Sport
Omadim bor ekan, juda aqlli o‘yinchilarga egaman – Fabio Kannavaro
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Al Ain Cup xalqaro turniri finalidan o‘rin olgan Eronga (0:0, pen. 4:3) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini aytdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Al Ain Cup finalidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, savollarga javob qaytardi.
– G‘alaba qozonish har doim yoqimli, futbolchilar, muxlislar xursand. Eronga qarshi o‘yin oson bo‘lmadi. Har doim kurashish kerak. Eron juda kuchli, ularga qarshi bo‘shashib bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, juda yaxshi o‘ynadik. Uchta yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda gol urolmadik, o‘yin penaltilar seriyasigacha bordi. Raqib darvozamiz oldida imkoniyat yaratmadi. Albatta qizil kartochkadan keyin o‘yin qiyinlashdi. Futbolchilarimning mentalitetidan xursandman. Bir o‘yinchi kam bo‘lsak ham, raqibga hech qanday imkoniyat bermadik.
– Eron Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri, juda yaxshi futbolchilarga ega. Futbolchilarim qizil kartochkadan keyin qiyinchiliklarga yanada ko‘proq bardosh bera olishini tushundi, bir jamoa bo‘lib o‘ynadi. Bunday kuchli jamoaga qarshi kamchilik bo‘lib o‘ynash har doim qiyin.
– Birinchi kuni aytganimdek, ko‘p narsani o‘zgartirishni xohlamayman, faqat ba’zi jihatlarni yaxshilashni istayman. Biz ko‘proq himoya orqali hujumga o‘tishga harakat qildik. Ko‘proq muvozanatga, yuqori pressingga harakat qildik. Bu oddiy narsalar, o‘ziga xos jihati yo‘q. Jahon chempionatigacha vaqt ko‘pmas, ko‘p narsani o‘zgartira olmaymiz. Lekin omadim bor, juda aqlli o‘yinchilarga egaman. Ular mashg‘ulotlardan zavq olyapti. Jamoada ichki muhit ham yaxshi. Jamoani jismoniy taraflama yaxshilashimiz kerak. Mart oyida yana ko‘ramiz, jamoani jismoniy taraflama yaxshilashimiz kerak.
– Yangi nutritsiolog? U albatta bizga yordam beradi. Ovqatning sifati mayda narsa bo‘lishi mumkin, ammo keyinchalik yaxshi natijalarga olib keladi. Ammo nutritsiolog kelgani uchun g‘alaba qozondik deb aytolmayman.
– Penaltilar bo‘yicha mashg‘ulot qildik va qaysi o‘yinchilar yaxshi tepishini aniqlab oldim, shunga qarab tanladim. Ammo penaltilar ba’zan yaxshi, ba’zan yomon natija bilan tugaydi. Bugun penaltilar bo‘yicha Erondan yaxshiroq bo‘ldik. Va biz kubokni uyga olib ketamiz.
– Oston O‘runov yaxshi o‘ynashi kerak, uning salohiyati yuqori, lekin 45 daqiqadan keyin unda muammolar paydo bo‘lyapti. O‘yindan zavq olishi kerakligini o‘ziga ham aytdim. Bir o‘yinda yaxshi harakat qilib, ikkinchi o‘yinda sust bo‘lishini xohlamayman. Kelajakda unga yordam beramiz va ko‘proq barqarorlik kutib qolamiz.
– Yanvarda yig‘in o‘tkazamiz, lekin faqat mahalliy futbolchilar qatnashadi. Ko‘proq yoshlarni jalb qilamiz.
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
Sport
Ronaldu Messining oilasidagi yo‘qotishga munosabat bildirdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu otasi vafot etgan argentinalik futbolchi Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi. U Messining Instagram sahifasidagi posti ostida izoh qoldirdi.
«Bu qiyin damlarda siz va yaqinlaringizni mahkam quchgan holda chuqur hamdardlik bildiraman, Leo. Bardoshli bo‘ling», deb yozgan Ronaldu.
Avval Messi «Inter Mayami»dagi o‘yinchilik faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan edi. U oilasi va do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Argentinada qoldi.
Xorxe Messi 8-avgust kuni 68 yoshida vafot etdi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Ko‘p yillar davomida argentinalik futbolchining otasi o‘z o‘g‘lining faoliyatida muhim o‘rin tutardi.
Sport
Dunyoning eng boy odamlaridan biri «Liverpul»ni sotib oladi
Amazon asoschisi Jeff Bezos professional sportga sarmoya kiritish niyatida. The Guardian nashrining xabar berishicha, tadbirkor boshqa investorlar bilan birgalikda Angliyaning «Liverpul» futbol klubining kamida 30 foiz ulushini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Kelishuv 1,35 milliard funt sterling yoki taxminan 1,8 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin.
«Liverpul» taxminan 6 milliard dollarga baholanadi va dunyodagi eng taniqli sport brendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bezosning qiziqishi kengroq tendensiyaga mos keladi: badavlat amerikalik investorlar Angliya futbol klublarida faol ravishda ulushlarni sotib olmoqdalar. Amerikalik aksiyadorlar allaqachon «Chelsi», «Kristal Pelas», «Everton» va «Bornmut» kabi 20 ta Premer-liga jamoalaridan 13 tasiga egalik qilishadi.
Agar kelishuv amalga oshsa, Bezos ingliz futboliga faol ravishda sarmoya kiriyotgan amerikalik milliarderlar safiga qo‘shiladi.
Investorlar uchun ingliz futbolining jozibadorligi qisman sportning Qo‘shma Shtatlarda tobora ommalashib borayotgani bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yetakchi Amerika sport franshizalari ko‘pincha yangi investorlar uchun juda qimmat yoki cheklangan, ingliz klubidagi ulush esa global auditoriyaga va eng tijorat jihatidan jozibador sport bozorlaridan biriga kirish imkonini beradi.
-
Siyosat5 days ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Siyosat4 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev AQSh kongressmenlari delegatsiyasini qabul qildi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Sport5 days ago
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat3 hours ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
