Connect with us

Jamiyat

Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi

Published

on


Turkiyada O‘zbekiston tomonidan qidirilayotgan ikki ayol qo‘lga olinib, vatanga qaytarildi. Ulardan biri 6 yildan buyon qidiruvda bo‘lib, fuqarolarni AQSh va Yevropaga ishga yuborish uchun yirik miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Ikkinchisi esa odam savdosi jinoyati bo‘yicha gumonlanmoqda.

Foto: Istanbuldagi Bosh konsulxona

Turkiyada O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidirilayotgan ikki fuqaro ushlanib, vatanga qaytarildi, deya xabar bermoqda Istanbuldagi Bosh konsulxona.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan ayollardan biri 6 yildan buyon huquq-tartibot idoralaridan yashirinib yurgan. U fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, AQSh va Yevropa davlatlariga yuqori maoshli ishlarga yuborishni va’da qilgan.

Shu yo‘l bilan ayol fuqarolarning ishonchiga kirib, yirik miqdordagi mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, tezkor tadbirda Jinoyat kodeksining 135-modasi (odam savdosi)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan yana ayol ham ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Konsullikka ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ayni paytda xorijda yashirinib yurgan yana bir nechta qidiruvdagi shaxslarni aniqlash, ushlash va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish bo‘yicha tegishli protsessual va tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Kalondimog‘ va takabbur «Robinzon»ning sarguzashtlari

Published

on


1847-yilda 24 yoshli shaharlik sovuqqon, takabbur yigit, nasldor dvoryan, iste’fodagi gusar Sergey Lisitsin Amerikaga yetib olish maqsadida Andreyev bayrog‘i ostidagi kemaga chiqdi. Ofitserlar kayut-kompaniyasida uni juda xushmuomalalik bilan kutib olishdi, biroq Lisitsin mast holatda kema kapitaniga haqoratli gaplar gapirib, matroslarni isyon ko‘tarishga unday boshladi. Ana shunda kapitan fitnachining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, ko‘zlarini bog‘lab, qo‘liga xat tutqazgan holda kimsasiz qirg‘oqqa tashlab ketishni buyurdi…

Mahbus kishanlardan xalos bo‘lib, ko‘zidagi bog‘ichni yechganida, ufqda uzoqlashib borayotgan kemani ko‘rdi. Olijanob kapitan unga kiyim-kechak to‘la jomadon, uch juft etik, po‘stin, bir juft to‘pponcha, qilich, xanjar, shakar va choy zaxirasi, tilla cho‘ntak soati, buklama pichoq, bir pud qotirilgan non, ikki flyaga aroq, toza daftarlar, soqol olish anjomlari, chaqmoqtosh, gugurt zaxirasi va hatto 200 ta Gavana sigarasini qoldirgan edi.

Bularning barchasiga 26 ta o‘q-doridan iborat ajoyib miltiq va kema komandirining quyidagi xati ilova qilingandi: «Muhtaram Sergey Petrovich! Dengiz ustaviga ko‘ra, sizni o‘lim jazosiga mahkum etish kerak edi. Ammo yoshligingiz, noyob iste’dodingiz va, eng muhimi, men payqagan mehribon qalbingiz hurmati sizga hayot baxsh etaman… Sizdagi bu baxtsiz fe’l-atvorni yolg‘izlik va muhtojlik tuzatishini chin dildan xohlardim. Vaqt va mulohazalar mening ushbu bag‘rikengligimni qadrlashga o‘rgatadi, agar taqdir bizni qachondir yana uchrashtirsa (buni chin qalbdan istayman), biz dushman sifatida uchrashmaymiz. A. M.».

Dvoryan Lisitsin umrida o‘z qo‘li bilan biror ish bajarib ko‘rmagan edi: mulkida unga krepostnoy dehqonlar, polkda esa xizmatkor askar g‘amxo‘rlik qilardi. Kema Oxota dengizi bo‘ylab suzib ketayotganini bilgani uchun, u o‘zini Aleut yoki Kuril orollari zanjiridagi quruqlik parchalaridan birida qoldirilgan, deb umid qildi. Biroq tez orada ahvoli juda ayanchli ekanini anglab yetdi. U taqdir taqozosi bilan ikki dengiz qurshovida qolgan edi. Qarshisida sovuq Oxota dengizi mavjlanib turar, ortida esa cheksiz va qalin «yashil tayga dengizi» shovullardi. U yerda esa – ayiqlar, bo‘rilar, silovsinlar, zaharli ilonlar bor edi.

