Jamiyat
Olmazor tumanida “Gazel” avtomobili yonib ketdi
4 fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida “Gazel” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa joyiga qutqaruv xizmatlari tezkor yetib borib, yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirildi.
Kecha, 4 fevral kuni soat 16:22 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Qoraqamish ¼ dahasi hududida “Gazel” rusumli avtomobil yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Ma’lumotga ko‘ra, qutqaruv texnikalari hodisa joyiga soat 16:29 da yetib borgan va yong‘in soat 16:33 da to‘liq o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.