Siyosat
O‘zbekistonda 2026-yilda chekka hududlar uchun sun’iy yo‘ldoshli internet xizmati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda, bu mamlakatning eng chekka va baland tog‘li hududlarini ulashda muhim qadamdir. Bu haqda bosh vazir Abdulla Alipov 27-mart kuni Chimkentda boʻlib oʻtgan “Digital Kazakhstan 2026” xalqaro forumida maʼlum qildi. Hukumat rahbarlarining aytishicha, ushbu sohaga sarmoya kiritishni ragʻbatlantirish maqsadida sunʼiy yoʻldosh operatorlari uchun keng qamrovli soliq imtiyozlari allaqachon oʻrnatilgan.
E’lon mamlakatni raqamlashtirish jadal sur’atlar bilan kengayayotgan bir paytda e’lon qilindi. So‘nggi to‘qqiz yil ichida O‘zbekistonning keng polosali internet qamrovi 41 foizdan 99,5 foizga o‘sdi, tarmoqning o‘tkazish qobiliyati esa 40 barobar oshdi. Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, elektron hukumat tizimlarini yagona maʼlumotlar markaziga birlashtirish allaqachon byudjet xarajatlarini 30 foizga qisqartirgan. Hukumat hozirda mamlakatning sun’iy intellekt (AI) infratuzilmasini qo’llab-quvvatlash va pilot loyihalarni sanoat miqyosidagi operatsiyalarga o’tkazish uchun mo’ljallangan keng ko’lamli hisoblash klasterlarini joylashtirishni yakunlamoqda.
AI integratsiyasi sanoat sohasida allaqachon natijalarni ko’rsatmoqda. Bosh vazir Alipov “aqlli” yechimlarning yorqin namunasi sifatida Al-Malik kon-metallurgiya kombinatida (OKMK) yaqinda ishga tushirilgan 3-mis konsentrati zavodini alohida ta’kidladi. Ob’ektda 60 dan ortiq tizim va 20 000 datchiklarni birlashtiruvchi raqamli sxema mavjud bo’lib, butun ishlab chiqarish zanjirini real vaqt rejimida aqlli tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu jadallikni yanada mustahkamlash uchun hukumat Sun’iy intellekt alyansini tuzmoqda va 19 ta ixtisoslashtirilgan tadqiqot va o’quv institutlarini ochmoqda.
O‘zbekiston startap ekotizimida ham jadal o‘sish kuzatilmoqda va o‘n yil avval qayd etilgan 1 million dollarlik bahodan keskin farq qilib, umumiy qiymati 4 milliard dollarga yetdi. Ayni paytda mamlakatimizda 800 ta startap loyihasi faol bo‘lib, 60 ta loyiha o‘z xizmatlarini eksport qilmoqda. Respublikada venchur fondlarining umumiy kapitali hozirda 350 million dollarga yaqinlashmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar samarasida O‘zbekiston Jahon bankining davlat boshqaruvi organlarining raqamli etukligi reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi.
Bosh vazirning bayonotida 2026-yildagi voqealarga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, bu harakat Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro sun’iy yo‘ldosh operatorlarining kirishiga oid oldingi bayonotlariga mos keladi. Chimkent manzilida aniq bir provayder nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, Starlink’ning rasmiy qamrov xaritasida avvaldan rejalashtirishni hisobga olgan holda O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirish sanasi ko‘rsatilgan edi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
