Iqtisodiyot
O‘zbekiston besh oyda chetga 158,5 mln dollarlik loviya sotdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 158,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 39 022 tonna loviya eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025-yilning 5 oyida eng ko‘p loviya eksport qilgan mamlakatlar:
Pokiston — 13 122 tonna
Afg‘oniston — 10 806 tonna
Eron — 8 131 tonna
Gruziya — 2 715 tonna
Turkiya — 1 149 tonna
Boshqa davlatlar — 3 099 tonnani tashkil etgan.