Iqtisodiyot
«O‘zbekinvest» kompaniyasi milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchlilikning eng yuqori darajasi
Joriy yilning oktyabr oyida «SNS RATINGS» reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasiga to‘lov qobiliyati va ishonchlilik bo‘yicha milliy shkaladagi eng yuqori – «AAA» reytingi, prognoz «Barqaror» deb rasman e’lon qildi.
«SNS RATINGS» agentligi kompaniyalar va qarz instrumentlarining moliyaviy barqarorligini baholash sohasida ixtisoslashgan bo‘lib, moliya institutlari, xolding kompaniyalari va iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar faoliyatini baholaydi hamda muntazam ravishda tahliliy tadqiqotlar va hisobotlar nashr etadi.
«O‘zbekinvest» kompaniyasiga berilgan «AAA» reytingi — bu eng yuqori baholash hisoblanadi va u o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati juda yuqori bo‘lgan tashkilotlarga beriladi.
Reyting agentligi quyidagi bir qator ijobiy omillarni ta’kidlab o‘tgan:
– eksport faoliyatini sug‘urtalashda kompaniyaning muhim o‘rni;
– taqdim etilgan hisobotlarning ochiqligi va ishonchliligi;
– bozorda uzoq yillik faoliyat tajribasi;
– aksiyadorlar tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlash;
– to‘lov qobiliyatining yuqori ko‘rsatkichlari;
– sug‘urta faoliyati rivojlanishining yaxshi dinamikasi va boshqalar.
«SNS RATINGS» agentligining fikricha, kelgusida ham «O‘zbekinvest» kompaniyasining biznes ko‘lami kengayadi va natijada respublika sug‘urta bozorida uning mavqei va ulushi yanada mustahkamlanadi.
Shu bilan birga, 2025 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning jami sug‘urta mukofotlari yig‘imi 1,178 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 145 foiz o‘sishni ko‘rsatadi.
Qayta sug‘urta mukofotlari hajmi 50,5 million AQSh dollariga yetdi, kompaniyaning umumiy portfelida xalqaro qayta sug‘urtaning ulushi 53 foizni tashkil qildi.
Joriy yilning 9 oyi davomida milliy tovar va xizmat eksportchilariga 2,4 mlrd AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi.
Korporativ segmentda sug‘urta mukofotlari yig‘imi 297,9 mlrd so‘mga yetdi (2024 yilning shu davriga nisbatan 151 foiz o‘sish), shundan 51,1 mlrd so‘m investitsiya loyihalarini sug‘urtalashga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, 2025 yil may oyida «A.M. Best Company» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» kompaniyasining reytinglarini «B» va «bb» darajasida «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi.
Shu yil iyun oyida «Moody’s Ratings» xalqaro reyting agentligi kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingi bo‘yicha prognozini «Ba2» («Barqaror») darajasidan «Ba2» («Ijobiy») darajasiga ko‘tardi, bu O‘zbekistonning bank-moliya sektori tashkilotlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
«O‘zbekinvest» kompaniyasi izchil rivojlanish strategiyasiga sodiq qolgan holda, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish darajasini oshirish hamda mijozlar ishonchini ichki va tashqi bozorlarda yanada mustahkamlashni davom ettiradi.
Reklama huquqi asosida
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.
Foto: Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.
“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.
Iqtisodiyot
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, meva-sabzavotlar bo‘yicha milliy brendni yaratish borasida hamkorlik qilinadi.
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) katta iqtisodchisi Dmitro Prixodko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot FAO bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda respublikadagi paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga «yashil» texnologiyalarni joriy etish, sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha strategik yondashuvlar hamda uning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unlashuvi muhokama qilindi.
Shuningdek, FAO bilan Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan «Agrokonnekt» dasturi doirasida hamkorlik qilish, O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavotlar bo‘yicha milliy brendni yaratish yuzasidan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, FAO yordamida Italiyaning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlarida ishtirok etish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni davom ettirish va kelgusi loyihalarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish kuzatilmoqda
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatimiz turizm sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi. 11 oy davomida O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (o‘sish 114 foiz) va ularga 4,4 milliard AQSh dollari miqdorida turizm xizmatlari eksporti ko‘rsatildi (o‘sish 144 foiz).
Ichki turizm bo‘yicha “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida aholining hududlarga 23,7 million marta tashrifi amalga oshirildi (rejaga nisbatan 114,8 foiz). Hududlarda 954 ta joylashtirish vositalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, umumiy soni 6861 taga, o‘rinlar soni 183,9 mingtaga yetdi.
Turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 662 ta yangi turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ularning soni 4348 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘ylab 4345 nafar gid-ekskursovodlar faoliyat olib bormoqda, joriy yilning yanvar-noyabr oylari mobaynida 375 nafar gid-ekskursovodlar tayyorlandi. Tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan tavsiyalar natijasida 784 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi holati yaxshilanishiga erishildi.
Investitsiya sohasida 421 ta loyiha amalga oshirilib, 6313 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
-
Jamiyat4 days agoСаида Мирзиёева атмосфера ҳавосининг ифлосланиши бўйича йиғилиш ўтказмоқда
-
Jamiyat5 days ago2 dekabrdan yangilangan Kichik halqa avtomobil yo‘li foydalanishga topshiriladi
-
Iqtisodiyot3 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekistonga eng ko‘p dengiz mahsulotlarini yetkazib bergan davlatlar ma’lum qilindi
-
Jamiyat4 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Iqtisodiyot3 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Dunyodan4 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Sport3 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
