Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston JST a’zosi bo‘lish uchun faqat bir davlat bilan muzokarani yakunlashi qoldi

Published

on


2025 yilda JST a’zosi bo‘lgan 34 davlatdan 33 tasi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. 2026 yilda Tayvan bilan muzokarani yakunlash va O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lish jarayonini yakuniga yetkazish reja qilingan.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish uchun faqat bir davlat bilan ikki tomonlama muzokarani yakunlashi kerak. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov ma’lumot berdi. Avvalroq, u bu davlat Tayvan ekanini aytgan edi.

Qayd qilinishicha, 2025 yilda JST a’zosi bo‘lgan 34 davlatdan 33 tasi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Kanada, Avstraliya va boshqa yirik savdo hamkorlari bilan kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, JST talablariga muvofiq 30 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, jumladan: 4 ta qonun, prezidentning 8 ta farmoni va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 12 ta qarori, 6 ta idoraviy hujjat, qo‘shimcha ravishda 29 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlandi.

Ta’kidlanishicha, bojxona tartibotlari, eksport bojlari, savdoni himoya qilish choralari, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, texnik tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya hamda savdodagi texnik to‘siqlar (SPS va TBT) sohalarida kompleks islohotlar amalga oshirildi.

O‘runov so‘zlariga ko‘ra, 2026 yil uchun ustuvor vazifalar: Tayvan bilan ikki tomonlama muzokarani yakunlash, ko‘p tomonlama muzokaralar va Ishchi guruh hisobotini tugatish, qonunchilikni to‘liq muvofiqlashtirish va O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lish jarayonini yakuniga yetkazish.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

100 ta korxonada samaradorlikni oshirish uchun 30 million dollar grant jalb qilinadi

Published

on


Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida samaradorlikni oshirish masalasiga alohida to‘xtaldi.

Davlat rahbari ta’kidlashicha, dunyoda mahsulot raqobatdoshligini ta’minlash uchun ilg‘or boshqaruv usullari keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, «Kayzen» va «Lean production» kabi yondashuvlar resurs tejamkorligi va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatimizda 50 ga yaqin tadbirkor bu tajribani xorijda o‘rganib, o‘z korxonalarida joriy etishni boshlagan. Biroq bu ko‘lam hali yetarli emasligi qayd etildi.

Prezident ayrim sohalarda ilg‘or usullar ommalashmayotganini tanqid qildi. Xususan, to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektrotexnika va mebel kabi drayver tarmoqlarda bu yo‘nalishda tashabbus yetishmayotgani ta’kidlandi.

«Lekin, bu kam. Tadbirkorga tushuntirib, «diagnostika» xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratsa bo‘ladi-ku!», – dedi davlat rahbari.

Shu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aniq topshiriq berildi. Unga ko‘ra, joriy yilda 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or dasturlar joriy etiladi.

Mazkur tashabbusni moliyalashtirish uchun 30 million dollar miqdorida grant mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 27-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,13 so‘mga tushdi va 14 048,33 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 207,21 so‘m bo‘ldi (-15,54).

Rossiya rubli 158,77 so‘m etib belgilandi (-1,53).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Ilk bor 2,4 mlrd dollarlik davlat aktivlarining 30 foizi xalqaro bozorga chiqadi – Prezident

Published

on


Bugun, 24-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida iqtisodiy ko‘rsatkichlar va yangi tashabbuslar muhokama qilinmoqda.

Davlat rahbariga ko‘ra, may oyida 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizi ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.

«Bu Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil qilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli «Franklin Templeton» kompaniyasiga berganimiz uchun bo‘lyapti», – dedi Prezident.

Yig‘ilishda birinchi chorak natijalari ham ma’lum qilindi. YaIM 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga o‘sgan. Eksport hajmi 5,8 milliard dollarga, xorijiy investitsiyalar 13,7 milliard dollarga yetgan. Inflyasiya esa yillik hisobda ilk bor 7,1 foizgacha pasaygan.

Shu bilan birga, budjet daromadlari 35 foizga o‘sib, 103 trillion so‘mni tashkil etgan. Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha 2,2 trillion so‘m shakllangan bo‘lib, uning 1,4 trillioni tuman va shaharlar ixtiyorida qolgan.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti xalqaro darajada ham ijobiy baholanmoqda. Xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotida O‘zbekiston yuqori iqtisodiy faollik orqali barqaror o‘sishni saqlab qolayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, mamlakat ilk bor «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «iqtisodiyoti mo‘tadil erkin» davlatlar qatoriga kirdi. Prezident ayrim sohalarda samaradorlik pastligini tanqid qilib, «ayrimlar hali ham uyg‘onmagan»ini ta’kidladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Birinchi chorakda O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari 13 foizga oshdi

Published

on


2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qariyb 3,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 283 mln dollarga yoki 52,2 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘p. O‘z navbatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan 604 mln dollar chiqib ketgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 39 mln dollarga kam. 