Bir oy ichida «rus Robinzoni» o‘ziga pechkali uy qurib, mebellar yasab oldi. Patronlarni tejash maqsadida palaxmon, kamon va o‘qlar yasadi. Va juda to‘g‘ri qilgan ekan – qishda uning uyiga och bo‘rilar galasi yopirilib keldi. Lisitsin miltiq orqali yaqin masofadan 8 ta yirtqichni otib o‘ldirdi. Bundan oldin esa ayiqni otib, o‘zini issiq mo‘yna va ayiq go‘shti zaxirasi bilan ta’minlagan edi. U baliq tutdi, qo‘ziqorinlar yig‘ib, quritdi.

12 aprel kuni Sergey Lisitsin bahorgi bo‘ronlar oqibatini kuzatib, qirg‘oq bo‘ylab sayr qilib yurganida, yuztuban yotgan odamni ko‘rib qoldi. Notanish kimsa holsiz va hushsiz edi. Ma’lum bo‘lishicha, Vasiliy ismli bu baxtsiz odam Rus Amerikasiga ketayotgan transport kemasidan ekan. Kema teshilib, suv kira boshlagach, hamma qochib ketgan, uni esa o‘g‘li bilan unutib qoldirishgan ekan. Ko‘p o‘tmay, kemani uzoq bo‘lmagan joydan topishdi. Kemada 16 yoshli o‘smirdan tashqari ikkita ovcharka iti, mushuklar, 8 ta Xolmogor sigiri, bir buqa, 16 ta ho‘kiz, 26 ta qo‘y, oziq-ovqat zaxiralari, asbob-uskunalar, arpa va javdar urug‘lari, shuningdek, qurol-yarog‘, teleskop, ikkita durbin, samovar, qurilish va bog‘dorchilik anjomlari bor edi.

Yetti oylik yolg‘izlik «to‘ra»ning kalondimog‘ligi va dvoryanlik takabburligini butunlay uchirib yuborgandi. Bunday katta xo‘jalik va yana ikki juft chaqqon hamda mehnatkash qo‘llar bilan ular yoz davomida nafaqat uy va hammomni yangilashdi, balki sariyog‘, qaymoq, pishloq va tvorog tayyorlashni ham o‘rganishdi. Yer haydab, arpa va javdar hosilini yig‘ib olishdi. Dengiz va daryodan ko‘plab baliq ovlashni yo‘lga qo‘yishdi. Qo‘ziqorin, rezavorlar va shifobaxsh o‘tlarni yig‘ib, qayta ishlashni boshlashdi. Bir so‘z bilan aytganda, mehnat jamoasi bo‘lib yashay boshlashdi…

1857-yilda yozuvchi Aleksandr Sibiryakov Amur bo‘yidagi mis va oltin konining mehmondo‘st egasi Sergey Lisitsin bilan uchrashdi. Bu mis rudasi va oltin konlarini u bir vaqtlar yolg‘izlikda yurgan chog‘larida topgan edi. Hukumat Lisitsinni ushbu yerlarning boshqaruvchisi etib ham tayinlagandi. Uning «Jumavoy»i – Vasiliy ham yonida edi. Vasiliyning o‘g‘li Moskva universitetida tahsil olardi.

Peterburg universitetida esa bir paytlar isyonchi gusarni kimsasiz qirg‘oqqa tashlab ketgan o‘sha kema komandirining ikki o‘g‘li Lisitsinning hisobidan o‘qir edi. Sergey Lisitsin boy-badavlat insonga aylangach, keksa kapitanni izlab topdi, uni so‘nggi yo‘lga kuzatib, bolalarining barcha ta’minotini o‘z zimmasiga oldi.

Saidmurod Xolbekov



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


U kelishilgan pullar hisobidan 48 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Telegram / Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, fuqaro B.L. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, uni 4 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ishga kiritib qo‘yishini aytgan.

U kelishilgan pullar hisobidan 48 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1,5 gektar yer uchun 750 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga tushdi

Published

on


DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari davlatning yerini noqonuniy rasmiylashtirib berishga uringan shaxsni qo‘lga oldi.

