Connect with us

Sport

O‘zbekistonning JCh-2026 guruh bosqichidagi ehtimoliy raqibi o‘zgarishi mumkin

Published

on


Futbol bo‘yicha JCh-2026 yo‘llanmalaridan biri uchun kurash maydondan tashqarida kechmoqda: FIFA Nigeriyaning Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi tarkibidagi ehtimoliy qoidabuzarliklar bo‘yicha shikoyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar shikoyat qondirilsa, Nigeriya pley-off o‘yinlarida kongoliklarning o‘rnini egallashi, bu esa O‘zbekiston milliy jamoasining guruh bosqichidagi raqibini o‘zgartirishi mumkin.

O‘zbekistonning JCh-2026 guruh bosqichidagi ehtimoliy raqibi o‘zgarishi mumkin. Afrika futbolidagi katta mojaro mantiqiy yakuniga yetmoqda va FIFA Kongo DR milliy jamoasini qit’alararo saralash bosqichidan chetlatib, uning o‘rniga Nigeriyani tayinlashga yaqin. Bu haqda Afrikaning bir qator sport nashrlari xabar berdi. Ammo FIFA mojaro bo‘yicha hali yakuniy qarorini e’lon qilmadi.

Mojaro mazmuni

2025 yil noyabr oyida Kongo DR milliy jamoasi Afrika pley-offida Nigeriyani mag‘lub etdi (asosiy vaqtda 1:1 va penaltilar seriyasida 4:3). Bu kongoliklarga JCh-2026 yo‘llanmasi uchun qit’alararo pley-off o‘yinlariga yo‘llanmani taqdim etdi. Nigeriya esa JCh-2026 yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Dekabrda AQSh poytaxti Vashingtonda JCh-2026 guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston milliy jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va saralashdan o‘tadigan yana bir jamoaga (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

Nigeriya futbol federatsiyasi (NFF) Kongo DR fuqarolik va milliy mansublikni o‘zgartirish talablariga javob bermaydigan o‘yinchilardan foydalangani haqida FIFAga rasmiy shikoyat bilan chiqdi.

Shikoyat nimaga asoslangan

Nigeriya futbol federatsiyasi (NFF) Kongo DR tarkibidagi 9 nafargacha futbolchi fuqarolikni o‘zgartirish tartibini buzgan deb hisoblamoqda – ularda Yevropa pasporti bor, ammo Kongo DR qonunlariga ko‘ra ikki fuqarolikka ruxsat berilmaydi.

Nigeriyaliklarning ta’kidlashicha, bu futbolchilar Yevropa pasportidan voz kechmagan va Kongo DR futbol federatsiyasi FIFAni milliy fuqarolik hujjatlari bilan chalg‘itgan.

FIFA futbol qoidalariga ko‘ra, futbolchidan faqat mamlakatning amaldagi pasporti talab qilinadi. Ammo Kongo DR fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha ikki fuqarolik taqiqlangan. Ushbu holat shikoyatga sabab bo‘lgan.

Kongo DR futbol federatsiyasi barcha o‘yinchilar FIFA tomonidan ma’qullanganini va maydonga tushish huquqiga ega ekanini ta’kidlamoqda va Nigeriyani maydondagi mag‘lubiyatdan so‘ng «orqa eshikdan bostirib kirishga» urinishda ayblamoqda.

FIFA qarorining holati

Dastlab FIFA 2025 yil dekabr oyida futbol qoidalari uchun futbolchi vakil bo‘lgan mamlakatning amaldagi pasporti bo‘lishi yetarli ekanini aytib, shikoyatni rad qilgan edi.

Ammo fevral oyi o‘rtalarida bir qator ommaviy axborot vositalarida (jumladan, The African Mirror va Eye Witness News) FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi o‘yin paytida futbol fuqaroligini o‘zgartirish jarayoni tugallanmagan «X futbolchi» uchun ishni qayta ko‘rib chiqqani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘mita Kongo DR milliy jamoasiga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozadi va Nigeriya qit’alararo pley-off o‘yinlarida Kongo DR o‘rnini egallaydi. O‘z navbatida Kongo DR ushbu qaror ustidan Apellyatsiya qo‘mitasiga shikoyat qilish huquqini saqlab qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «rasmiy diskvalifikatsiya» sarlavhalari allaqachon tarqalgan bo‘lsa-da, vaziyat huquqiy jihatdan murakkabligicha qolmoqda. FIFA rasmiy manbalari ko‘pincha yakuniy qarorlarni kechikib e’lon qiladi va apellyatsiya jarayoni mart oyidagi o‘yinlar boshlanishidan oldin kuchlar nisbatini yana o‘zgartirishi mumkin.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Published

on


Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.

Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.



Source link

Continue Reading

Sport

EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi

Published

on


UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.

Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.

Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.

1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.

Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.

Manba: UEFA



Source link

Continue Reading

Sport

Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi

Published

on


Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.

«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.

Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.

Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin

Published

on


Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.

«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.

Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.

Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi

Published

on


Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.

London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 

«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.