Jamiyat
O‘zbekistonda radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi tashkil etiladi
Hukumatning joriy yil 9-fevral kuni «Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 47-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti negizida Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi (Markaz) tashkil etiladi.
Markaz respublikadagi radioaktiv chiqindilarni maxsus avtotransportda tashish, qabul qilish, saralash va uzoq muddatli xavfsiz saqlash bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatuvchi davlat muassasasidir.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
respublikada ishlab chiqarilgan va unga olib kirilgan, ishlash muddati tugagan yoki ishdan chiqqan radioaktiv manbalar bilan ishlash jarayonida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilarni saralash, qayta ishlash, uzoq muddatli saqlash;
radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va bu sohada ilmiy tadqiqot o‘tkazish;
sohada raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini ta’minlash.
Jamiyat
AQShdan deportatsiya qilingan 26 o‘zbekistonlik Toshkentga keltirildi
Bugun AQShning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.
Vatandoshlarning qaytarilishi O‘zbekiston va AQShning tegishli idoralari muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari natijasida amalga oshirildi.
Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va ularning xavfsiz olib kelinishini ta’minlash kabi barcha zarur tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olindi.
O‘zbekiston migratsiya sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirib, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olishga, shuningdek, chet eldagi o‘z fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq Avstriya noqonuniy migrantlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilmoqchi ekani xabar berilgandi.
Jamiyat
Prezident Buyuk Britaniyaning ikki marhum fuqarosini mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlarni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Ular Ikkinchi jahon urushi davrida, g‘oyat tahlikali vaziyatda, o‘z hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qo‘yib bo‘lsa-da, Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovga o‘z uylaridan joy berib, uning jonini asrab qolgan hamda ulkan jasorat va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etgan.
Dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarini targ‘ib etishda alohida o‘rnak ko‘rsatganlari uchun Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Jamiyat
Dam olish kunlari beqaror ob-havo kutiladi
O‘zbekiston bo‘yicha may oyining birinchi kunlarida bahoriy ob-havo sharoiti bilan kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro viloyatida va Navoiy viloyati janubida asosiy yomg‘irlar bugun yog‘adi, 2-3 may kunlari esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
1-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Bugun kunduzi havo harorati asosan 27-30 daraja, dam olish kunlari esa 22-25 daraja bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun eng salqin kun 20-23 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, yakshanba kuniga borib esa havo harorati 27-30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 1-3-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 13-15 daraja, kunduz kunlari 22-24 daraja bo‘ladi.
1-2-may kunlari shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, bugun kunduzi shaharning ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Jamiyat
Chustda qalbaki dollar sotuvchilari qo‘lga tushdi
Namangan viloyatining Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki valyuta savdosi bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga tushdi.
Yangi Namangan tumanida yashovchi shaxs (1984-y.t.) va Chust tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaro (1980-y.t.) o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSh dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yana neft aralash suyuqlik oqayotgani kuzatilmoqda.
Ayni damda holat Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga voqea joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, bugun tonggi 06:30da kuchli sel kelishi natijasida handaqni buzib ketgan va natijada neft aralash suyuqlik oqib chiqqan.
Hozirda o‘rganish davom etmoqda va natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev energiya tejash vositasi sifatida kommunal xizmatlarni oʻchirishni taqiqlovchi farmonni imzoladi
-
Siyosat4 days agoOʻzbekistonda yil oxiriga qadar 13 ta GES qurish rejalashtirilmoqda, tarmoqni kengaytirish koʻzda tutilmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoKurd jangari rasmiysining aytishicha, Turkiya islohotlarning yoʻqligi tufayli tinchlik muzokaralarini toʻxtatib qoʻymoqda
-
Jamiyat4 days ago
Sud jarayonlarini OAVda yoritishni takomillashtirish bo‘yicha dastur boshlandi
-
Jamiyat3 days agoJinoiy guruh yetakchisidan 2,7 ming dollar olgan profilaktika inspektori ushlandi
-
Jamiyat4 days ago
Jurnalistika uchun dolzarb bo‘lgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Iqtisodiyot5 days ago
Birja savdolarida 1,2 mlrd so‘mlik asossiz daromad olingani aniqlandi
-
Jamiyat3 days agoDiyetolog qarishning asosiy «dushmani»ni ma’lum qildi
