Mahalliy
O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg‘unov 28-may kuni ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
«Dunyo» AAning xabar qilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ikki do‘st davlat o‘rtasida mustahkam tarixiy va madaniy aloqalar mavjudligi alohida ta’kidlangan.
«Siyosiy muloqotni kengaytirish istiqbollari, jumladan, turli darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish va qo‘shma tadbirlar, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va hukumatlararo komissiya majlislarini o‘tkazish orqali muhokama qilindi», – qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar. Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi. Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, sayyohlik almashinuvini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi. Xalq diplomatiyasini mustahkamlashning muhim vositasi sifatida O‘zbekiston va Iordaniya poytaxtlarida Madaniyat kunlarini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993-yil 15-fevralda o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi sifatida 2024-yil mart oyida Ar-Riyoz shahriga kelgan. 2025-yil aprel oyida esa u bir vaqtning o‘zida mamlakatimizning birinchi elchisi sifatida Bahrayn Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
Mahalliy
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev rasman ogohlantirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimining oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini ko‘chalardagi obodonlashtirish va monitoring ishlariga jalb etish tashabbusi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat jamyatda soha vakillarining huquqlari va qonun ustuvorligi masalasini yana kun tartibiga chiqardi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, pedagog xodimlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga majburiy tarzda jalb etish qat’iyan taqiqlanadi. Agar mazkur tashabbus amaliyotga joriy etilib, ziyolilar o‘z faoliyatiga daxldor bo‘lmagan yumushlarga jalb etilsa, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiy mehnat holatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Shu munosabat bilan, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga pedagoglarni kasbiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish qonunchilikka zid ekani hamda bunday holatlar uchun qat’iy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan rasmiy ogohlantirish yuborildi.
Har qanday ijtimoiy yoki iqtisodiy tashabbusni amalga oshirishda, eng avvalo, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish, jamiyat ko‘zgusi bo‘lgan pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini to‘liq ta’minlash zarur. Oliy ta’lim fidoyilari ko‘cha supirish yoki monitoring bilan emas, ilm-fan va sifatli ta’lim bilan mashg‘ul bo‘lishlari shart.
Mahalliy
23-iyun — Davlat xizmati kuni
Davlat va fuqaro o‘rtasidagi mustahkam ishonch ko‘prigini bunyod etish, jamiyat farovonligini ta’minlash hamda barqaror rivojlanish ustuvor maqsadlardan biridir. Ayni shu ezgu maqsad yo‘lida tunu kun xizmat qilayotgan soha vakillarini e’tirof etish maqsadida har yili 23-iyun sanasi xalqaro miqyosda Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ushbu muhim sana 2002-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasi bilan ta’sis etilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy muddao — davlat boshqaruvi tizimining insoniyat hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda ahamiyatini yuqori baholash, soha xodimlarining fidokorona mehnatini rag‘batlantirishdan iborat.
Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimi nafaqat ma’muriy vazifalarni bajarish, balki aholiga sifatli, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish san’atidir. Bugungi kunda davlat xizmati sohasi tubdan transformatsiyalanmoqda. Uning negizida quyidagi muhim tamoyillar mujassam:
Davlat organlari faoliyatining xalq ko‘z o‘ngida bo‘lishi, qarorlar qabul qilinishida jamoatchilik nazoratining kuchayishi;
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va aholi vaqtini tejash;
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, davlat xizmatchisining axloqiy qiyofasini yuksaltirish.
Davlat xizmatchilari kuni faqatgina kasb bayrami emas, balki amalga oshirilgan islohotlar sarhisobi, tizimdagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish hamda istiqboldagi rejalarni belgilab olish uchun qulay imkoniyatdir.
Davlat boshqaruvi tizimining barqarorligi va uzviyligini ta’minlash bevosita kadrlar salohiyatiga bog‘liq. Shu bois ushbu ayyom yosh avlod vakillarida davlat xizmatiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishda muhim o‘rin tutadi. Sohaga bilimli, innovatsion fikrlaydigan, vatanparvar va halol yosh kadrlarni jalb etish kelajakdagi muvaffaqiyatlar kafolatidir.
Bugungi shiddatli davr davlat xizmatchisidan nafaqat yuqori bilim, balki yuksak insoniy fazilatlarni, fuqarolarning dardu tashvishlariga sherik bo‘lish hissini talab etmoqda. Sababi, davlat xizmati bu shunchaki kasb yoki lavozim emas, bu xalqqa va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish demakdir.
Mahalliy
Har kuni muzqaymoq yesak nimalar bo‘ladi?
Jazirama issiqda bir dona muzqaymoq yeyish haqiqiy huzur. Ammo ushbu shirinlikni har kuni muntazam iste’mol qilsak, sog‘lig‘imizda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? Bu shunchaki shirinxo‘rlikmi yoki organizm uchun yashirin foydalar xazinasi? Keling, ushbu savollarga tibbiy tadqiqotlar va fan nuqtai nazaridan javob izlaymiz.
