Jamiyat

O‘zbekiston va OTB hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi

Published

on


Joriy yilning 3 oktyabr kuni Osiyo Taraqqiyot banki va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan plogging tashkil etildi. Unda 50 dan ortiq soha xodimlari faol qatnashdi. Plogging doirasida Toshkent dengizi sohili bo‘yi 300 kgdan ortiq chiqindilardan tozalanib, maxsus texnika yordamida bartaraf etildi.

Mazkur eko-tadbir joriy «Xalqaro sohillarni tozalash» haftaligi doirasida o‘tkazildi. U dunyodagi yirik ijtimoiy harakatlardan biri bo‘lib, suv havzalari bo‘yini muhofaza qilish va tozalash maqsadida amalga oshiriladi.

«Atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish — kichik, lekin doimiy harakatlardan boshlanadigan kundalik mas’uliyat aslida. Guvohi bo‘lyapmiz, O‘zbekistonda ham ekologik harakatlar tobora kuchayib bormoqda va bu harakatlar global o‘zgarishlarga hissa qo‘shishi bilan muhim sanaladi. Bugungi plogging orqali biz ham yanada toza va sog‘lom sayyora uchun g‘amxo‘rlik qilyapmiz. Bu boradagi hamkorlik uchun Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Agentlikning chiqindilarni boshqarishda barqaror amaliyotlarni ilgari surishdagi yetakchiligi O‘zbekiston uchun yanada yashil kelajakni shakllantirishga xizmat qilmoqda», – deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya xonim.

Shuningdek, tozalik tadbiri ishtirokchilari tomonidan har bir yig‘ilgan chiqindi — bu tabiatni asrash, uni muhofaza qilish va kelajak avlodga toza, sog‘lom sayyora qolishiga hissa qo‘shishdagi qadamligi alohida ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun: Osiyo Taraqqiyot bankiga 69 ta davlat a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston bilan 1996 yildan buyon hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birgalikda hozirgacha 117 ta loyiha amalga oshirilgan. Loyihalarning barchasida ekologik va gender tenglik hamda «yashil iqtisodiyot» mezonlariga ustunlik talab etiladi. Bu esa o‘zaro hamkorlik mustahkamligi va umumiy taraqqiyot maqsadlar yakdilligining isbotidir.

Shu kuni eko-tadbir doirasida soha xodimlari uchun o‘zaro malaka oshirish amaliy seminarlari ham tashkil etildi. Jarayonlar nafaqat infratuzilma va xizmat sifati yaxshilanishi, qolaversa sohada jamoa bilan hamjihatlik, umumiy mas’uliyatning kelgusi rivoji yo‘lida xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version