Sport
O‘FA har ikki klubni jazoga tortdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
Superliga
“Paxtakor” — “Qizilqum”
O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvining 50-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Roman Papariga to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Roman Paparigaga (Qizilqum) 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Alijonov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan. Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Hojiakbar Alijonovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Shohruz Norxonov hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan. Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shohruz Norxonovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon” — “Sho‘rtan”
Superliga chempionatining 25-turi doirasidagi “Andijon” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Erjan Tokatayev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Erjan Tokatayevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Abdulvohid G‘ulomov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulvohid G‘ulomovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — OKMK
Superliga chempionatining 25-turi doirasidagi “Neftchi” — OKMK uchrashuvining 72-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Boyan Siger o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Boyan Sigerga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 86-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Anvarjon G‘ofurov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon G‘ofurovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Paxtakor”
O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasidagi “Xorazm” — “Paxtakor” uchrashuvining 89-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Shahrom Samiyev to‘p uchun kurashda tirsagi bilan raqib futbolchisining yelkasiga zarba bergani, shuningdek, “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Zaid Tahsin ham tirsagi bilan raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahrom Samiyevga (Xorazm) 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Zaid Tahsinga (Paxtakor) nisbatan esa 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Bunyodkor” — “Mash’al”
Superliga chempionatining 26-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Mash’al” uchrashuvining 60-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir To‘raqulov to‘p uchun kurashdan so‘ng yotgan holda raqib futbolchisining qorin qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Amir To‘raqulovga (Bunyodkor) 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “Andijon”
Superliga chempionatining 26-turi doirasidagi “Surxon” — “Andijon” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Ismoil Akinade to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun qizil unga kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ismoil Akinadega (Andijon) 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Nasaf”
Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Nasaf” uchrashuvining 68-daqiqasida “Nasaf” jamoasi murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Toshpo‘latovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan” — OKMK
Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — OKMK uchrashuvining 90+1-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Javohir Ilyosov hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Ilyosovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Surxon”
Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “Neftchi” — “Surxon” uchrashuvidan so‘ng “Surxon” jamoasi texnik direktori Nurali Nurullayev hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nurali Nurullayevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Qizilqum”
Superliga chempionatining 27-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Qizilqum” uchrashuvining 17-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Shohruz Norxonov hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shohruz Norxonovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al” — “Qo‘qon-1912”
Superliganing 27-turi doirasidagi “Mash’al” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Abdug‘afur Haydarov hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdug‘afur Haydarovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 89-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Andro Giorgadze hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Andro Giorgadzega jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston Kubogi
“Paxtakor” — “Buxoro”
O‘zbekiston Kubogi finali doirasidagi “Paxtakor” — “Buxoro” uchrashuvining 103-daqiqasida futbolchilar o‘rtasida tartibsizlik kelib chiqqan va rasmiylar maydonga chiqib ketgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, har ikki klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Sport
Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.
Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.
«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.
Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.
Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.
Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.
Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.
«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.
Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.
Sport
Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi
Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
Sport
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.
Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.
Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.
Sport
O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.
Sport
O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.
Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.
27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.
-
Jamiyat5 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot21 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
