Iqtisodiyot
“O‘zbekneftgaz” benzin narxini 2 foizga pasaytirganini ovoza qildi. Iqtisodchi buni manipulyatsiya deb hisoblayapti
Jahon bozorlarida neft sezilarli arzonlashganiga qaramay, O‘zbekistonda benzin narxlari yangi rekordlarni yangilayapti. Iqtisodchi Otabek Bakirov shunday sharoitda xuddi paxta narxini jahondagi narxlar bilan bog‘lagan kabi, AI-92 benzini narxini ham Brent nefti narxiga bog‘lab qo‘yishga chaqirdi.
11 avgust kuni “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi “AI-92 benzini narxi arzonlashtirildi” degan sarlavhali bayonot tarqatdi.
Bayonotda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi boshlang‘ich narxi tonnasiga 12 mln 881 ming so‘mdan 12 mln 628 ming so‘mgacha yoki 2 foizga tushirilgani aytilgan.
“Bu, o‘z navbatida, 1 litr AI-92 markadagi avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 9 400 so‘m degani”, deyiladi kompaniya xabarida.
“O‘zbekneftgaz” yuqori oktanli yoqilg‘i narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari davom ettirilishini bildirgan.
“Chalg‘ituvchi raqam”
Tovar-xomashyo birjasi 11 avgust kungi savdolar haqida hali axborot bermadi. 8 avgustdagi savdolar bo‘yicha bugun joylangan axborotga ko‘ra, juma kuni birjada AI-92 benzinining o‘rtacha narxi bir kun oldingidan 2 foizga oshib, 13 mln 314 ming so‘mga yetgan. Bu – narx rekordi yana bir bor yangilanganini ko‘rsatadi.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, birjada AI-92 avgust oyi boshidan beri 4,7 foizga qimmatlagan. Bu markadagi benzin bahosi ochiq e’lon qilina boshlagan 2024 yil 4 noyabrdan buyon esa narxlar 12,6 foizga oshgan. Bu davrda Brent tipidagi oliy navli neft narxi 22,4 foizga arzonlagan, dollar kursi esa deyarli o‘zgarmagan.
Shuningdek, Bakirov bir qator omillar sabab AI-92 benzini bahosi “O‘zbekneftgaz” e’lon qilgani kabi har bir litri uchun 9 400 so‘m emas, balki undan ancha qimmatroq bo‘ladi, deb hisoblayapti. Bunda iqtisodchi benzin birjada litrlab emas, tonnalab sotilishi, transport xarajatlari, iste’mol solig‘i, AYoQShlarning ichki chiqimlari va foydasi kabi omillar sabab narx 10 600 so‘m atrofida shakllanishini prognoz qildi va rasmiylar aytayotgan 9400 so‘mni chalg‘ituvchi raqam deb atadi.
Jahonda neft narxi pasaymoqda
“O‘zbekneftgaz” bundan avval 2024 yil 22 oktyabr kuni Buxoro NQZda ishlab chiqariladigan AI-92 benzini narxi tonnasiga 11 mln 538 ming so‘m deb belgilanganini xabar qilgan.
O‘sha kuni jahonda neftning Brent markasi 1 barreli 76 dollardan sotilgan. Hozir esa narxlar 65 dollargacha arzonlashgan. May oyida narxlar 56 dollargacha ham pasaygandi.
Shu tariqa, 2024 yilning 22 oktyabrdan 2025 yilning avgustigacha O‘zbekistonda AI-92 benzinning ishlab chiqaruvchi belgilagan bahosi tonnasiga 9,4 foizga oshgan. Bu davrda jahon bozoridagi Brent markali neft esa, aksincha, 14 foizga arzonlashgan.
Importga qaramlik
2025 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 576 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (676 ming tonna) 100 ming tonnaga yoki 14,8 foizga kam.
Ichki bozordagi taqchillikni qoplash uchun import hajmi oshib boryapti. Masalan, 2024 yilda O‘zbekistonga 568 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari olib kirilgan va o‘sish 2023 yilga nisbatan 70,5 foizni tashkil etgan. 2025 yilning yanvar-iyun oylari davomida esa import hajmi 277 mln dollar bo‘lgan.
Qo‘shni mamlakatlarda narxlar qanday?
Globalpetrolprices.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 4 avgust holati bo‘yicha yuqori sifatli 1 litr benzin narxi AQSh dollariga taqriban olinganda Turkmanistonda 0,43 dollar, Qozog‘istonda 0,45 dollar, Rossiyada 0,77 dollar, Qirg‘izistonda 0,86 dollar, Afg‘onistonda 0,92 dollarni tashkil etgan.
Tojikistondagi narxlar bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan. O‘zbekistonda esa 1 dollardan qimmatroq ekani qayd etilgan.
Narxlarni solishtirganda ko‘rish mumkinki, O‘zbekistonda benzin narxi Turkmaniston va Qozog‘istonga nisbatan 2 barobar qimmatroq. Mamlakatda benzin narxi AQShdagi narxdan (0,93 dollar) ham yuqori.