Toshkent shahrida yashovchi bu shaxs (1979-y.t.) tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiyo‘l tumanida joylashgan davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yerni arxitektura va kadastr tizimlarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 750 ming AQSh dollari so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar so‘ragan pulidan 20 ming dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalla ahli yechim kutayotgan holat

Published

on


Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Orol 4 ko‘chasida yashovchi fuqaroning uyida to‘planayotgan chiqindilar sabab boshqa qo‘shnilarning hayoti xavf ostida qolyapti. Chunki hududda kalamush, sichqon, ilonlar paydo bo‘lgan. Fuqaro ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan. Ammo oradan vaqt o‘tib, muammo takrorlanaveradi. Kun.uz muammoning sabablari va unga nega haligacha barqaror yechim topilmaganini o‘rgandi.

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Podshobog‘ mahallasida yashovchi fuqarolar yillardan buyon bir qo‘shni bilan bog‘liq muammodan shikoyat qilib kelmoqda. Ularning aytishicha, mahalladagi uylardan birida istiqomat qiladigan Lyubov Makunina muntazam ravishda turli chiqindilarni uyi va hovlisi atrofiga to‘playdi. Natijada hududda yoqimsiz hid tarqalishi, kalamush va boshqa zararkunanda kemiruvchilar ko‘payishi kuzatilmoqda.

Mahalla aholisi so‘zlariga ko‘ra, muammo bir necha yildan beri davom etmoqda. Hatto ayrim qo‘shnilar bu holat takrorlanmasligi uchun fuqaroga har oy ma’lum miqdorda mablag‘ berishni ham taklif qilgan. Ammo bu taklif rad etilgan va vaziyat yana avvalgi holatiga qaytgan.

Fuqarolarning aytishicha, ular bir necha bor turli idoralarga murojaat qilgan. Hudud vaqti-vaqti bilan tozalangan bo‘lsa-da, chiqindilar yana yig‘ila boshlagan. Ayni paytda qo‘shnilar muammoni barqaror hal qilish uchun qaysi tashkilotga murojaat qilish kerakligi borasida ham aniq yechim topa olmayotganini bildirmoqda.

“Shu mahallaga 2020 yilda ko‘chib kelganmiz, o‘shandan beri bu hol davom etib kelyapti. Hozir uyimizda kalamush ham, sichqon ham bor, ilonlarni ko‘rishibdi qo‘shnilarimiz. Juda tahlikada yashaymiz, yiliga bir necha marta dezinfeksiya chaqiramiz, chunki uyimizga o‘tib ketmasligi uchun. Har doim atrof-muhitniyam dezinfeksiya qilishga harakat qilamiz. Yillar davomida mutasaddi idoralarga aytib kelyapmiz: yordam berishyapti. Lekin har safar shu narsaga energiya sarflashdan odam charchadi. Besh yildan beri bitta yechim qilinmayapti, 10-15 yil – yana qancha shug‘ullanish mumkin bu bilan?”, – deydi shu ko‘chada yashovchi Salih Bekmurodov.

Tasvirga olish jarayonida Kun.uz profilaktika inspektori bilan birgalikda mazkur xonadon eshigini bir necha bor taqillatib, uy egasini suhbatga chaqirishga urindi. Biroq ichkaridan faqat itlarning hurgani eshitildi.

“10 yildan beri xotin-qizlar faoli bo‘lib ishlayman. Orol 4 ko‘chasidagi fuqaroning yashash sharoitini azaldan bilamiz. Qo‘ni-qo‘shnilari shikoyat qilishadi. 2023 yilda SES boshchiligida o‘zimiz tozalab ketganmiz. O‘shanda nafaqa chiqarishga yordam beraylik deganimizda ko‘nmadi. Mushuk-kuchuklarining qonuniy pasportlari bor. Uyi to‘la axlat, hasharotlar. O‘ziniyam zararlashi mumkinligini aytsak tushunmaydi, kulib turaveradi. Yaqinlarini so‘rasak aldaydi”, deydi mahalla xotin-qizlar faoli Robbiya Rahmatullayeva.

