Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Milliy banki investorlarni «Zomin Wellness» bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi

Published

on


O‘zbekiston Milliy banki investorlarga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Suffa platosida joylashgan «Zomin Wellness» Spa – sog‘lomlashtirish kompleksi loyihasi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni – 1 694 m2 (asosiy bino 1 400 m2 yaqin, ichki hovli 127,6 m2 va yerto‘la 166,4 m2).

Kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: to‘rtta massaj xonasi, kiyinish xonalari, hammom, fin saunasi, zarbali basseyn (shok-pul), rus hammomi (bug‘xona), turk hammomi (hararet), issiq dam olish xonasi (iliqlik), relaks zonasi, tuz xonasi, 10,4 x 22,0 m o‘lchamdagi suzish havzasi, diametri 4 m bo‘lgan bolalar hovuzi, 28 joyga mo‘ljallangan fito-bar va yozgi terrasa.

Xizmat ko‘rsatish imkoniyati kuniga 200 nafar mijozni tashkil etadi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,65 gektar.

Hamkorlik shartlari:

Tahminiy bahosi: 48,5 mlrd. so‘m.

To‘lov shartlari: 30% dastlabki to‘lov, qolgan 70% xarid shartnomasi imzolangandan kundan boshlab 3 oy ichida to‘lanadi.

Zarur hollarda investor «O‘zmilliybank»dan mulk qiymatining 70 foizini qoplash uchun kredit ajratilishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun «NBU Invest Group» AJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Mirobod tumani, 95 Ya. G‘ulomov ko‘chasi (8-qavat).

Telefon: +998 78 148-26-58, 98 995-34-77.

E-mail: info@nbuig.uz 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Endi cheklarni «Soliq» ilovasiga yuklaganlar avtomobil yutib olishi mumkin

Published

on


2026 yil 1 iyuldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xarid cheklarini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolar uchun yutuqli o‘yinlar yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tiraj g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomobil topshiriladi.

Qonunchilikka muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha nazorat-kassa texnikasi orqali berilgan cheklar asosida yutuqli o‘yinlar tashkil etiladi.

Buning uchun xarid chekini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish kifoya. Chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan har bir shaxs avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Qoidalarga ko‘ra, har bir yutuqli o‘yin g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomobil taqdim etiladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?

Published

on


2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulushni mashinalar va transport asbob-uskunalari egallagan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari importi eng yuqori o‘sish sur’atini qayd etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatga 5,5 mlrd AQSh dollarlik mashinalar va transport asbob-uskunalari import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,1 foizga ko‘p.

Import tarkibida sanoat tovarlari 2,5 mlrd dollar (+17,1 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 2,0 mlrd dollar (+22,6 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar esa 1,9 mlrd dollar (+47,2 foiz) bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Shuningdek, xizmatlar importi 1,6 mlrd dollar (+15,5 foiz), mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash mahsulotlar 1,4 mlrd dollar (+25,8 foiz)ni tashkil etgan.

Turli xil tayyor buyumlar importi 585,7 mln dollar (+34,6 foiz), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) 464,8 mln dollar (+34,5 foiz), hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar hamda mumlar 217,7 mln dollar (+37,3 foiz), ichimliklar va tamaki mahsulotlari esa 100,5 mln dollar (+24,3 foiz) miqdorida import qilingan.

Statistikaga ko‘ra, eng yuqori o‘sish sur’ati oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importida kuzatilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi import hajmi bir yil oldingi davrga nisbatan 47,2 foizga oshgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tadbirkorlarni tekshirishning yangi tartibi belgilandi

Published

on


O‘zbekistonda raqobat sohasida tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish jarayonida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi joriy etiladi. Yangi tartibga ko‘ra, xavf darajasi past deb baholangan tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Adliya vazirligi Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Nizomga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Shu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xavf darajasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari, tovar-xomashyo birjalari, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji hamda chakana savdosi sohalari bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida baholanadi.

Natijaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari yuqori, o‘rta va past xavf toifalariga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi.

Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Ayni vaqtda, elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Endi kino sohasidagi tadbirkorlar xavf darajasi bo‘yicha baholanadi

Published

on


Kinematografiya sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari endi «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi orqali xavf darajasi bo‘yicha baholanadi. Yangi tartib tekshiruvlarni xavf darajasiga qarab tashkil etish va nazorat jarayonlarini avtomatlashtirishni nazarda tutadi.

Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi. Hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Nizomga muvofiq, tizim tadbirkorlik sub’yektlarida qonunchilik talablari buzilishi xavfini avtomatik tarzda baholaydi. Buning uchun davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Elektron tizimda baholash «ball» tizimi asosida amalga oshiriladi va tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfi yuqori, o‘rta yoki past toifalarga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.

Shu bilan birga, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. Xavf tahlili jarayoni tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi va uning faoliyatiga bevosita aralashuvga sabab bo‘lmasligi belgilangan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM hajmi 11,7 mln so‘mga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 11,7 million so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,7 foizga oshgan.

So‘nggi yillarda aholi jon boshiga YaIM hajmi izchil o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda:


2022-yil — 5,3 mln so‘m;
2023-yil — 6,3 mln so‘m;
2024-yil — 7,5 mln so‘m;
2025-yil — 9,9 mln so‘m;
2026-yil — 11,7 mln so‘m.

Shu tariqa, so‘nggi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 2,2 barobarga oshdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.