Jamiyat

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova haqidagi “Diyora. Nozik yo‘l” xujjatli filmi yaratildi

Published

on


Toshkentda ayollar dzyudosi tarixida birinchi marta Olimpiada oltini qo‘lga kiritgan sportchi — Diyora Keldiyorova haqida suratga olingan “Diyora. Nozik yo‘l” hujjatli filmi namoyish etildi. Premera 17 noyabr kuni Cinematica kinoteatrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sport jamoatchiligi, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tomoshabinlar ushbu filmni 20 noyabrdan boshlab Kinopoisk platformasida tomosha qilishlari mumkin.

Hujjatli film zamonaviy o‘zbek sportining eng yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Keldiyorovaning sportchi sifatida shakllanish jarayoni, sportga kelishi va unga olib borgan nozik, biroq matonatli yo‘lini yoritib beradi. Kartinada Diyoraning faqatgina g‘alabalari emas, balki jamiyatda uzoq vaqt “erkaklar sporti” sifatida qabul qilingan sohada o‘z o‘rnini topgan ayol sifatidagi ichki kurashi ham aks etgan.

2024 yilgi Olimpiadada qo‘lga kiritilgan g‘alaba O‘zbekiston sport tarixida yangi sahifa ochdi. Diyoraning oltin medali — mamlakatimiz tarixida ayol dzyudochi tomonidan olingan ilk Olimpiada oltini sifatida qayd etildi. Eng ta’sirli daqiqalardan biri 1/8 finalda besh yil davomida mag‘lub bo‘lmagan yapon sportchisi Uta Abeni taslim etgan payt bo‘ldi. Shundan so‘ng u Germaniya va Kosovo vakillaridan ustun kelib, finalga yo‘l ochdi.

Film mualliflari sportchining yo‘li orqali ayol mustahkamligi, erkinlik, oilaviy qo‘llab-quvvatlash va jamiyat stereotiplariga qarshi kurash mavzularini ochib beradi. Tomoshabin film orqali Diyoraning nafaqat sportdagi, balki shaxsiy hayotidagi eng muhim burilish nuqtalarini ham ko‘ra oladi.

Loyiha Sardor Kazi tomonidan Kinopoisk va Yandex Uzbekistan hamkorligida suratga olingan. Kartina MOC ijodiy prodyuserlik markazi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, rejissyorning birinchi to‘laqonli hujjatli filmi hisoblanadi.

“Biz o‘zbek sportining yorqin nomlari haqida hikoya qiluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz. Bunday hujjatli filmlar tarixni saqlab qolish bilan birga, yangi marralar sari ilhom bag‘ishlaydi”, — deydi Izzat Shukurov, Yandex O‘zbekiston rahbari.

20 noyabrdan boshlab “Diyora. Nozik yo‘l” filmini Kinopoisk platformasida onlayn tomosha qilish mumkin bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version