Jamiyat
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Olmaliq shahrida mototransport ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIBB YHXB.
Ma’lum qilinishicha, 14 may kuni soat 23:00 larda Toshkent viloyati Olmaliq shahri A.Temur ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro C.F. mototsikl boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lni piyodalar uchun belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa natijasida piyoda turli xil tan jarohatlari olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
«Aviasozlar» bozori buziladimi? Poytaxt hokimligi bayonoti
Tarmoqda «Aviasozlar» bozori buzilishi haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi mazkur masala yuzasidan bayonot berdi.
Aytilishicha, xalq tilida Kadishev bozori deb nomlanuvchi «Aviasozlar» bozorining, shuningdek, savdo rastalari va do‘konlarining buzilishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bozor odatdagi tartibda ishlamoqda. Olib borilayotgan ishlar qonuniy asosda faoliyat yuritayotgan savdo rastalari va obyektlariga daxl qilmaydi. Gap uzoq vaqt davomida tartibsiz, o‘zboshimchalik bilan tashkil etilgan savdo mavjud bo‘lgan bozorga tutash hududda tartib o‘rnatish haqida ketmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.
Ushbu hududda ayrim fuqarolar meva, sabzavotlar, go‘sht mahsulotlari va kalla-pochalarni ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, jumladan, sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda sotgan. Zarur sanitariya sharoitlari va mahsulot sifati nazoratining yo‘qligi oziq-ovqat xavfsizligi uchun xavf tug‘dirardi.
Bundan tashqari, tartibsiz savdo piyodalarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilar, transport harakatiga xalaqit berar, tirbandliklar, odamlarning to‘planishi, tartibsiz avtoturargohlar va aholi, xaridorlar hamda bozorga tashrif buyuruvchilar uchun noqulayliklar tug‘dirardi.
Ushbu hududda savdo qilgan shaxslarga bozor hududidan muqobil, maxsus ajratilgan va qonuniy joylar taklif etilmoqda. Bu joylar tadbirkorlar uchun ham, xaridorlar uchun ham yanada tartibli va qulay sharoitlarni nazarda tutadi.
«Ushbu hududda ishlar yakunlangach, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, avtomobillar uchun turargoh tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tartibsiz avtoturargohlarni kamaytirish, hududga kirishni optimallashtirish va xavfsiz qilish, shaxsiy transportda harakatlanish uchun qulayroq sharoitlar yaratish hamda yaqin atrofdagi ko‘chalardagi yuklamani kamaytirish imkonini beradi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazini tashkil etmoqchi
O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Umid Shodiyev ushbu davlatdagi nufuzli «Unison Capital Investment» kompaniyasi ijrochi direktori Tamer Akl bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Muzokaralar davomida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida sog‘liqni saqlash sohasida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida Farg‘ona viloyatida DXSh asosida kompyuter tomografiyasi bo‘limlarini tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, kompaniya respublika bo‘ylab 100 ta to‘liq siklli diagnostika markazlarini tashkil etish rejalarini taqdim etdi. Ushbu markazlarda MSKT, MRT, rentgenografiya, gemodializ va laboratoriya diagnostikasi xizmatlarini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
«Unison Capital Investment» rahbariyati Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etib, forum doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari bilan mazkur loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.
Mazkur tashkilot sog‘liqni saqlash va kapital talab qiladigan yo‘nalishlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan xususiy investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya tibbiy infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni boshqarish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, kompaniya mintaqa bo‘yicha birinchi bo‘lib BAA Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda DXSh modeli asosida tibbiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirayotgan xususiy tashkilotlardan biridir.
Jamiyat
Bugun O‘zbekistonda harorat 33 darajagacha ko‘tariladi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° bo‘ladi.
Jamiyat
O‘zbekistonda oilalar qanchalik baxtli?
O‘zbekistonda oilalar qanchalik baxtli?
Source link
Jamiyat
21:46 Popda novvoylar nom tufayli janjallashishdi
21:46
Popda novvoylar nom tufayli janjallashishdi
Source link
-
Jamiyat5 days agoНавоийда бир неча кун қизғин давом этган «Медиа ҳафталик» якунланди
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp 13-15 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi.
-
Sport5 days agoO‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
-
Sport5 days agoDenovdagi kurash musobaqasi qotillik bilan yakunlandi: Taniqli polvon pichoqlab o‘ldirildi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondagi konlarni o‘zlashtirishni boshladi
-
Siyosat3 days ago
Trampga 80 kunlik muddat nima berdi? (video)
-
Jamiyat4 days ago
Rishtonda muqaddam sudlangan kadastr xodimi ushlandi
-
Jamiyat4 days ago
Surxondaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
