Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga oid loyiha e’lon qilindi – asosiy ma’lumotlar
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda tungi vaqtda faoliyat yuritadigan ko‘chalar aholi soni 50 mingdan oshgan shaharlarda tashkil etiladi. Ushbu ko‘chalarda filialini ochgan tadbirkorlik sub’yektlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi va ayrim xarajatlari qoplab beriladi. “Tungi iqtisodiyot menejeri” lavozimi joriy etiladi. Toshkent Farmatsevtika universiteti Toshkent viloyatiga ko‘chirilib, uning o‘rnida ming o‘rinli avtoturargoh va besh yulduzli mehmonxona quriladi.
Strategik islohotlar agentligi prezidentning tungi iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha qarori loyihasini tayyorladi.
Loyihaga ko‘ra, 2025-2030 yillarda:
tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘chalar (hududlar) soni 320 taga;
tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi kafe va restoranlar soni 8 mingtaga;
tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari soni 14,2 mingtaga yetkaziladi.
Bundan tashqari, loyihadan tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘chalar (hududlar)da 755 ta avtoturargohlar tashkil etish, tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘cha (hudud)larda tashkil etiladigan savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 11,3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish, tunda faoliyat yuritadigan turistik obektlar va madaniy tadbirlarni rivojlantirish orqali 190 ming mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilish rejalari o‘rin oldi.
Hujjatga ko‘ra, savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar sohalarning tungi vaqtda ham to‘siqsiz faoliyat ko‘rsatishi kafolatlanishi belgilanadi.
Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi
Qaror loyihasida gastronomik, ko‘ngilochar va turizm sohalarida ishlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun to‘langan soliqning bir qismini qaytarib berish (keshbek) tizimi kengaytirilishi nazarda tutilgan.
Mahalliy brendga ega tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘cha va hududlarda o‘z filialini ochish uchun bitta filial kamida:
5 ta yangi ish o‘rni yaratgan taqdirda 1 milliard so‘mgacha;
10 ta yangi ish o‘rni yaratgan taqdirda 5 milliard so‘mgacha;
15 ta yangi ish o‘rni yaratgan taqdirda 10 milliard so‘mgacha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
Bundan tashqari, hududlarda filial ochish istagini bildirgan mahalliy brend egalariga yangi xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning yarmi bir nafar xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi. Shuningdek, mahalliy brend egalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga sifat darajasini anglatuvchi milliy sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq, xalqaro tan olingan sertifikatlarning 3 ming AQSh dollaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.
Tun-u kun faoliyat yurituvchi ko‘chalar qanday bo‘ladi?
Loyihada belgilanishicha, tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘cha yoki hududlar viloyat va tuman markazlarida, aholi soni 50 mingdan oshgan shaharlarda, aholi va turistlar tashrifi kuzatiladigan gavjum va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tungi vaqtda faoliyat ko‘rsatish istagi bildirilgan ko‘cha yoki hududlarda tashkil etiladi.
Bundan tashqari, tun-u kun ishlaydigan ko‘chalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘chaning uzunligi o‘rtacha 800 metrdan 2000 metrgacha oraliqda bo‘lishi;
tadbirkorlik sub’yektlari uchun noodatiy (juma, shanba va yakshanba kunlari soat 06:00 dan 06:00 gacha) va kengaytirilgan (har kuni soat 09:00 dan 03:00 gacha) vaqt rejimida faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli infratuzilma shakllantirilishi;
• tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘chalar va hududlarda joylashgan tadbirkorlik sub’yektlariga yengil konstruksiyali qurilmalar (soyabonlar, o‘tirish joylari) o‘rnatish uchun o‘zlariga tutash hududlardagi yer maydonlari elektron onlayn-autsion savdolari orqali ijaraga berilishi;
avtomobil harakatlanadigan ko‘chalarda transport vositalarining tezligi 20 km/soatgacha cheklanishi;
tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘chalarda favqulodda holat, tez tibbiy yordam xizmatlari, xavfsizlik choralarini ta’minlash uchun maxsus joylar ajratilishi hamda «xavfsizlik chaqiruv tugmalari» o‘rnatilishi:
telekommunikatsiya (jumladan, Wi-Fi), bank-moliya xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi;
tashrif buyuruvchilarning avtotransport vositalarini saqlash uchun aniq belgilangan avtoturargoh (parkovka, jumladan, ko‘p qavatli) bo‘lishi;
galereyalar, muzeylar va kinoteatrlar, hamda sport maydonchalari, sog‘lomlashtirish markazlari, kibersport va fitnes klublar ish vaqti uzaytirilishi;
obodonlashtirish, tozalik va jamoat xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi.
Toshkent shahri tumanlari, Nukus shahri va viloyat markazlari hokimliklari tuzilmasida “tungi iqtisodiyot menejeri” lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2025 yil 31 dekabrga qadar: karshering milliy platformasi pilot shaklida Toshkent shahrining turistlar oqimi ko‘p bo‘lgan 3 ta tumanida (Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy) ishga tushiriladi. Toshkent shahar hokimligi davlat-xususiy sheriklik shartlarida Toshkent shahrida pilot shaklida avtomat veloshering loyihasini ishlab chiqadi va ishga tushiradi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘chma mobil klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Loyihada Toshkent Farmatsevtika institutini Toshkent viloyatida joylashgan “Tashkent 10 Pharma Park” hududiga ko‘chirgan holda, bo‘shagan yer maydonida 1 000 o‘rinli avtoturargoh qurib, davlat tasarrufiga o‘tkazish majburiyati bilan zamonaviy 5 yulduzli mehmonxona barpo etish taklifi ham ilgari surilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Strategik islohotlar agentligi O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida 2024 yilda maxsus hudud ajratilishiga oid rejalar haqida ma’lum qilgandi.
Agentlik joriy yil boshida Tungi iqtisodiyot konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Iqtisodiyot
Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.
-
Jamiyat3 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Jamiyat3 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda yana bir BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Sport3 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat2 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat3 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Iqtisodiyot3 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
