Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ
Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tashqi qarz olish bo‘yicha belgilangan limitlarga qat’iy rioya qilishi va oltin narxlarining yuqoriligi sharoitida prosiklik fiskal siyosatdan cheklanishi kerak. Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash uchun tarkibiy va institutsional islohotlar sur’atini davom ettirish talab etiladi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi o‘z ustavining IV moddasi bo‘yicha O‘zbekiston bilan yillik konsultatsiyasini yakunladi.
XVJ ekspertlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlik saqlanib qolyapti. Xususan, 2024 yilda YaIM o‘sishi 6,5 foizni, 2025 yilning birinchi choragida 6,8 foizni tashkil etdi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi pul o‘tkazmalari, oltin bilan bog‘liq bo‘lmagan eksportning o‘sishi, xomashyo narxlarining ijobiy dinamikasi va 2023 yilda importning bir martalik ko‘tarilishi ta’sirining tugashi tufayli 2024 yilda YaIMga nisbatan 2,6 foiz bandga qisqarib, 5 foiz atrofida shakllandi. Xalqaro zaxiralar yuqoriligicha qolyapti. 2024 yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 1,7 foiz bandga qisqarib, 3,2 foizni tashkil etdi.
Global savdo siyosati bo‘yicha noaniqliklarning kuchayishiga qaramay, bazaviy ssenariyga ko‘ra, real yalpi ichki mahsulotning o‘sishi barqaror bo‘lib qolishi va joriy hamda kelgusi yilda taxminan 6 foizni tashkil etishi prognoz qilinyapti.
2027 yil oxiriga kelib inflatsiya Markaziy bankining maqsadli ko‘rsatkichi – 5 foizgacha pasayishi mumkin. Bu qat’iy pul-kredit siyosati va xarajatlarni cheklashga bog‘liq bo‘ladi.
Jamg‘arma ekspertlarining ta’kidlashicha, 2025-2026 yillar davomida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi 5 foiz yoki undan biroz past darajada saqlanib qolishi, xalqaro zaxiralar esa 2026 yil oxirigacha 9,2 oylik importni qoplash darajasida bo‘lishi mumkin.
«Rivojlanish istiqbollarining yomonlashuvi bilan bog‘liq xatarlarga savdo siyosati bilan bog‘liq davomiy va keskin shoklar, xomashyo narxlari o‘zgaruvchanligining oshishi, tashqi moliyalashtirish va davlat korxonalari va banklari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartli majburiyatlarining qat’iylashtirilishi kiradi. Tarkibiy islohotlarning jadallashuvi, daromadlar va kapital oqimining ko‘payishi, shuningdek, xomashyo narxlarining qulay dinamikasi bilan bog‘liq imkoniyatlar ijobiy kutilmalar bo‘lib qolyapti», deyiladi maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha bayonotda.
XVJ O‘zbekiston hukumatiga qator tavsiyalarni bergan:
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda barqaror va izchil o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jamg‘armaning texnik ko‘magi yordamida tarkibiy va institutsional islohotlar sur’atini davom ettirish;
inflatsiyani pasaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish va oltin narxining yuqoriligi sababli davlat xarajatlarining protsiklikligiga yo‘l qo‘ymaslik;
budjet imkoniyatlarini yaratish maqsadida soliqlarning YaIMga nisbatini va xarajatlar samaradorligini oshirish;
davlat banklarining tijorat yo‘nalishini va ularning korporativ boshqaruvini kuchaytirish, direktiv va imtiyozli kreditlashdan bosqichma-bosqich voz kechish;
narxlar va savdoni liberallashtirishni yakunlash, davlat korxonalarini qo‘llab-quvvatlashni bosqichma-bosqich to‘xtatish va xususiylashtirishni jadallashtirish, shuningdek, uni ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq amalga oshirish.
Iqtisodiyot
Soliq qoidabuzarligi haqida xabar berganlarga 20,2 mlrd so‘m mukofot berildi
2026-yilning yanvar–iyun oylarida «Soliq» mobil ilovasidagi «Soliq hamkor» tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar yuzasidan jami 63 ming 714 ta murojaat qabul qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi — 51 ming 974 tasi yoki 81,6 foizi xarid cheki berilmagani haqida bo‘lgan. Shuningdek, 2 ming 149 ta murojaat to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik, 135 tasi plastik karta bilan to‘lovda xarid summasini sun’iy oshirish, yana 9 ming 456 tasi boshqa turdagi huquqbuzarliklarga oid ekani qayd etilgan.
Takroriy murojaatlar yoki tekshiruv davom etayotgan holatlar sababli 19 ming 40 ta murojaat ko‘rib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 41 ming 687 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Ular natijasida huquqbuzarliklar 99,5 foiz holatda o‘z tasdig‘ini topgan.
Tasdiqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar qo‘llanilgan va huquqbuzarliklar bartaraf etilishi yuzasidan choralar ko‘rilgan.
Hisobot davomida respublika bo‘yicha 31 ming 174 ta holat uchun fuqarolarga undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida jami 20 mlrd 180,5 mln so‘m mukofot to‘langan.
Mukofotlar hajmi bo‘yicha Toshkent shahri 4 mlrd 422 mln so‘m bilan yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 2 mlrd 344,5 mln so‘m va Toshkent viloyati — 1 mlrd 932 mln so‘m qayd etildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p Turkiya va Rossiya korxonalari faoliyat yuritmoqda
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 234 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunda eng ko‘p korxonalar Turkiya va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatda tibbiyot va ijtimoiy xizmatlar sohasida xorijiy sarmoya ishtirokidagi jami 234 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatlar kesimida Turkiya yetakchilik qilib, ushbu davlat kapitali ishtirokida 36 ta korxona tashkil etilgan. Keyingi o‘rinda Rossiya — 34 ta, Xitoy va Hindiston esa 25 tadan korxona bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreya ishtirokida 18 ta, Qozog‘iston kapitali bilan 16 ta, Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 9 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
AQSh ishtirokida 8 ta, Birlashgan Arab Amirliklari kapitali bilan 6 ta, Qirg‘iziston va Yaponiya ishtirokida esa 4 tadan korxona faoliyat yuritmoqda.
Qolgan 49 ta korxona esa boshqa davlatlar sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan.
Iqtisodiyot
Dollar kursida anchagina o‘sish yuz berdi
Dollar kursida anchagina o‘sish yuz berdi
Source link
Iqtisodiyot
«Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasi – Transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan «Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi. Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari, investorlar va ilmiy tashkilotlarni yagona maydonda birlashtirdi.
Bugungi kunda transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ushbu loyihalarda 407,3 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish salohiyati mavjud.
Aynan shu imkoniyatlarni amaliy loyihalarga aylantirish maqsadida ko‘rgazmada transport sohasi uchun mo‘ljallangan minglab mahsulotlar, butlovchi qismlar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yechimlar namoyish etildi.
Kun davomida yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulot va texnologik imkoniyatlarini bevosita buyurtmachilarga namoyish qildi.
Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazma 1200 nafar nafar ishtirokchini jamladi. Davlat xaridlari orqali umumiy qiymati 490 mlrd so‘m bo‘lgan 4778 ta dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Iqtisodiyot
Kimlar foyda solig‘ini ikki barobar kam to‘lashi mumkin?
Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq, foyda solig‘i to‘lovchilarining ayrim toifasi belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida pasaytirilgan stavkani qo‘llash huquqiga ega.
Ushbu imtiyoz 2022-yil 1-sentyabrdan keyin joriy soliq davrida jami daromadi ilk bor 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga beriladi.
Pasaytirilgan stavka joriy soliq davrida hamda undan keyingi soliq davri mobaynida amal qiladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun pasaytirilgan stavka qo‘llanilayotgan davrlarda soliq to‘lovchining jami daromadi 100 mlrd so‘mdan oshmasligi shart. Agar ushbu chegaradan oshib ketilsa, pasaytirilgan stavkani qo‘llash huquqi bekor bo‘ladi.
Mazkur imtiyoz yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari va aksiz solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, soliq to‘lovchi tugatilayotgan hollarda yoki imtiyoz olish maqsadida bir nechta tadbirkorlik subyekti o‘rtasida daromad sun’iy ravishda bo‘lingani aniqlansa, pasaytirilgan stavkadan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Mazkur tartib Soliq kodeksining 337-moddasida belgilangan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarini halol soliq to‘lash va biznesni qonuniy kengaytirishga rag‘batlantirishga qaratilgan.
-
Dunyodan3 days ago
Vengriya prezidenti isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy oʻzgartirishni imzoladi
-
Mahalliy3 days ago
O‘zbekistonda Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
-
Jamiyat4 days agoMehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga ko‘rsatma yubordi
-
Jamiyat3 days ago
Alkogol ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortildi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Kimlar foyda solig‘ini ikki barobar kam to‘lashi mumkin?
-
Turk dunyosi5 days agoF-35 qiruvchi samolyotlarining Turkiyaga sotilishi bilan bog’liq jiddiy milliy xavfsizlik xavotirlari
-
Sport4 days agoYamal Messiga qarshi. JCh finali intrigalari
-
Jamiyat5 days agoSamarqandda daryoda cho‘kayotgan fuqaro qutqarib qolindi
