Iqtisodiyot
«O‘zbekneftgaz» to‘lagan soliqlar 16 foizga, «UzAuto Motors»niki qariyb 43 foizga qisqardi
2025 yilning dastlabki 9 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan «UzAuto Motors» 1 trln so‘m, «O‘zbekneftgaz» 520 mlrd so‘m, «Navoiyazot» 166 mlrd so‘m kamroq soliq to‘ladi. 2024 yilda Top-20 soliq to‘lovchilar tarkibiga kirgan «Farg‘ona NQZ» (2024 yilning 9 oyida 368 mlrd so‘m soliq to‘lagan), «Toshkentvino Kombinati» (288 mlrd so‘m), «Uz-Kor Gas Chemical» (240 mlrd so‘m) va «Artel» (188 mlrd so‘m) bu yilgi ro‘yxatdan chiqib ketdi. Ushbu kompaniyalar 199,4 mlrd so‘mdan kamroq soliq to‘lagan.
Soliq qo‘mitasi 2025 yil yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan Top-20 korxona ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning 9 oyida 59 732 ta kompaniya tomonidan 67,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 14,1 trln so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 168 trln so‘m, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 2 trln so‘mdan oshgan.
Soliq tushumlari miqdori bo‘yicha «O‘zbekneftgaz» yetakchilik qildi. Hisobot davrida kompaniya tomonidan 2,66 trln so‘mdan ko‘proq soliq to‘langan. Keyingi o‘rinlarni «UzBAT» (2,17 trln so‘m) va «UzAuto Motors» (1,36 trln so‘m) egallagan. Shuningdek, kuchli beshlikdan «Talimarjon IES» (1,29 trln so‘m) va «Tashkent Tabacco» (776,1 trln so‘m) MChJ o‘rin olgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarish sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar soni 64 ming 773 tadan 59 ming 732 taga yoki 7,8 foizga qisqargan. Shunday bo‘lsada, to‘langan soliq miqdori 33 trln 50,8 mlrd so‘mdan 67 trln 973,3 mlrd so‘mga yoki 2 barobarga oshgan.
2024 yilning yanvar-sentabr oylarida ham eng ko‘p soliq tushumlari «O‘zbekneftgaz» (3,18 trln so‘m), «UzAuto Motors» (2,38 trln so‘m) va «UzBAT» (2,12 trln so‘m) tomonidan amalga oshirilgandi.
Yirik korxonalarda soliq tushumlarining o‘zgarishi
2024 va 2025 yilning mos davri taqqoslanganda, qator yirik korxonalarda soliq tushumlari sezilarli darajada kamayganini ko‘rish mumkin. Xususan, yilning dastlabki 9 oyligida «O‘zbektnefgaz»da bu ko‘rsatkich 16,3 foizga, «UzAuto Motors»da 42,6 foizga, «Navoiyazot»da 24,3 foizga qisqardi. O‘z navbatida, «Talimarjon IES»ning soliq tushumlari qariyb 6 barobarga, «Coca-Cola Uzbekistan»niki 61,4 foizga, «International Beverages Tashkent»niki 52,6 foizga ko‘paygan.
O‘tgan yil Top-20 soliq to‘lovchilar tarkibiga kirgan «Farg‘ona NQZ» (2024 yilning 9 oyida 368 mlrd so‘m soliq to‘lagan), «Toshkentvino Kombinati» (288 mlrd so‘m), «Uz-Kor Gas Chemical» (240 mlrd so‘m) va «Artel» (188 mlrd so‘m) bu yilgi ro‘yxatdan o‘rin olmagan. Ushbu tashkilotlar hisobot davrida 199,4 mlrd so‘mdan kamroq soliq to‘lagan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning qaysi hududlarida moliyaviy xizmatlardan ko‘proq foydalanilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 65,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng katta moliyaviy xizmatlar hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 38 trillion so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi:
Farg‘ona viloyati — 3,4 trln so‘m;
Andijon viloyati — 2,9 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 2,8 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 2,7 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 2,2 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 2 trln so‘m.
