Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston iqtisodiyotning asosiy sohalarida biznes muhitining ijobiy dinamikasini namoyon qilmoqda

Published

on


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) joriy yil avgust oyi uchun biznes muhiti tahlili natijalarini e’lon qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, biznesning hozirgi holati va yaqin kelajakdagi rivojlanish bo‘yicha kutilmalarni aks ettiradigan Biznes muhiti indeksi shakllantirildi.

Biznes muhiti tahlili

Avgust oyida umumiy biznes muhiti indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 punktga o‘sib, 55 bandni tashkil etdi. Bu o‘sish asosan hozirgi faollikning o‘sishi hisobiga kuzatildi. Biznes muhitining joriy holati indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 bandga o‘sib, 49 bandni tashkil etdi.

Joriy holat indeksi tadbirkorlarning amaldagi vaziyatga, ya’ni sotuvlar, ish bilan ta’minlash, talab, resurslarga yetarli kirish imkoni va faoliyat muhitining barqarorligi kabi omillarga nisbatan munosabatini aks ettiradi.

Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi 67 banddan 62 bandgacha biroz pasaygan bo‘lsa-da, hanuz yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu esa tadbirkorlarning kelajakka bo‘lgan ishonchi barqaror ekanini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda biznes-muhiti dinamikasi

O‘zbekistonda tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, barqaror ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Joriy yil avgust oyida o‘z biznesining joriy holatini «yaxshi» deb baholagan respondentlar ulushi o‘tgan yil avgust oyidagi 41 foizdan joriy yil 45 foizgacha o‘sdi. Shu bilan birga, respondentlarning 39 foiz so‘nggi uch oyda biznes ko‘rsatkichlari yaxshilangannini ta’kidlagan bo‘lsa, 41 foiz talab o‘sganligini bildirgan.

Kelgusi oylarga oid kutilmalar ham yuqori darajada saqlanmoqda. Xususan, respondentlarning 69 foiz yaqin uch oy ichida o‘z biznesi o‘sishda davom etishiga ishonmoqda, 62 foiz qo‘shimcha talab o‘sishini kutmoqda, 53 foiz esa ishchilar soni ko‘payadi, deb prognoz bermoqda.

Sektor tahlili

Avgust oyida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi biznes muhiti sektorning pozitsiyalari mustahkamlanayotganini va tadbirkorlar ishonchi ortayotganini ko‘rsatdi. Oy davomida indeks 7 bandga o‘sib, 57 bandni tashkil etdi va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1 bandga yaxshilandi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarning 50 foiz o‘z biznesi holatini «yaxshi» deb baholagan, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 10 bandga yuqori. Shu bilan birga, respondentlarning 42 foiz so‘nggi uch oyda biznesi yaxshilanganini qayd etgan. Qishloq xo‘jaligidagi istiqboldagi kutilmalar indeksi 68 bandga yetdi.

Sanoatda ishlab chiqarish faolligining jonlanishi kuzatildi. Jumladan, biznes-muhitining joriy holat indeksi 3 bandga o‘sib, 41 bandni tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy indeks 2 bandga pastlab, 48 bandni tashkil etdi.

Sanoatdagi tadbirkorlarning deyarli yarmi vaziyatni qoniqarli deb baholagan. Ishchilar sonining o‘sishi (28 foiz) ish o‘rinlari kengayayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, respondentlarning 70% biznesining yaqin kelajakda yaxshilanishiga ishonmoqda.

Xizmatlar sohasida biznes-muhiti indeksi o‘tgan yilga nisbatan 5 bandga yaxshilanib, 57 bandga yetdi. E’tiborli jihati shundaki, joriy holat indeksi 16 bandga oshib, 52 ga yetgan.

Tadbirkorlarning yarmi (47 foiz) o‘z biznesining joriy holatini «yaxshi» deb baholagan. Respondentlarning uchdan biridan ko‘prog‘i (39 foiz) so‘nggi uch oyda yaxshilanganini qayd etgan. Shu bilan birga, bozor ishtirokchilarining chorak qismi (26 foiz) yaqin uch oyda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmasligini taxmin qilgan.

Qurilish tarmog‘ida biznes-muhiti o‘tgan yilga nisbatan 5 bandga o‘sib, 61 bandga yetgan. Joriy holat indeksi 15 bandga oshib, 60 bandni tashkil etgan — bu biznes faolligining sezilarli darajada yaxshilanayotganini ko‘rsatadi. Joriy faoliyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, istiqboldagi kutilmalar indeksi biroz pasayib, 62 bandni tashkil etdi.

