Connect with us

Jamiyat

«Ona yurtdan uzoqdamiz, ammo ona tilimizdan emas…»

Published

on


Xorijda yashayotgan hamyurtlarimiz uchun o‘zbek millatiga mansubligini saqlab turuvchi jonli xotira bu ona tilimiz.

Chet elda tug‘ilgan yoki yashayotgan o‘zbek bolasi ona tilida gapira olmasa, bu faqat bir tilning unutilishi emas, avlodlar orasidagi rishtaning uzilishi demak. Shu bois, ko‘plab xorijda yashayotgan onalar farzandlariga o‘zbek tilini o‘rgatishni nafaqat ta’lim, balki ma’naviy burch sifatida qabul qiladi.

Quyida ikki hamyurtimiz, turli mamlakatlarda istiqomat qilayotgan onalar, ana shu masaladagi shaxsiy tajriba va kuzatishlari bilan bo‘lishdi. Ular uchun ona tili bolalari qalbida yurt nafasini saqlab qolishning eng tabiiy yo‘lidir.

«Ona tiling — bobo, buving gaplashgan til»

Nilufar Bekbayeva Steyten Aylend (Nyu-York, AQSh)da yashaydi. U moliyaviy kompaniyaning IT sohasida ishlaydi. Oiladagi eng muhim qoidalardan biri uyda faqat o‘zbek tilida muloqot qilish.

Imranning endi tili chiqayotganda bobo-buvisi: «Nabiramiz o‘zbekcha gapirsin, bu bizning ona tilimiz. Agar inglizcha gapirsa, biz uni tushunmay qolamiz, mehrimizni to‘liq yetkaza olmaymiz», — deb aytgan. Ota-onasining ushbu talabi Nilufarda ona tilini unutmaslikka bo‘lgan mas’uliyatni yanada oshirgan. U ishongan: ingliz tilini bola muhit orqali baribir o‘zlashtiradi, lekin agar uyda o‘zbekcha gaplashilmasa, keyinroq kech bo‘lishi mumkin.

Shu bois, Imran kichikligidan ona tilida muloqot qilib o‘sdi. Hozir u 6 yoshda bemalol o‘zbekcha, inglizcha va ozgina ruscha gaplasha oladi. Maktabida esa grek tilini ham o‘rganmoqda. «Meni xursand qiladigan jihat — O‘zbekistonga borganimizda u yaqinlarimiz bilan bemalol o‘zbekcha so‘zlasha oladi», — deydi onasi g‘urur bilan.

Imran O‘zbekistonga kelganida ba’zan inglizcha gapiradi, shunda bobosi va buvisi o‘zbekcha gapirishi kerakligini eslatadi va bola o‘sha zahotiyoq o‘zbek tiliga tez moslashadi.

Nilufar uchun til nafaqat muloqot vositasi, balki milliy xotira va o‘zlik ramzidir. Uning fikricha, bola katta bo‘lgan sari til uning asli kimligini, ota-bobosini, tarixini o‘rgatadi.

«Ha, hozircha 6 yoshli bola uchun til asosan so‘zlashish vositasi. Ammo u keyinchalik o‘zbek tilini bilish orqali ona vataniga qalban  bog‘lanib turadi. Shuning uchun men unga milliy liboslar kiydiraman, milliy bayramlarimiz haqida gapiraman, o‘zbek tilidagi videolavhalar bilan tanishtiraman. O‘zbekistonni eslatuvchi har bir narsa — til merosini saqlashdagi yordamchim», — deydi u.

«Agar farzandingizga ona tilimiz ahamiyatini bir so‘z bilan tushuntirish kerak bo‘lsa, u so‘z qaysi bo‘lar edi?» degan savolimga u shunday javob berdi: «Bir so‘z bilan aytganda o‘zbek tili — Vatan tili. Agar buni uzun gapga  aylantirsam: Ona tilimizni hech qachon unutmasligimiz kerak, der edim».

«Ona vatan — onangni unutma»

Hozirda Polshada yashayotgan, asli jizzaxlik Zuhra Yo‘ldoshxo‘jayeva 2009 yilda polyak fuqarosiga turmushga chiqqan. To‘y ham Polshada bo‘lgan. Ammo 2010 yilda farzandini dunyoga keltirish uchun O‘zbekistonga qaytgan. Chunki o‘sha paytda u uchun eng kuchli tuyg‘u — ona yurt bilan bog‘liqlik edi.  Shunday qilib Zuhraning o‘g‘li Kempa Artur Andjey ikki yurt farzandiga aylandi.

Hozirda ular oilasi bilan Polshada yashaydi. Artur polyak tilida erkin gapiradi, rus va ingliz tillarini juda yaxshi biladi, nemis tilini ham o‘rganmoqda. Ammo… onasi bilan faqat o‘zbek tilida muloqot qiladi.

«Men o‘g‘lim bilan faqat o‘zbek tilida gaplashaman. Bu mening ona tilim. Bu til men uchun bolaligim, xotiram va Vatan bilan bog‘liq his-tuyg‘ularim demak. U ham onasining tilini bilsin, his qilsin — men uchun shuning o‘zi katta baxt», deydi u.

