Iqtisodiyot
O‘zbekistonda Yevroosiyo bankining litsenziyasi bekor qilindi
Qozog‘istondagi Yevroosiyo bankining O‘zbekistonda o‘tgan yili litsenziya olgan shu nomdagi sho‘basi Markaziy bank qarori bilan majburiy tugatiladigan bo‘ldi. Bank ustav kapitalining minimal darajasi va boshqa qonunchilik talablarini bajarmagan.
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining 27 avgust kungi qarori bilan, “Yevroosiyo banki” AJdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi.
Regulyator xabariga ko‘ra, bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmagan. Shuningdek, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmagan.
Markaziy bank, shuningdek, Yevroosiyo bankini majburiy tugatish va tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ma’lumot uchun, tijorat banklarining ustav kapitali 2025 yil 1 yanvardan boshlab 500 mlrd so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak. 2025 yil 1 avgust holatiga, Yevroosiyo bankining kapitali 104 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Yevroosiyo banki – Qozog‘istondagi shu nomli bankning O‘zbekistondagi sho‘basi bo‘lib, 2024 yil yanvar oyida litsenziya olgandi. 2025 yil 1 avgust holatiga, bankning depozit va kredit portfeli nolga teng. Kredit tashkiloti 2025 yilning birinchi yarmini 51,6 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan.
Qozog‘istondagi Yevroosiyo bankiga 1994 yilda asos solingan, bosh ofisi Olmaota shahrida joylashgan. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyaning yakuniy benefitsiarlari Ibragimovlar oilasi, Aleksandr Mashkevichning vorislari va Fattoh Shodiyev hisoblanadi.
Iqtisodiyot
«Startaplar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi yana takomillashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan innovatsion infratuzilma subyektlari uchun startaplarni qo‘llab-quvvatlashning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, soha ekspertlari hamda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi. Unda Prezidentning 2026-yil 11-fevraldagi qaroriga muvofiq, startap loyihalarini moliyalashtirish, infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash va huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish vazifasi belgilangani qayd etildi.
Shu asosda mas’ul vazirlik va idoralar hamda Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan «Startaplar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Davra suhbatida startap subyektlarining huquqiy maqomini belgilash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay huquqiy muhit yaratishga oid takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, startap ekotizimi ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar parlamenti a’zolari va soha ekspertlari tomonidan bildirilgan amaliy taklif va tavsiyalarni qonun loyihasini yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 33 moddadan iborat «Startaplar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ilk bor 2020-yil aprel oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda o‘tgan yili 70 mingdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilgan – MB
2025-yilda O‘zbekistonda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi va soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bankning ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha tahlilida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida banklar tomonidan aholiga 70,4 mingta ipoteka krediti ajratilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 20 foizga yuqori bo‘lgan.
Shuningdek, mehnatga layoqatli doimiy aholining har 1000 nafariga to‘g‘ri keladigan ipoteka kreditlari oluvchilari soni 18 nafardan 20 nafarga yetgan.
Ipoteka kreditlarining o‘rtacha hajmi ham oshgan. Xususan, 2024-yilda o‘rtacha bir kredit 290,5 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 301,3 million so‘mga yetgan.
Tahlilda qayd etilishicha, ipoteka kreditlash shartlari ham ancha yengillashgan. 2025-yilda ipoteka kreditlarining o‘rtacha qaytarish muddati 17,2 yilni tashkil etib, bir yil oldingiga nisbatan 0,6 yilga uzaygan. Shu bilan birga, o‘rtacha foiz stavkasi 19,8 foizdan 19,2 foizga tushgan.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi
Markaziy bank 2026-yil 13-iyuldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 63,77 so‘mga oshib, 12 0075,98 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 69,27 so‘mga oshdi va 13 800,43 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 193,89 so‘m bo‘ldi (+81,91).
Rossiya rubli 157,32 so‘m etib belgilandi (-0,82).
Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi tijorat tashkilotlarining qariyb 80 foizi — MChJ
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekistonda 430,9 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 343,6 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,7 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 343 584 ta (79,7 foiz);
Xususiy korxonalar — 46 515 ta (10,8 foiz);
Oilaviy korxonalar — 36 697 ta (8,5 foiz);
Aksiyadorlik jamiyati — 645 ta (0,2 foiz);
Boshqalar — 3 496 ta (0,8 foiz).
Iqtisodiyot
17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan monitoring va murojaatlar tahlili natijasida umumiy qiymati 17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlarini aniqladi.
Qonun talablari buzilgan xaridlar qatoridan Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi davlat tashkilotlari o‘rin olgan.
Eng yirik qonunbuzilishlar:
«Mikrokreditbank» ATB – qariyb 2,8 mlrd so‘m;
Respublika ftiziatriya va pulmonologiya tibbiy reabilitatsiya markazi – qariyb 2,5 mlrd so‘m;
Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi – 1,3 mlrd so‘mdan ortiq;
Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi – qariyb 1,3 mlrd so‘m;
«Samarqand xalqaro aeroporti» MChJ – 1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridi.
Qo‘mita ma’lum qilishicha, eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilib, raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Shu munosabat bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanildi. Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.
Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida qonun ustuvorligini ta’minlash, budjet mablag‘larining shaffof va samarali sarflanishi hamda tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
-
Iqtisodiyot5 days agoNeft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli – Energetika vazirligi
-
Turk dunyosi5 days agoPrezident Tramp Anqarada NATO sammiti boshlanishi munosabati bilan Turkiyaga F-35 samolyotlariga ega boʻlishiga ruxsat berishni koʻrib chiqmoqda
-
Turk dunyosi4 days agoPrezident Tramp NATO aʼzolarini Grenlandiya va mudofaa xarajatlari yuzasidan tanqid qilmoqda
-
Dunyodan4 days ago
Ramzan Qodirov yana Checheniston rahbariyatiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev strategik hamkorlikni kengaytirish maqsadida BlackRock kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston eng ko‘p giloslarni Rossiyaga eksport qilmoqda
-
Iqtisodiyot4 days ago
Dollar kursida keskin ko‘tarilish yuz berdi
-
Turk dunyosi4 days agoPrezident Tramp, Turkiyaga moʻljallangan F-35 samolyotlari haqida hech qanday qaror qabul qilinmaganini aytdi
