini amallab ko‘kartirganman.

Endi esa suv muammo bo‘lyapti. Daraxtlarimiz qurib ketyapti. Eng qizig‘i, suv yo‘q emas, bor, adirga mirob etib tayinlangan Sh.I. xohlagan odamiga suv beradi, xohlamagan odamiga bermaydi. Shartnomamiz bor. Suv solig‘iniyam o‘z vaqtida to‘layapmiz. Mirob o‘z cho‘ntagi uchun biz bog‘bonlardan pul so‘raydi. Pul berganlargagina suv beryapti. Axir biz suv uchun davlatga o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshiryapmiz-ku.

Masala yuzasidan suv xo‘jaligiga, nasos stansiyalari markazlariga, ichki ishlarga murojaat bilan chiqdik, hokimiyatlarga bordik. Lekin muammo hal bo‘lmadi.

Masalan, men suv uchun 4 yilda 8 million 200 ming so‘m to‘lov qilganman. Davlatga pul to‘lasam bo‘ldi-ku, nima uchun yana mirobning cho‘ntagi uchun ham yana pul berishim kerak? Menga o‘xshab bog‘ yaratib daraxtlarini sug‘ora olmayotganlar talaygina. Mirobga chora ko‘rib bering, deb kirmagan tashkilot qolmadi. Bahordan to shu kungacha bog‘imni ikki marta sug‘ordim xolos. Daraxtlar qurib boryapti. Mehnatimga achinyapman.

Daraxtlar qurib qolmasligi uchun o‘zimiz 10 litr, 20 litr qilib chelaklab suv tashib quyib ham ko‘rdik. Shu holatni ko‘rib ham mirob pinagini buzgani yo‘q. Suv ber desak, u biz bilan janjal qiladi. Davlatga pul to‘laganingizdan keyin u navbati bilan suv berishi kerak-ku.

Mirob suv bersa, ko‘chat oralariga qora ekin qilish mumkin, lekin mana, hozir bekor yotibdi. Pomidor, loviya ekish mumkin, davlatga foydasi tegadigan tirikchilik qilib, ish qiladigan sharoit qilsa bo‘ladi. Faqat mirob suv bersa. Suv bermagani uchun oddiy daraxtimizni ham sug‘ora olmayapmiz.

Farg‘ona tumanida Chimyon qishlog‘i aholisining tirikchiligi o‘rikdan. Qiynalib bir yilda bir marta hosil olamiz-da. Suv beriladigan bo‘lsa, o‘rikdan ko‘proq hosil olish mumkin. Boshimizda shunday tashvish bo‘lganidan nima qilishni, yana kimlarga murojaat qilishimizni bilmayapmiz”, deydi Abdujalil Mamadiyev.


Abdujalil Mamadiyev

Tasvirga olish jarayonida adirda mirob Sh.I. ni uchratdik. U holat yuzasidan izoh berishni istamadi.


Sh.I , mirob

Mavjud muammo yuzasidan izoh olish uchun Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suv yetkazib berish davlat muassasasi direktori Dilyor Yo‘ldoshev bilan telefon orqali suhbatlashdik.

U muammoni nazoratga olishini, daraxtlarni sug‘orish uchun davlat bilan shartnoma qilgan bog‘bonlarga suv, albatta, berilishini ta’kidladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.