Iqtisodiyot
O‘zbekistonda sanoat bo‘yicha yetakchi hududlar e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 963,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 % ga oshgan.
Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 25,8 trln so‘m
Andijon viloyati — 94,9 trln so‘m
Buxoro viloyati — 43,5 trln so‘m
Jizzax viloyati — 32,1 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati — 40,9 trln so‘m
Navoiy viloyati — 173,5 trln so‘m
Namangan viloyati — 34,2 trln so‘m
Samarqand viloyati — 51,3 trln so‘m
Surxondaryo viloyati — 16,1 trln so‘m
Sirdaryo viloyati — 23,1 trln so‘m
Toshkent viloyati — 146,9 trln so‘m
Farg‘ona viloyati — 50 trln so‘m
Xorazm viloyati — 30 trln so‘m
Toshkent shahri — 184,4 trln so‘m.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonga besh oyda 203 ta davlatdan sayyohlar tashrif buyurdi
2026 yilning yanvar-may oylarida jami 5 351 868 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur davrda O‘zbekistonga jami 203 ta davlatdan turistlar tashrifi qayd etilgan.
Shundan:
erkaklar – 2 974 327 nafar;
ayollar – 2 377 541 nafar.
Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
0-18 yosh – 584 171 nafar;
19-30 yosh – 892 166 nafar;
31-55 yosh – 2 791 843 nafar;
56 yosh va undan kattalar – 1 083 688 nafar.
Iqtisodiyot
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Akmal Valiyev Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Akmal Hamzayevich Valiyev 1975-yilda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi — iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish. U soliq xizmatining 2-darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.
Uzoq yillar Samarqand viloyati soliq organlarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. Tayinlovga qadar 2024-yildan Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan, deyiladi xabarda.
Iqtisodiyot
«Volkswagen» 100 ming ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda
«Volkswagen» Germaniyadagi to‘rtta ishlab chiqarish maydonini yopish va umumiy ish o‘rinlari qisqarishini 100 ming nafargacha yetkazish masalasini muhokama qilmoqda. «Reuters» manbalariga ko‘ra, ushbu rejalar 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan kuzatuv kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Manbalarning aytishicha, Gannover, Svikkau, Emden zavodlari hamda «Audi»ning Nekkarzulmdagi korxonasi yopilishi mumkin. Bu qaror 45 mingdan ortiq ish o‘rniga xavf tug‘diradi. Agar reja amalga oshsa, 2024-yil oxirida kasaba uyushmalari bilan kelishilgan 50 ming ish o‘rni qisqartirilishiga yana qo‘shimcha qisqartirishlar qo‘shiladi.
Kompaniya bosh direktori Oliver Blyume ushbu takliflarni haftaning boshida yuqori rahbariyatga taqdim etgan. Uning maqsadi boshqaruv jamoasini chuqur islohotlar atrofida birlashtirishdan iborat. Biroq rejalar kasaba uyushmalari va kompaniyaning ikkinchi yirik aksiyadori hisoblangan Quyi Saksoniya hukumati qarshiligiga uchrashi kutilmoqda.
«Manager Magazin» xabariga ko‘ra, kompaniya kelasi besh yillik investitsiya dasturini taxminan 15 foizga qisqartirib, uni 130 milliard yevrodan sal ko‘proq miqdorda belgilashni ham rejalashtirmoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Oliver Blyume va moliya direktori Arno Antlits «Volkswagen»ning asosiy brendi hamda ehtiyot qismlar biznesini alohida tuzilmalarga ajratish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Kompaniya rasmiy vakili maxfiy hujjatlarga izoh berishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, u «butun guruh, barcha brendlar va shuba korxonalar chuqur o‘zgarishlardan o‘tishi shart», deya ta’kidladi. «Volkswagen» ishchilar kengashi va «IG Metall» kasaba uyushmasi esa bunday rejalarga qarshi keskin kurashishini ma’lum qildi.
«Volkswagen» so‘nggi yillarda import bojlari, elektromobillarga o‘tish xarajatlari hamda xitoylik ishlab chiqaruvchilarning kuchayib borayotgan raqobati bosimi ostida qolmoqda.
«AlixPartners» ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushi 2020-yildagi 57 foizdan 2025-yilda 32 foizgacha qisqargan. «Volkswagen» esa 2024-yilda mamlakatdagi yetakchilikni «BYD»ga boy bergan va 2025-yilda uchinchi o‘ringa tushib qolgan.
Iqtisodiyot
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Jahon banki ta’sischi davlatlarining “Shveytsariya guruhi” yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni O‘zbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha keng miqyosda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan ikki tomonlama aloqalar va konstruktiv sheriklik misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘tgan yil sentabr oyida Nyu-York shahrida Jahon banki prezidenti bilan erishilgan oliy darajadagi kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.
Qo‘shma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oshdi. Toshkent shahrida Jahon bankining mintaqaviy ofisi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Moliyalashtirishning yangi mexanizmlari samarali joriy etilmoqda.
Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon banki oliy rahbariyatining tashriflari va qo‘shma tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng asosiy yo‘nalishlarini qamrab oluvchi yangi uzoq muddatli Mamlakat dasturini ishlab chiqish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ilgari surish hamda iqtisodiyot tarmoqlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda Jahon banki guruhining moliyaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Suv xo‘jaligi sohasini moliyalashtirish, inson kapitalini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga ko‘maklashish masalalarida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning qaysi hududlarida moliyaviy xizmatlardan ko‘proq foydalanilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 65,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng katta moliyaviy xizmatlar hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 38 trillion so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi:
Farg‘ona viloyati — 3,4 trln so‘m;
Andijon viloyati — 2,9 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 2,8 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 2,7 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 2,2 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 2 trln so‘m.
Keyingi o‘rinlarda Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1,9 trillion so‘mdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax viloyatida 1,6 trillion so‘mdan, Navoiy viloyatida 1,5 trillion so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 1 trillion so‘mni tashkil etdi.
-
Jamiyat5 days ago«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
-
Sport4 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Dunyodan3 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Dunyodan5 days agoQirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
-
Siyosat4 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Savdo vakili Jeymison Grini qabul qildi
-
Sport4 days agoDo‘stlar sharafiga Lamin Yamal deb nomlangan bola – jahon futbol yulduzi haqida
-
Jamiyat5 days agoMehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Ertaga dollar tushib, yevro biroz ko‘tariladi
