Connect with us

Jamiyat

O‘zbekiston 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘l oldi – quvonchli onlar haqida

Published

on


O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida guruhdagi so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘yin O‘zbekistonning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va muxlislarga ulkan quvonch ulashdi. Umuman, milliy terma jamoaning mundialga chiqqani 5 iyun kuni O‘zbekiston va BAA jamoalari o‘rtasidagi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan dramatik o‘yinda ma’lum bo‘lib ulgurgan edi. Bu tafsilotlar, hayajonli daqiqalar hammamizning yodimizda. 

Kia kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global  kompaniyalar guruhi milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kia dilerlik salonlarida muxlislar uchun bir qator tadbirlar o‘tkazdi. O‘zbekiston jamoasining JCh-2026ga yo‘l olishi Kia brendini ommalashtirish uchun qo‘shimcha ajoyib imkoniyatlar ochadi.

«Bugungi g‘alaba kompaniya hayotida yangi bosqichni boshlab berdi va 2026 yilgi turnirga tayyorgarlik ko‘rish istiqbollarini belgilab berdi», – dedi ADM Global  kompaniyalar guruhining Kia brendi bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchi Georgiy Shoniya.

FIFA Kia tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganiga yigirma yildan ortiq vaqt bo‘ldi.

«Biz Kia bilan ko‘p yillik hamkorlikni davom ettirishdan mamnunmiz. Yillar davomida kompaniya FIFAni qo‘llab-quvvatlashda sodiqligini namoyish etib kelmoqda va biz turnirlarimizning umumiy tajribasini yaxshilashga qaratilgan sadoqatni qadrlaymiz. Biz futbol orqali dunyoni birgalikda birlashtirishda davom etamiz», – degan edi FIFA prezidenti Janni Infantino 2023 yil may oyida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimida.

Kia FIFA bilan hamkorlikni kengaytirib, futbol olamiga bo‘lgan uzoq yillik sadoqatini mustahkamlayotganidan faxrlanadi. Kompaniya hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekan, mobil yechimlar salohiyatini global miqyosda namoyish etish imkoniyatini intiqlik bilan kutadi. Kia FIFA bilan birgalikda butun dunyodagi muxlislarni futbol kuchi bilan ruhlantirish va birlashtirishga intiladi.

FIFAning mobillik bo‘yicha rasmiy hamkori sifatida kompaniya FIFAning global tadbirlari va musobaqalarida uzluksiz va samarali transport operatsiyalarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Avtomobil ishlab chiqaruvchilarning keng global distribyutorlik tarmoqlari tufayli kompaniya FIFAning barcha transport talablariga javob beradigan, jamoalar, rasmiylar va xodimlarning uzluksiz harakatlanishini ta’minlaydigan keng qamrovli transport vositalarini taqdim qiladi.

Kia Corporation – biz haqimizda

Kia (www.kia.com) butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar, jamoalar va jamiyatlar uchun innovatsion, ilg‘or va barqaror mobillik yechimlarini yaratuvchi global mobillik brendi hisoblanadi. Kia mobillik uchun barqaror yechimlar yetkazib beruvchi sifatida elektr transport vositalarini ommalashtirmoqda, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab harakatlanishning eng yaxshi usullarini izlashga undaydigan mobil xizmatlar assortimentini rivojlantirmoqda. Kia 1944 yildan beri mobillik yechimlarini taqdim etib kelmoqda. Butun dunyo bo‘ylab 52 000 xodim, 200 ga yaqin bozor va oltita mamlakatda ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan kompaniya bugungi kunda yiliga uch millionga yaqin avtomobil sotmoqda. «Ilhomlantiruvchi harakat» shiori Kia kompaniyasining mahsulotlari, texnologiyalari va xizmatlari orqali iste’molchilarni ilhomlantirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

ADM Global  – biz haqimizda

ADM Global  kompaniyalar guruhi (www.adm.uz) 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, yengil va tijorat avtomobillar ditribyusiyasi, mahalliy ishlab chiqarish, sotish, kafolat va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika xizmatlari, lizing, shuningdek, asl ehtiyot qismlar va aksessuarlar sotuviga ixtisoslashgan. Hozirda dilerlik tarmog‘ida O‘zbekiston bo‘ylab 25 dan ortiq Kia rasmiy dilerlik markazlari mavjud. ADM Global  o‘z sohasida noyob bilim va tajribaga ega yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlangan. Har bir xodimning professionalligi va kompetentlik darajasi kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillari hisoblanadi. Xolding 2019 yildan beri Kia jahon avtomobil brendi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kia avtomobillarining yuqori sifati tufayli ADM Global  kompaniyalar guruhi nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki tashqarida ham o‘z sohasining yetakchilaridan biriga aylanmoqda.

Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global  kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va O‘zbekistondagi narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt: http://kia.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan
Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot
YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan 





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qozog‘istonda 5 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va pasportlari qaytarildi

Published

on


Qozog‘istonning Ostona shahrida mehnat qilib kelgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosining ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasportlari qaytarilib, uch oylik ish haqlari to‘liq undirib berildi.

Ostona shahri Foto: akorda.kz

Ma’lum qilinishicha, 12 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha ortidan Qozog‘istonning Ostona shahrida joylashgan “Karima” restoranida ishlagan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosining murojaati yuzasidan tezkor choralar ko‘rilgan.

Unga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan fuqarolarning pasportlari olib qo‘yilgani va ularga uch oylik ish haqi to‘lanmagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Ostona shahridagi elchixonasi tomonidan restoran rahbariyati bilan aloqa o‘rnatilib, fuqarolarning hujjatlarini qaytarish va ish haqlarini to‘liq to‘lash bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yilgan.

Shuningdek, Qozog‘istonning vakolatli organlari tomonidan ham holat nazoratga olinib, ish beruvchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 14 mart kuni fuqarolarning pasportlari to‘liq qaytarildi hamda ularga tegishli bo‘lgan jami 5 ming 290 AQSh dollari miqdoridagi ish haqi undirib berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Published

on


Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosining vafoti yuzasidan tekshiruv va ekspertiza ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatda qotillik alomatlari aniqlanmagan.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari ushbu mamlakatda vafot etgan vatandoshimiz holati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, K.N.ning vafoti munosabati bilan Janubiy Koreya milliy politsiya agentligining mas’ul xodimlari bilan doimiy muloqot olib borilmoqda.

Janubiy Koreya tomonining bildirishicha, ayni vaqtda O‘zbekiston fuqarosining o‘limi yuzasidan mutasaddi soha vakillari tomonidan tekshiruv va ekspertiza ishlari davom ettirilmoqda. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning vafotida qotillik alomatlari mavjud emas.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushbu holatga to‘liq oydinlik kiritilganidan so‘ng qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Shu bilan birga, tekshirilmagan, yolg‘on yoki vahima chiqaruvchi ma’lumotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

23 martdan Toshkent – Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi

Published

on


2026 yil 23 martdan boshlab Toshkent shahridan Chorvoq yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi. Yangi yo‘nalish ichki turizmni rivojlantirish va aholiga qulay transport xizmatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Foto: Toshshahartransxizmat

«Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi «Toshavtobustrans» MChJ tomonidan 1226-sonli «Mashinasozlar metrosi — Chorbog‘ (Humson qo‘rg‘oni)» avtobus yo‘nalishi faoliyati qayta tiklanadi.

Yo‘nalishga 47 o‘rindiqli, konditsionerlar bilan jihozlangan MAN RR3 rusumli zamonaviy turistik avtobuslar biriktiriladi. Yo‘lkira narxi 25 ming so‘m etib belgilangan.

Avtobuslar Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 06:00 da harakatni boshlaydi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oshirilib, safar vaqti taxminan 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi qatnov Chorvoq tomondan soat 20:30 da amalga oshirilib, soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida yakunlanadi.

Yo‘nalish Mashinasozlar metrosi bekatidan boshlanib, Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Hojikent mavzesi va Chinorkent orqali Xumson qo‘rg‘onigacha harakatlanadi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar uchun naqd pul va bank kartalari orqali to‘lov qilish imkoniyati yaratilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda qo‘lga olindi

Published

on


Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan qariyb 38 kilogramm narkotik moddalar aniqlanib, musodara qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan olib kirilgan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi.

Xususan, oldindan kuzatuvga olingan Urgut tumanida yashovchi 1989 va 1992 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro aylanma yo‘llar orqali Tojikistonning Panjikent tumaniga borib, narkosavdogarlardan 14 kg 766 gramm “opiy” va 14 kg 958 gramm “gashish” moddalarini olib, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan holda O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, yana bir holatda Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan xususiy avtomashina garaji ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida maxsus tayyorlangan yashirin joy — marmar toshlar orasiga 9 kg 40 gramm opiy ekstraksiyasi yashirilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, bunday turdagi narkotik moddalar odatda xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kiriladi.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Garaj egasini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu turdagi jinoyatlar uchun qonunchilikda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Fuqarolardan shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatiga 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilish so‘raldi. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Published

on


Tailand poytaxti Bangkok shahrida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa natijasida o‘zbekistonlik og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, mazkur avtohalokatda yana uch nafar o‘zbekistonlik turli darajada tan jarohati olgan bo‘lib, ularga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonadan javob berilgan.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan.

O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Qayd etilishicha, marhumning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda jasadni vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.