Keyingi o‘rinlarda Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1,9 trillion so‘mdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax viloyatida 1,6 trillion so‘mdan, Navoiy viloyatida 1,5 trillion so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 1 trillion so‘mni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
Endi cheklarni «Soliq» ilovasiga yuklaganlar avtomobil yutib olishi mumkin
2026 yil 1 iyuldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xarid cheklarini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolar uchun yutuqli o‘yinlar yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tiraj g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomobil topshiriladi.
Qonunchilikka muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha nazorat-kassa texnikasi orqali berilgan cheklar asosida yutuqli o‘yinlar tashkil etiladi.
Buning uchun xarid chekini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish kifoya. Chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan har bir shaxs avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
Qoidalarga ko‘ra, har bir yutuqli o‘yin g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomobil taqdim etiladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulushni mashinalar va transport asbob-uskunalari egallagan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari importi eng yuqori o‘sish sur’atini qayd etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatga 5,5 mlrd AQSh dollarlik mashinalar va transport asbob-uskunalari import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,1 foizga ko‘p.
Import tarkibida sanoat tovarlari 2,5 mlrd dollar (+17,1 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 2,0 mlrd dollar (+22,6 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar esa 1,9 mlrd dollar (+47,2 foiz) bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.
Shuningdek, xizmatlar importi 1,6 mlrd dollar (+15,5 foiz), mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash mahsulotlar 1,4 mlrd dollar (+25,8 foiz)ni tashkil etgan.
Turli xil tayyor buyumlar importi 585,7 mln dollar (+34,6 foiz), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) 464,8 mln dollar (+34,5 foiz), hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar hamda mumlar 217,7 mln dollar (+37,3 foiz), ichimliklar va tamaki mahsulotlari esa 100,5 mln dollar (+24,3 foiz) miqdorida import qilingan.
Statistikaga ko‘ra, eng yuqori o‘sish sur’ati oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importida kuzatilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi import hajmi bir yil oldingi davrga nisbatan 47,2 foizga oshgan.
Iqtisodiyot
Tadbirkorlarni tekshirishning yangi tartibi belgilandi
O‘zbekistonda raqobat sohasida tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish jarayonida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi joriy etiladi. Yangi tartibga ko‘ra, xavf darajasi past deb baholangan tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Adliya vazirligi Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Nizomga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Shu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xavf darajasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari, tovar-xomashyo birjalari, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji hamda chakana savdosi sohalari bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Natijaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari yuqori, o‘rta va past xavf toifalariga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi.
Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Ayni vaqtda, elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.
Iqtisodiyot
Endi kino sohasidagi tadbirkorlar xavf darajasi bo‘yicha baholanadi
Kinematografiya sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari endi «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi orqali xavf darajasi bo‘yicha baholanadi. Yangi tartib tekshiruvlarni xavf darajasiga qarab tashkil etish va nazorat jarayonlarini avtomatlashtirishni nazarda tutadi.
Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi. Hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Nizomga muvofiq, tizim tadbirkorlik sub’yektlarida qonunchilik talablari buzilishi xavfini avtomatik tarzda baholaydi. Buning uchun davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Elektron tizimda baholash «ball» tizimi asosida amalga oshiriladi va tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfi yuqori, o‘rta yoki past toifalarga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.
Shu bilan birga, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. Xavf tahlili jarayoni tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi va uning faoliyatiga bevosita aralashuvga sabab bo‘lmasligi belgilangan.
-
Jamiyat4 days ago«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
-
Sport3 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Dunyodan2 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Dunyodan4 days agoQirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Dollar bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi
-
Jamiyat3 days agoVatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekiston banklari aktivlari 962,8 trln so‘mga yetdi
-
Sport4 days ago
Futbol tarixini ikki xonadonga joylagan minsklik sportchi arxivida «Paxtakor» ham bor