Muzqaymoq asosan sut va qaymoqdan tayyorlangani bois, u tabiiy kalsiy manbai hisoblanadi. Har kuni muzqaymoq yeyish organizmni kalsiyga to‘yintiradi, bu esa suyaklar va tishlar salomatligi uchun juda muhim.
Garvard sog‘liqni saqlash maktabi (Harvard T.H. Chan School of Public Health) tadqiqotlariga ko‘ra, sut mahsulotlaridan olinadigan kalsiy suyak yemirilishi xavfini kamaytiradi. Shuningdek, u sut oqsili hisobiga oqsilga bo‘lgan kundalik ehtiyojni qisman qondiradi, bu esa mushaklar tiklanishi uchun nihoyatda zarur.
Ko‘pchilik sovuq mahsulotlar tomoqni og‘ritadi deb o‘ylaydi, vaholanki, me’yorida yeyilgan sovuq shirinlik tomoqdagi mahalliy immunitetni oshiradi va tomirlarni chiniqtiradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngachda sezilgan sovuqlik asab tolalari orqali yurakka reflektor tarzda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yurak urishini mo‘’tadillashtirishga yordam beradi.
Muzqaymoq yeyish insonga quvonch bag‘ishlashi ilmiy isbotlangan. Uning tarkibidagi L-triptofan aminokislotasi kayfiyatni ko‘taradi va antidepressant ta’sirga ega.
London Asab kasalliklari instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan neyrovizualizatsiya tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, muzqaymoqning atigi bir qoshig‘i bosh miyadagi qoniqish va baxt uchun mas’ul bo‘lgan “orbitofrontal korteks” qismini bir lahzada faollashtiradi. tayyorlangan mahsulot organizmning V guruh vitaminlariga bo‘lgan talabini qondiradi. Agar siz sifatli, tabiiy yogurtli yoki tirik laktobakteriyalar bilan boyitilgan muzqaymoq iste’mol qilsangiz, u ichak mikroflorasini tiklashga ham xizmat qiladi.
Xorijiy reproduktologlarning (jumladan, Garvardda o‘tkazilgan “The Nurses Health Study” yirik tadqiqoti) aniqlashicha, muzqaymoqni me’yorida iste’mol qilish ayollarda ovulyasiya jarayonini yaxshilaydi va bepushtlikning oldini olishga yordam beradi. Tarkibidagi fosfor va kalsiy foizlari erkaklarga qo‘shimcha quvvat beradi va mushaklar tonusini ushlab turadi.
Har kuni muzqaymoq yeyishning ijobiy tomonlari ko‘p bo‘lsa-da, tanganing ikkinsi tomoni ham bor. Agar mahsulot sifatsiz bo‘lsa, yuqoridagi foydalarning barchasi chippakka chiqadi.
Sun’iy bo‘yoqlar, ta’m beruvchilar va konservantlar (ayniqsa arzon palma yog‘i) qo‘shilgan muzqaymoqlarni yemaganingiz ma’qul! Ular qonda xolesterinni oshiradi va ichak faoliyatini buzadi.
Agar sizda laktozaga sezuvchanlik bo‘lsa yoki haddan tashqari shakarli mahsulot yesangiz, bu yuzdagi husnbuzarlarni ketkazmaydi, aksincha, ularni ko‘paytirib yuborishi mumkin. Shu bois, terisida muammosi bor insonlarga shakarsiz va tabiiy sorbetlar tavsiya etiladi.
Har kuni yuqori kaloriyali, shokolad va siropli muzqaymoq yeyish vazn ortishi va qonda shakar miqdorining keskin tebranishiga (insulin rezistentligiga) olib kelishi mumkin.
Agar siz har kuni muzqaymoq yeyishni odat qilmoqchi bo‘lsangiz, uning tarkibiga e’tibor bering. Eng maqbul tanlov tarkibida shakar miqdori kam bo‘lgan, sof qaymoq va sutdan tayyorlangan yoki mevali sorbetlardir. Kuniga 100-150 gramm tabiiy muzqaymoq sog‘lig‘ingizga faqatgina foyda va yuqori kayfiyat bag‘ishlaydi!
Mahalliy
Toshkentdagi «Media haftalik» qizg‘in pallada!
Zamonaviy axborot makoni shunday shiddat bilan o‘zgarmoqdaki, bugun oddiy xabarchi bo‘lish kifoya qilmaydi. Bugungi o‘quvchi tezkorlik bilan birga yuksak sifat, xolislik va eng muhimi haqiqatni talab qilmoqda. Ayni shu talablarga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni shakllantirish maqsadida OAV uchun Kontent tayyorlash markazi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yirik media loyiha doirasida trening va seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu haftalik mamlakatimiz media makonida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari hamda raqamli kontent ijodkorlarini bir maydonga jamladi.
