Connect with us

Sport

O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi

Published

on


O‘zbekistonliklar Bahraynda o‘tkazilgan musobaqada 37 oltin, 16 kumush va 28 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu O‘zbekistonning yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasi bo‘ldi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida 30 oktabr kuni yoshlar o‘rtasidagi uchinchi Osiyo o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston sportchilari unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Osiyo o‘yinlarida mutlaq g‘oliblikni Xitoy sportchilari qo‘lga kiritdi. Ularning hisobida 147 ta medal (63 oltin, 49 kumush, 35 bronza) bor.

O‘zbekiston 81 ta medal (37 oltin, 16 kumush, 28 bronza) bilan ikkinchi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonliklarning yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasidir.

O‘zbekistonliklar 183 nafar sportchi bilan 20 ta sport turida ishtirok etdi.

Eng ko‘p medalni dzyudochilar keltirdi 14 ta (7 oltin, 4 kumush, 3 bronza). Og‘ir atletikachilar (7 oltin, 2 kumush, 4 bronza) va sport kurashchilari (3 oltin, 2 kumush, 8 bronza) hisobida 13 tadan medal bor. Shuningdek, bokschilar 10 ta (5 oltin, 3 kumush, 2 bronza) medal bilan umumjamoa muvaffaqiyatiga salmoqli hissa qo‘shdi.

Og‘ir atletikachilardan Munisbek Davletov, Marjona Abdumutalova va Dilnura Xoldorova Osiyo o‘yinlarida 2 tadan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Medalchilarning 35 nafari ayollar bo‘lib, 13 nafari oltin medal sohibi bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni Qozog‘iston (24 oltin, 29 kumush, 40 bronza), to‘rtinchi o‘rinni Eron yoshlari (22 oltin, 18 kumush, 36 bronza) egalladi.

Qo‘shnilardan Tojikiston 18-o‘rinda (2 oltin, 3 kumush, 15 bronza), Qirg‘iziston 21-o‘rinda (1 oltin, 9 kumush, 11 bronza), Turkmaniston 27-o‘rinda (1 oltin, 1 kumush, 4 bronza) qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan ikkinchi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 14-o‘rinni (1 oltin, 2 kumush, 5 bronza) egallagan edi. 2009 yilda Singapurda o‘tkazilgan birinchi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 20-o‘rinda (3 bronza) qayd etildi. Aytish joiz, ushbu musobaqalarda sport turlari va ishtirokchilar soni ancha kam bo‘lgan.

Navbatdagi Osiyo o‘yinlari 2029 yilda Kamboja poytaxti Pnompen shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin

Published

on


Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.

«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.

Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.

Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi

Published

on


Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.

London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 

«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Ronaldu Messining oilasidagi yo‘qotishga munosabat bildirdi

Published

on


Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu otasi vafot etgan argentinalik futbolchi Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi. U Messining Instagram sahifasidagi posti ostida izoh qoldirdi.

«Bu qiyin damlarda siz va yaqinlaringizni mahkam quchgan holda chuqur hamdardlik bildiraman, Leo. Bardoshli bo‘ling», deb yozgan Ronaldu.

Avval Messi «Inter Mayami»dagi o‘yinchilik faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan edi. U oilasi va do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Argentinada qoldi.

Xorxe Messi 8-avgust kuni 68 yoshida vafot etdi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Ko‘p yillar davomida argentinalik futbolchining otasi o‘z o‘g‘lining faoliyatida muhim o‘rin tutardi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Dunyoning eng boy odamlaridan biri «Liverpul»ni sotib oladi

Published

on


Amazon asoschisi Jeff Bezos professional sportga sarmoya kiritish niyatida. The Guardian nashrining xabar berishicha, tadbirkor boshqa investorlar bilan birgalikda Angliyaning «Liverpul» futbol klubining kamida 30 foiz ulushini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Kelishuv 1,35 milliard funt sterling yoki taxminan 1,8 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin.

«Liverpul» taxminan 6 milliard dollarga baholanadi va dunyodagi eng taniqli sport brendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bezosning qiziqishi kengroq tendensiyaga mos keladi: badavlat amerikalik investorlar Angliya futbol klublarida faol ravishda ulushlarni sotib olmoqdalar. Amerikalik aksiyadorlar allaqachon «Chelsi», «Kristal Pelas», «Everton» va «Bornmut» kabi 20 ta Premer-liga jamoalaridan 13 tasiga egalik qilishadi.

Agar kelishuv amalga oshsa, Bezos ingliz futboliga faol ravishda sarmoya kiriyotgan amerikalik milliarderlar safiga qo‘shiladi.

Investorlar uchun ingliz futbolining jozibadorligi qisman sportning Qo‘shma Shtatlarda tobora ommalashib borayotgani bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yetakchi Amerika sport franshizalari ko‘pincha yangi investorlar uchun juda qimmat yoki cheklangan, ingliz klubidagi ulush esa global auditoriyaga va eng tijorat jihatidan jozibador sport bozorlaridan biriga kirish imkonini beradi.

 



Source link

Continue Reading

Sport

Lionel Messining otasi vafot etdi

Published

on


Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Infobae xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Messining otasi juma kuni kechqurun Rosario shahrida olamdan o‘tgan.

Iyun oyida Xorxe Messi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. 2026-yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng Lionel Messi otasini ko‘rish uchun Argentinaga yo‘l olgandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.