Mutaxassis: bu holat ruhiy salomatlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin

Tibbiy psixolog Guli To‘rayevaning ta’kidlashicha, bunday holatlar ayrim ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Xalqaro kasalliklar kvalifikatsiyasida bu holat Plyushkin sindromi, ya’ni patologik jamg‘arish kasalligi deyiladi. Avvallari bu simptom sifatida ko‘ringan, lekin hozirgi kunda alohida kasallik sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu kasallikka yondosh kasallik sifatida shizofreniya, depressiyasi bo‘lgan insonlarda uchrashi mumkin. Bu holat Plyushkin sindromi deyiladi, ilmiy adabiyotlarda patologik jamg‘arish kasalligi hisoblanadi. Bunga psixiatr tashxis qo‘yadi, kerak bo‘lganda dori-darmon va klinik psixoterapevt tomonidan muolajalar o‘tkazilishi kerak.

Bunda inson barcha chiqindilarni, hayvonlarni uyga yig‘ib keladi. Hatto uyida yashashga joy qolmasligi mumkin, sanitariya-gigiyena talablari judayam buziladi. Biror buyumiga qo‘l tekkizmoqchi bo‘lganlarga qattiq agressiya bilan javob qaytaradi. Kasallik kelib chiqishiga ayrim sabablar bor: oxirgi o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda shunday tashxisli bemorlar tekshirilganda peshona qismining o‘ng tomonida jarohatlar o‘tkazgan insonlarda bu kasallikka uchrash ehtimoli katta. Yaqinlarini yo‘qotgan, yolg‘iz, shizofreniyasi bor, depressiyadagi insonlarda ham bu ehtimol katta.

Ularga birinchi o‘rinda tashxis qo‘yish kerak. Buni psixiatr qo‘yadi – mustaqil kasallik yoki boshqa kasallik alomatlari ekani aniqlanadi. Bu bemorlarga tanbeh berish, narsalariga tegish ularni tajovuzkor qilib qo‘yadi. Ularni shifokor ko‘rigiga olib borish tavsiya qilinadi”.

Qonunchilikda qanday javobgarlik bor?

Mahalla inspektori ma’lum qilishicha, mazkur fuqaro bir necha marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, shahar obodonlashtirish va maxsus xizmat tashkilotlari tomonidan hudud bir necha bor tozalangan. Biroq ma’lum vaqt o‘tgach, chiqindilar yana to‘plana boshlagan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, aholi yashash joylarida sanitariya qoidalarini buzish, hududlarni ifloslantirish yoki obodonlashtirish talablariga rioya etmaslik holatlari uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Agar bunday holatlar aholi salomatligiga xavf tug‘dirsa, vakolatli idoralar sanitariya-epidemiologiya xizmati, ichki ishlar organlari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qo‘shimcha choralar ko‘rishi mumkin.

Biroq Podshobog‘ mahallasidagi holatda asosiy muammo – yana bir marta chiqindilarni tozalash emas, balki vaziyatga amaliy va tugal yechim topish. Bugun bir fuqaroning harakatlari oqibatida atrofdagi o‘nlab odamlar yoqimsiz hid, kalamushlar va zararkunanda hasharotlar bilan yonma-yon yashashga majbur bo‘layotganini aytishmoqda. Eng muhimi, mahalla ahli ta’kidlayotgan muammo yillardan buyon takrorlanayotgan bo‘lsa-da, unga hanuz barqaror yechim topilmagan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi

Published

on


45-yo‘nalishda qatnovchi elektrobus Qo‘yliq shohbekatida orqaga harakatlanayotgan paytda, piyodani urib yubordi. 35 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan. Avtobusni 7 yil stajga ega 32 yoshli haydovchi boshqargan.

Hodisa videosidan kadrlar

Toshkent shahrida elektrobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda odam urib yubordi.

“Toshshahartransxizmat” ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 6 iyun kuni soat 13:40 larda, “Qo‘yliq dehqon bozori” avtoshohbekatida ro‘y bergan.

45-yo‘nalishda qatnovchi Yutong rusumli elektrobus orqaga harakatlanayotgan paytda, 1991 yilda tug‘ilgan piyoda A.K.ni bosib ketgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.

Avtobusni 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.N. boshqargan, uning umumiy mehnat faoliyati – 7 yil.

YTH ichki ishlar xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

“Toshshahartransxizmat” baxtsiz hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.