Benzin narxini qanday tushirish mumkin?
Otabek Bakirov hozirgi vaziyatda narxlarni quyidagi choralarni bilangina pasaytirish mumkin deb hisoblaydi:
“Birinchidan, 92 benzinning birjaga chiqarilish bazaviy bahosi Brent tipidagi neft narxi formulasiga majburiy bog‘lanishi darkor. Bu qoida har ikki yirik ishlab chiqaruvchi monopolist “O‘zbekneftgaz” va haligacha monopolist deb e’lon qilinmagan Saneg’ga qo‘llanishi zarur, toki har ikkisining bozordagi ulushi 40 foizdan pastga tushmaguncha. Nima uchun fermerlarga xom paxta bazaviy narxi paxta tolasining global narxiga bog‘lanishini to‘g‘ri deb bilgan hukumat benzinni neft narxiga bog‘lashga kelganda energetiklarga istisno qilishi kerak? Agar 92 benzin narxini Brent’ga qat’iy bog‘laganimizda, hozir bazaviy narx birjada 12,6 mln so‘m emas, 8,9 mln so‘m bo‘lardi, 92 benzin litri 10 700-11 000 so‘m emas, 7700-8000 so‘mdan oshmasdi.
Ikkinchidan, birjadagi savdolarda 92 benzin uchun 5 foizlik spred va 5 tonnalik lot tiklanishi zarur.
Uchinchidan, buni yana va yana takrorlashdan charchamaymiz, yoqilg‘i importi kanallaridagi transport, logistika va omborlargacha bo‘lgan monopolist va oligarxlarga xizmat qilayotgan sun’iy to‘siq va g‘ovlar avval to‘liq inventarizatsiya qilinishi, keyin tag-tomiri bilan bekor qilinishi zarur”.
Iqtisodiyot
«O‘zmilliybank» AJ O‘zbekiston emitentlari orasida birinchi bo‘lib Xitoy kapital bozoriga 250 mln dollarlik obligatsiyalar chiqarmoqchi
2026 yil 9–10 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududiga tashrifi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ («O‘zmilliybank» AJ) va «China International Capital Corporation» (CICC) Osiyo kapital bozorida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining 11-sammiti doirasida tomonlar Gonkong fond birjasida Xitoy yuani va O‘zbek so‘mida umumiy qiymati 250 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish hamda ularni Gonkong fond birjasida listingdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladilar.
Erishilgan kelishuv «O‘zmilliybank» AJning Osiyo kapital bozoriga ilk bor chiqishini anglatadi hamda bankning xalqaro qarz olish geografiyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur kelishuvning amalga oshishi bankning moliyalashtirish manbalari va valyuta tarkibini diversifikatsiya qilish, xalqaro investorlar doirasini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Osiyo kapital bozori resurslarini jalb qilish imkonini beradi.
Rejalashtirilayotgan mazkur emissiya «O‘zmilliybank» AJning xalqaro kapital bozorlaridagi izchil faoliyatining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. 2020 yildan buyon bank London va Vena fond birjalarda umumiy qiymati 1,13 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi uchta obligatsiya emissiyasini amalga oshirgan.
Mazkur kelishuv 2026 yilga mo‘jallangan davlat investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida imzolangan bo‘lib. Ushbu dasturga muvofiq, «O‘zmilliybank» AJ zimmasiga O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro moliya institutlaridan jami 1,5 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni jalb etish vazifasi yuklatilgan.
Imzolangan kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirish borasidagi amaliy natijalardan biri bo‘lib, mazkur hamkorlik so‘nggi yillarda ikki davlat yetakshilarining uzoqni ko‘zlagan siyosati va strategik qarashlari tufayli yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard AQSh dollariga yaqinlashdi. Yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 30 milliard AQSh dollariga yetkazish maqsad qilib olindi. Amaldagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard AQSh dollarini tashkil etib, O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlik kengayib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kapital jalb qilishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. «O‘zmilliybank» AJning CICC bilan erishgan kelishuvi mazkur yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekistonning Osiyo kapital bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli resurslarni jalb etishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik tizimli ahamiyatga ega bank hisoblanadi. 2025 yil yakuniga ko‘ra, bank aktivlari 12 milliard AQSh dollaridan, kredit portfeli 9 milliard AQSh dollaridan, jami kapitali esa 1,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.
China International Capital Corporation (CICC) 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning yetakchi investitsiya banklaridan biri hisoblanadi. Kompaniya investitsiya banking, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish sohalarida xizmatlar ko‘rsatadi hamda Gonkong, Singapur, London va Nyu-York kabi xalqaro moliya markazlarida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):
Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
-
Jamiyat5 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Sport5 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Jamiyat4 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat3 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Iqtisodiyot4 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning inklyuziv loyihasi Yevropa mukofoti finaliga chiqdi