Muhokamalar shu qadar qizg‘in tus oldiki, ishtirokchilar an’anaviy qarashlardan voz kechib, raqamli dunyoning yangi qoidalarini tahlil qildilar.
Sun’iy intellekt matn yozishi, rasm chizishi yoki video montaj qilishi mumkin, ammo u hech qachon voqea joyidagi jonli his-tuyg‘uni va jurnalistning intuitsiyasini almashtira olmaydi.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on (feyk) ma’lumotlar ko‘paygan bir davrda, faktcheking — axborot xavfsizligining eng oliy mezoniga aylandi.
Loyihaning bosh mezoni — quruq ma’ruzalardan qochib, bor e’tiborni amaliy ko‘nikmalarga qaratishdir. Ishtirokchilar zamonaviy media trendlar, strategik kommunikatsiyalar va auditoriyani jalb qilishning zamonaviy usullari bo‘yicha treninglarda bevosita qatnashmoqdalar.
Bugungi matbuot kotibi yoki bloger nafaqat matn yozishni, balki axborot inqirozlari davrida strategik to‘g‘ri qaror qabul qilishni, kontentni viral darajada trendga chiqarishni ham bilishi shart. Ushbu haftalik soha vakillarining professional rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ayni kunlarda poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan ushbu media haftalik yangi g‘oyalar, eksklyuziv loyihalar va kuchli hamkorliklar uchun katta start berdi. Ishtirokchilar axborot xavfsizligini ta’minlagan holda, sifatli va ishonchli kontent yaratishning eng sirli jihatlarini o‘zlashtirishda davom etmoqdalar.
Mahalliy
Endi rahbarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fosh qilish mumkin!
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash tizimida keskin va muhim burilish yasaldi. 22-iyun kuni Prezident tomonidan imzolangan yangi Qonun bilan davlat idoralari va tashkilotlaridagi komplayens (ichki nazorat) xizmatlarining vakolatlari va xavfsizlik kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi. Oddiyroq aytganda, endi tashkilot ichidagi korrupsiyani tiyadigan nazoratchilar mutlaqo mustaqil va himoyalangan tizimga aylanmoqda.
Agar tashkilotning birinchi rahbari korrupsiyaga qo‘shilgan bo‘lsa, noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa yoki biror jinoiy guruhga rahnamolik qilayotgani aniqlansa, komplayens bo‘yicha o‘rinbosar buni yuqori turuvchi idorasi bilan kelishgan holda, hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish vakolatiga ega bo‘ldi. Bu rahbarlarning o‘z komplayens xodimlariga bosim o‘tkazish imkoniyatini butunlay yo‘qqa chiqaradi.
Endilikda komplayens xizmati xodimlari o‘z tashkilotlaridagi istalgan obyektga, xonaga hech qanday to‘sqinliksiz kirish, barcha zarur hujjatlar va ichki axborot bilan tanishish huquqiga ega. Shuningdek, ular aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha majburiy ijro etilishi kerak bo‘lgan rasmiy taqdimnomalar kirita oladi.
Korrupsiyani fosh qiluvchi xodimlarni soxta ayblovlar yoki rahbarlarning o‘ch olishidan himoya qilish uchun ularga alohida maqom berildi. Yangi tartibga ko‘ra, komplayens tizimi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish huquqi faqat va faqat Bosh prokurorga berildi. Bu ularning qo‘rqmasdan, xolis va adolatli ishlashi uchun juda katta huquqiy kafolatdir.
Mazkur islohot davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash yo‘lidagi eng jiddiy qadamlardan biridir. Ilgari tizim xodimlari o‘z rahbarining imzosi yoki qaroriga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun va yuqori turuvchi organlar himoyasida bo‘ladi
-
Jamiyat4 days ago
Bugun ayrim hududlarda havo harorati 44 darajaga yetishi mumkin
-
Siyosat4 days ago
«Endigi vazifa erishilgan kelishuvlarni real loyihalarga aylantirish»
-
Jamiyat5 days ago
Uy qurmoqchimisiz? Hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bilan tanishing
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
-
Siyosat3 days agoPrezident Mirziyoyev Ozarbayjon elchisini oʻz nihoyasiga yetgan “Mehnat Shufrati” ordeni bilan taqdirladi
-
Dunyodan5 days agoAQSh va Eron o’rtasidagi urushning iqtisodiy oqibatlari hisoblanmoqda
-
Mahalliy5 days agoO‘zbekiston – Kolumbiya o‘yinida yig‘lagan bolakay kim?
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 35 yilda 12 barobar oshdi