Oilada Artur otasi bilan polyakcha, onasi bilan o‘zbekcha, oilaviy gurung   ingliz tilida bo‘ladi. Bu tillar qorishmasi  Zuhraning fikricha, bolaning dunyoqarashini kengaytiradi.

«Men o‘zimni polyak qizidek his qilolmayman. Chunki men kimligimni, qaysi millatdan ekanligimni aniq his qilaman. Til vosita, o‘zlik esa qalbda yashaydi», — deydi Zuhra.

Qizig‘i shundaki, u milliy an’ana va urf-odatlarni ham chuqur bilmaydi — na o‘zbek, na polyak odatlarini. U qaysi muhitda bo‘lsa, shu muhitga moslashib yashaydi.

«Men muhitga tez moslashib ketadigan odamman. Lekin til… til boshqa narsa. Uning ildizlari juda chuqur joylashgan, masalan men ingliz tilini zarurat tufayli bilaman, polyak tilida gaplasha olmayman, o‘zbek tilini esa bir lahza ham unutmayman», — deydi u.

Ona doimo o‘g‘liga bitta gapni aytadi: «Ona vatan — onangni unutma».

«Kim biladi, balki kelajakda o‘g‘lim O‘zbekistonda yashar. U ham O‘zbekiston, ham Polsha fuqarosi. Ammo uning qalbida ona yurt haqidagi xotira, ona tili orqali joy olib bo‘lgan», — deydi u.

Zuhraning facebook profilida milliy libosdagi ayol illyustratsiyasi qo‘yilgan. «Nega o‘z suratingizni emas, balki milliy libosdagi o‘zbek ayoli suratini qo‘ygansiz» degan savolimga u shunday javob berdi:
«Milliy kiyimlarimizni, milliyligimizni juda yaxshi ko‘raman va qadrlayman».

Amerikada yashayotgan Nilufarning va Polshada istiqomat qilayotgan Zuhraning hikoyasi — bu minglab o‘zbek onalaridagi yuksak va sog‘inchli tuyg‘ularning aksi. Ular uchun til oddiy muloqot vositasi emas. U mustahkam ildiz, xotira,ona yer hidi, uzoq masofalarda ham Vatanga bog‘lab turadigan noyob ko‘prikdir.

Bugun O‘zbek tili bayrami faqat yurtimizda emas, butun dunyoda nishonlanmoqda, demak bu faqat bizning emas, barcha mamlakatlardagi o‘zbek onalari va bolalarining ham bayramidir.

Barno Sultonova tayyorladi



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekistonda har ming oiladan 175tasi ajrashadi – tadqiqot

Published

on


Hududlar kesimida Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar soni ko‘pligi kuzatilmoqda.

2025 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi. Bu 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tahlillariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda past bo‘lib, O‘zbekistondagi ajrimlar darajasi ko‘plab boshqa davlatlarga nisbatan «ancha kam ekanini» ko‘rsatadi.

Xususan, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozog‘istonda – 328,2, Qirg‘izistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi.

“Tahlillardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini ko‘rsatadi”, deyiladi xulosada.


Oila va gender instituti tayyorlagan nikoh barqarorligi haritasi

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida esa ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatilmoqda. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdi (foto)

Published

on


Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bir qator infratuzilma loyihalari hamda «Yangi O‘zbekiston» massivini rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.

Xususan, musiqa maktabi kabi yangilanishga muhtoj binolar ko‘zdan kechirildi. «Geologlar» mahallasidagi bog‘cha nafaqat kapital ta’mirlanadi, balki tubdan qayta quriladi. Rekonstruksiyadan so‘ng u Samarqanddagi eng yirik maktabgacha ta’lim muassasasiga aylanadi va 600 nafargacha bolani qabul qiladi.

Tashrif yakunida Samarqand viloyati va tumanlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, hududlardagi bunday o‘zgarishlar Prezident tomonidan olib borilayotgan tizimli islohotlarning bir qismidir. Bunday tashriflardan asosiy maqsad — topshiriqlar ijrosini qog‘ozdagi hisobotlarda emas, balki joyiga chiqqan holda real ko‘rish va amaliy ko‘mak berishdan iborat.

«Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman», — dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashdagi oqsashlar tanqid qilindi

Published

on


O‘zbekiston prezidenti 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashda keskin va qat’iy pozitsiyani e’lon qilib, 2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashda «favqulodda holat» yili sifatida belgilanishini ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida o‘tgan tanqidiy tahliliy yig‘ilishda komplayens nazorati tizimining bugungi holati va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.

2030-yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra, uning omillarini barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlar orqali tizimli korrupsiyaning oldini olish zarurligi qayd etildi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yangi komplayens nazorati tizimi yordamida jinoyat ishlari doirasida 4,2 trln so‘m, yashirin iqtisodiyotni jilovlash hisobiga esa 8,5 trln so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 1,3 trln so‘mlik ortiqcha budjet xarajatlarining oldi olingan.