So‘rovga ko‘ra, tarmoqdagi tadbirkorlarning 37 foiz so‘nggi uch oyda biznesi yaxshilanganini ma’lum qilgan, bu o‘tgan yilning avgust oyidagi ko‘rsatkichdan 8 foiz bandga ko‘p. Yanada muhimrog‘i — respondentlarning 69 foiz yaqin oylarda biznes holati yanada yaxshilanishini kutayotgan bo‘lsa, bir yil oldin bu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil etgan edi

***

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekistonda tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar shakllanmoqda. Bandlik sohasidagi ijobiy kutilmalar, ichki talabning kengayishi hamda qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmatlar va qurilish kabi asosiy tarmoqlarning mustahkamlanishi kelgusidagi o‘sish uchun zamin yaratmoqda. Ayrim kutilmalardagi tuzatishlarga qaramasdan, biznes kelajakka ishonch bilan qaramoqda. Bu esa investorlar uchun muhim signal va mamlakat iqtisodiy barqarorligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston biznes muhiti indeksi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan sanoatning turli tarmoqlaridagi 1000 dan ortiq korxonalarda o‘tkazilgan so‘rovlar asosida hisoblab chiqiladi. Biznes muhitining o‘zgarishi indekatori IFO instituti (Germaniya) metodologiyasiga asoslangan. So‘rovlar davomida korxona rahbarlari ishlab chiqarish dinamikasi, talab, narxlar va boshqa ko‘rsatkichlar asosida tadbirkorlik faoliyatidagi joriy va kutilayotgan o‘zgarishlarni baholaydilar.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq tadbirkor barqarorlik reytingiga kirdi

Published

on


O‘zbekistonda 2026-yil 24-aprel holatida 2,1 ming nafar tadbirkorga yuqori barqarorlik reytingi berilgan. Ulardan 335 ta sub’yekt eng yuqori AAA darajasini olgani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, barqarorlikni baholash tizimi joriy etilganidan beri yuqori reytingga ega tadbirkorlar soni 1,3 barobarga oshgan. Bu biznes muhitida muayyan ijobiy siljishlar kuzatilayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, umumiy manzarada farqlar saqlanib qolmoqda. Xususan, 64,4 ming tadbirkor o‘rta barqarorlik toifasiga kiritilgan bo‘lsa, 226,2 mingta sub’yekt qoniqarli darajada baholangan. 294,7 mingta tadbirkor esa past reytingga ega deb topilgan.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlarning eng katta qismi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalishda 690 ta korxona yuqori barqarorlik ko‘rsatkichiga erishgan.

Undan keyin xizmat ko‘rsatish sohasi 654 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Sanoat sohasida 506 ta tadbirkor yuqori reyting olgani qayd etilgan. Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida esa bu ko‘rsatkich ancha past. Mos ravishda 106 ta va 59 ta korxona yuqori barqarorlik toifasiga kiritilgan. Bu sohalarda tizimli muammolar saqlanayotganini anglatadi.

Hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Poytaxtda 709 ta tadbirkor yuqori reytingga ega. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 258 tani tashkil etgan. Samarqand viloyatida 180 ta, Farg‘ona viloyatida esa 152 ta tadbirkor yuqori barqarorlik darajasini qo‘lga kiritgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Humo kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi oshirilmaydi

Published

on


Humo kartalari bo‘yicha 13131 raqamidan kiruvchi SMS-xabar narxi 84,2 so‘m miqdorida saqlanib qolinadi. Avvalroq, 1 maydan boshlab narxlar 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat

Octotelecom kontent-provayderi Humo kartalari bo‘yicha 13131 qisqa raqamidan yuboriladigan SMS-xabarnomalar narxi 1 maydan boshlab 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar bergandi. Bu iste’molchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng Humo to‘lov tizimi operatori bo‘lgan Milliy banklararo protsessing markazi narx avvalgi darajada saqlanib qolinishini e’lon qildi.

Kompaniya foydalanuvchilar murojaatlari va xizmat ahamiyatini inobatga olib, Octotelecom’ga amaldagi tarifni saqlab qolish bo‘yicha rasmiy xat yuborgan. Qo‘shimcha tahlil natijasida uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

«Qo‘shimcha tahlillar va Octotelecom bilan konstruktiv muloqot yakunlariga ko‘ra, amaldagi tarifni saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2026 yil 1 maydan boshlab 13131 raqamidan keluvchi bitta kiruvchi SMS-xabar narxi o‘zgarmaydi va 84,2 so‘mni tashkil etadi», deyiladi xabarda. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 4,1 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatiga to‘g‘ri keldi. Ushbu hududda 1,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, respublikada mutlaq yetakchiga aylandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 524,6 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 438,6 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Bu hududlar ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan ajralib turibdi.

Farg‘ona viloyatida 371,4 mlrd so‘mlik, Toshkent shahrida esa 310,3 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

So‘nggi o‘rinlarda esa Surxondaryo viloyati 10,4 mlrd so‘m va Jizzax viloyati 19,3 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.

Boshqa hududlar orasida Samarqand viloyati 158 mlrd so‘m, Buxoro viloyati 117,4 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati 89 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Published

on


“Soliq va tadbirkorlik sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, mazkur sohada muhim o‘zgartishlar amalga oshirildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 179-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, soxta tadbirkorlik uchun jarima, muayyan huquqlardan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish kabi sanksiyalar nazarda tutilmoqda.

Endilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida tadbirkorlik sub’yektini tashkil etish BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, 184-modda (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) – jinoyat tarkibi aniqlashtirilib, jarima, majburiy to‘lovlarni undirish va ozodlikdan mahrum qilish choralari qayta belgilandi, ilk huquqbuzarlikda zarar to‘liq qoplansa, javobgarlikdan ozod etish tartibi saqlab qolindi, jinoyat ishlarida jamoat himoyachisi ishtiroki ta’minlandi.

Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?

Published

on



O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.