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 3,79 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Xususan, o‘tkazmalar miqdori joriy yilning dastlabki 3 oyida quyidagicha bo‘lgan:


yanvar: 1,23 mlrd dollar;
fevral: 1,23 mlrd dollar;
mart: 1,33 mlrd dollar.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari miqdori 2024 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 283 mln dollarga yoki 52,2 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘p.

O‘z navbatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan 604 mln dollar chiqib ketgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 39 mln dollarga kam.

«Xorijiy valutaga bo‘lgan taklifning ortishi asosan eksport tushumlari, banklar tomonidan jalb qilingan tashqi qarzlar va xalqaro pul o‘tkazmalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, aholi tomonidan valuta sotuvining yuqori sur’atlarda o‘sishi bozorda qo‘shimcha taklif bo‘lib xizmat qildi», deyiladi Markaziy bank sharhida.

2017-2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari dinamikasining o‘zgarishi:

2020-2025 yillar oralig‘ida mamlakatga yuborilgan o‘tkazmalar miqdori 3 barobarga, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgacha ko‘paydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Yevroittifoq O‘zbekistonning ikkita korxonasiga sanksiya kiritdi

Published

on


O‘zbekistonning paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi ikkita kompaniyasi: Farg‘ona kimyo zavodi va Jizzaxdagi Raw Materials Cellulose korxonasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketiga kiritildi.

Foto: REUTERS/Yves Herman

Bu ikki korxona Rossiya harbiy sanoati uchun paxta sellyulozasi yetkazib berganlikda gumon qilingan.

Sanksiya izohida keltirilishicha, Farg‘ona Kimyo Zavodi – Perm va Qozondagi porox zavodlarini, Raw Materials Cellulose esa Tambovdagi porox zavodini xomashyo bilan ta’minlagan.

Bu korxonalarga Yevropa Ittifoqi sub’yektlari tomonidan mablag‘ va iqtisodiy resurslar ajratish taqiqlangan. YeI yurisdiksiyasida aktivlari bo‘lgan taqdirda, ular muzlatiladi.

Ushbu ikki korxona, shuningdek, “Mercury Renaissance” MChJga o‘tgan yili Ukraina ham sanksiya qo‘llagan edi.

Farg‘ona kimyo zavodi – 2012 yilda tashkil etilgan. Ta’sischisi – Mercury Renaissance. Bu korxonaga 2023 yilda Rustam Rahimjonovich Mo‘minov (60%) va Gluxov Mixail Aleksandrovich (40%) egalik qilgan, keyinroq Gluxovning ulushi Shahriyor Saxiyorovich Tojiyevga, Mo‘minovning ulushi esa Olga Yurevna Shagiyevaga o‘tgan.

Shahriyor Tojiyev 2022 yilda tugatilgan Qwerty Up’da ulushdor bo‘lgan. Olga Shagiyeva esa Aloqainvest, Breegs, Atrium Tashkent, Geo Profi Mombasa Finance, Aloqa Klimkontrol, Visata Group, Fortress Invest, Pod Klyuch, Professional Legion va boshqa firmalarda ham ulushlarga ega.

Raw Materials Cellulose – 2017 yilda Jizzax shahrida ro‘yxatga olingan. 2024 yil yanvar holatiga, korxona yagona ta’sischi Larisa Mixaylovna Utkina egaligida bo‘lgan. Keyinroq uning ulushi 76 foizgacha qisqarib, Larisa Rahimjonova Bikova 24 foizlik ulushdorga aylangan. Bugungi kunda ta’sischilar tarkibi quyidagicha: Larisa Rahimjonovna Bikova (25,1%), Bobur Lutfullayevich Qobulniyozov (24,97%), Azamjon Nurillayevich Valixonov (24,97%), Ma’murjon Mahmudjon o‘g‘li Alimov (24,96%).

Larisa Bikova – Aloqa Klimkontrol va Vinder Invest’da, Mahmudjon Alimov – Velcor va Voltria’da, Bobur Qobulniyozov – Business Standart, Complex Technical Centre Asia va Fiber Expo kompaniyalarida hissadorlar qatorida turadi.

Azamjon Valixonov esa Chirchiq transformator zavodi, “O‘zbekkimyomash” zavodi, Quytosh koni, Universal Rent Tashkent, Maxwell Service, Glory Project, Fiber Expo va boshqa korxonalarda ulushdor sifatida ko‘rsatilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.