Shu bilan birga, ayrim bo‘linmalar faoliyatida hanuzgacha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmayotgani keskin tanqid qilindi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ochiq muhokama qilindi.

Birinchidan, komplayens bo‘linmalarining asosiy vazifasi korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli preventiv choralarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘lsa-da, aksariyat davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyati talab darajasida ish tashkil etilmagan.

Shuningdek, ayrim davlat organlarida komplayens bo‘linmalari qonunchilikda belgilangan minimal mezonlar asosida tashkil etilmagan. O‘rganilgan 50 ta tashkilotning 23 tasida bu talablar bajarilmagan.

Ikkinchidan, ayrim vazirlik va hokimliklarda nazorat tadbirlari umuman o‘tkazilmagan. Ba’zi tashkilotlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda esa moliyaviy qonunbuzilishlar umuman aniqlanmagan, bu esa nazorat samaradorligiga shubha uyg‘otadi.

Uchinchidan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ishlar yetarlicha samara bermayapti. Xususan, joriy yilning o‘zida manfaatlar to‘qnashuvi yo‘l qo‘yganlik bo‘yicha 105 ta ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan.

To‘rtinchidan, ayrim davlat organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarda o‘z vaqtida va to‘liq joylashtirilmayapti.

Beshinchidan, komplayens tizimida kadr va tashkiliy muammolar saqlanib qolmoqda, ayrim lavozimlar uzoq vaqt vakant holatda qolmoqda.

Oltinchidan, davlat xaridlari sohasida korrupsiya xavfining yuqoriligi saqlanib qolmoqda. So‘nggi yillarda 800 nafardan ortiq shaxs ushbu yo‘nalishda jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati vazirlik va idoralar rahbarlariga shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda tizimni natijador mexanizmga aylantirish bo‘yicha qat’iy vazifalarni belgilab berdi. Bundan buyon komplayens bo‘linmalari faoliyati korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv choralarni samarali amalga oshirish darajasiga qarab baholanadi. Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi, deyiladi xabarda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Haj» ziyorati uchun 18 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Published

on


Andijon viloyatida «Haj» ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro M.Ch. 18 000 AQSh dollar evaziga fuqarolar A.I. va B.X.ni «Haj» ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahridagi tuman elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi pora bilan ushlangandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda narkolaboratoriya ochgan yirik jinoiy guruh fosh etildi

Published

on


Toshkentda narkolaboratoriya ochgan yirik jinoiy guruh fosh etildi. 

IIV Tezkor qidiruv departamenti, Toshkent shahar IIBB hamda DXX tomonidan giyohvandlik moddalari va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olinib, yirik narkolaboratoriyalar fosh etildi.

Ushbu jinoiy guruh a’zolari jinoiy faoliyat olib borish maqsadida vazifalarni o‘zaro taqsimlab olishgan.

Jumladan, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.U.«ombor mudiri», 2000-yilda tug‘ilgan O.M., 2000-y.t. O.T.lar «laborant», 2004-yilda tug‘ilgan Sh.O‘. «qadoqlovchi» vazifalarini bajarishgan.

Tayyorlangan kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni aholi orasida, ta’lim muassasalari oldida tarqatish maqsadida «tarqatuvchi»larni («zakladchiklar») yollashgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq platformasida onlayn narkodo‘kon ochishgan.

Narkolaboratoriya tashkil qilish maqsadida jinoiy guruh a’zolari ikkita xonadonni ijaraga olgan. Ushbu xonadonlarda kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni qadoqlash uchun zarar bo‘lgan asbob-anjomlar, kapsulalar, kukun ko‘rinishidagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, prekursorlarni saqlashgan.

Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbirlar davomida «tarqatuvchi» vazifasini bajargan shaxslar: 1993-yilda tug‘ilgan V.A., 2003-yilda tug‘ilgan D.Yu., 2004- yilda tug‘ilgan I.R.lar ushlangan. Xolislar ishtirokida tekshirilganda ularning yonidan jami 1 050 dona kuchli ta’sir qiluvchi vositalar, telefon apparatlari aniqlangan va dalolatnoma asosida rasmiylashtirib olingan.

Toshkent viloyatida davom ettirilgan tezkor tadbirda Sh.O‘., Sh.U., O.M.lar ijarada yashab kelgan xonadonda tintuv tergov harakati o‘tkazilgan. Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan ushbu xonadonda 9 kg «Pregabalin», 500 gramm )«Tropikamid» moddalari, 600 dona kapsuladagi «Pregabalin» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, qadoqlash uchun zarur asbob-anjomlar daliliy ashyolar tariqasida olingan.

Shuningdek, Olmaliq shahrida O.T. ijarada yashayotgan xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 6 kg «Pregabalin», 500 gramm «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda qadoqlash uchun zarur asbob-anjomlar aniqlanib, bayonnoma asosida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-prim.1-moddasi («Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy guruh a’zolariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining sa’y-harakatlari bilan 360 mingdan ortiq bir marotabalik dozaga teng bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi vositalarining aholi orasida tarqalishi oldi olindi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.