Siyosat
O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish 2026-yilning birinchi choragida 40 foizga oshadi
O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki uch oyida qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish sezilarli darajada 40 foizga o‘sdi. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘ylab quyosh va shamol stansiyalarida yanvar-mart oylari davomida jami 2 036 820 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Ushbu elektr energiyasi ishlab chiqarish 2025-yilning shu davriga nisbatan 678,1 million kVt/soatga ko‘pdir. Shundan quyosh elektr stansiyalari 1159,6 million kVt/soat, shamol elektr stansiyalari 1028,6 million kVt/soatni tashkil etadi.
Qayta tiklanadigan resurslarga o‘tish tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Hisobot davrida “yashil” energiyadan foydalanish hisobiga 631 million kub metr tabiiy gaz tejaldi. Bundan tashqari, ushbu o’tish atmosferaga 1,3 million tonna zararli moddalarning kirib kelishiga to’sqinlik qildi.
Ishlab chiqarish ko‘lamini o‘ylab ko‘rish uchun vazirlik o‘tgan uch oyda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi qariyb 3,9 million xonadonning choraklik iste’molini yoki 986 ming xonadonning butun yillik energiya ehtiyojini qoplash uchun yetarli ekanligini ta’kidladi.
Bu o‘sish 2026-yilning fevral oyidagi rekord ko‘rsatkichdan so‘ng, o‘tgan yilning fevraliga nisbatan qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish 203 foizga oshdi. Xuddi shu oyning o‘zida yirik quyosh elektr stansiyalarida 371 million kVt/soat, shamol stansiyalarida 444 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Siyosat
Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga özbekona ayvonlar uçun minnatdorlik bildirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan unga tuhfa qilingan özbek ayvonlari uçun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.
«Mamlakatimiz mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan menga tuhfa etilgan gözal özbek ayvonlari uçun Özbekistonning yuksak hurmatga sazovor Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorligimni bildirmoqçiman.
Ötgan hafta özbek elçisi Furqat Sidiqov va Içki işlar vaziri Duglas Bergum iştirokida bölib ötgan ayvonlarning oçiliş marosimi vaqtida Marine One vertolyotida uşbu hudud uzra parvoz qiliş men uçun katta şaraf böldi. Ayvonlar haqiqatan ham hayratlanarli darajada gözal!
Özbek mohir hunarmandlari bir neça oy davomida Özbekistondagi oilalaridan uzoqda bölib, murakkab ob-havo şaroitida 200 yillik toğ yonğoği daraxtlari yoğoçidan uşbu ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etdilar. Ular çinakam isteʼdod sohiblaridir!
Uşbu tuhfani şaxsiy mulk sifatida saqlaş örniga, men bu gözal ayvonlarni keng jamoatçilikka taqdim etişga qaror qildim. Ular hozirda xavfsiz va gözal poytaxtimizda, Tidal Basin suv havzasi böyida, Tomas Jefferson va Jorj Vaşington yodgorliklari manzarasi oçiladigan joyda qad rostladi.
Bir yildan söng, Milliy Qahramonlar boği oçilgaç, uşbu ayvonlar turmuş quriş takliflarini bildiriş, diplomatik qabullar ötkaziş, sakura gullaşi festivali davomida fotosessiyalar taşkil etiş hamda Tidal Basin hududiga kundalik taşriflar uçun şaharning eng maşhur maskanlaridan biriga aylanadi.
Şuningdek, buyuk özbek hunarmandlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga ham öz minnatdorligimni bildirmoqçiman.
Biz Vaşingtonni har qaçongidan ham gözal şaharga aylantirmoqdamiz!»
Prezident DONALD J. TRAMP
Siyosat
bugungi islohotlarga hamohang dastur yaratiş yölida
O‘zLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik jarayoni doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumani, Buxoro viloyatining Buxoro şahri, Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani, Xorazm viloyatining Xonqa tumani hamda Toşkent viloyatining Çirçiq şahri partiya taşkilotlari konferensiyalari ötkazildi.
Konferensiyalarda partiyaning amaldagi Siyosiy dasturini bugungi islohotlar va jamiyat ehtiyojlaridan kelib çiqib tubdan qayta körib çiqiş zarurati qayd etildi. Mamlakatimizda iqtisodiyot, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan özgarişlar partiya dasturida ham öz ifodasini topişi kerakligi taʼkidlandi.
Partiya faollari yangi dasturda aholi farovonligini oşiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, xususiy mulkni himoya qiliş, yoşlar va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirişga oid takliflarini bildirdilar.
Muloqotlar yakunida viloyat partiya Kengaşi konferensiyasiga delegatlar saylaş masalasi körib çiqildi.
Siyosat
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida investorlar va tadbirkorlar bilan uçraşuvda xalqaro aviaqatnovlarni köpaytiriş masalasiga töxtaldi.
Hozirda Özbekistondan dunyoning 102 ta şahriga töğridan-töğri xalqaro reyslar amalga oşirilmoqda. Biroq Avstraliya, Şimoliy va Şarqiy Yevropaning ayrim davlatlaridan sayyohlar hali ham tranzit yönalişlar orqali kelmoqda.
Kelasi oydan Turkiyaning «Pegasus» aviakompaniyasi Buxoro, Termiz va Andijonga töğridan-töğri reyslarni yölga qöyişi maʼlum qilindi. «Turkish Airlines», «Etihad Airways» va «Flynas» kabi aviakompaniyalar ham yangi yönalişlarga qiziqiş bildirmoqda.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga «beşinçi havo erkinligi» rejimidan foydalangan holda xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralarni faollaştiriş topşirildi.
Siyosat
Prezident davlat taşrifi bilan Iordaniyada böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Amman şahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes forumiva boşqa tadbirlar ötkaziladi.
Bölajak muzokaralar kun tartibidan Özbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan. Xususan, töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi şeriklikni rivojlantiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almaşinuvlarini faollaştirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Muzokaralar yakunlari böyiça bir qator hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Siyosat
Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi
Umid Mamadaminov Özbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori imzolangan.
Şu munosabat bilan Mamadaminov Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Umid Mamadaminov mazkur lavozimda 2026 yilning 24-iyunidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.
-
Sport4 days ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Jamiyat4 days ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Sport4 days ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Mahalliy4 days ago
Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi
-
Mahalliy4 days ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Siyosat4 days ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Siyosat4 days ago
Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi
-
Jamiyat4 days agoNon qadri — boşoq qilmagan avlodga xat
