Connect with us

Jamiyat

Odilxon qori qamoqqa olindi

Published

on


Pop tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi doirasida 5 nafar sudlanuvchi, jumladan Odilxon Ismoilovga nisbatan ham «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov organi Odilxon qoriga Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilgan.

Odilxon Ismoilov / Foto: Xalqaro press klub

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Odilxon qori» nomi bilan mashhur bo‘lgan sobiq imom Odilxon Ismoilov qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ba’zi manbalarda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingani ham yozildi.

Kun.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, 2026 yil 21 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida qator iqtisodiy jinoyatlar sodir qilishda gumonlangan 6 kishiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Ushbu ishda gumonlanuvchilar qatorida Ismoilov Odilxon Yunusxon o‘g‘li ham bor. Tergov organi unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘ygan. Xususan:


167-modda 3-qismi “a” bandi, “v” bandi – O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (juda ko‘p miqdorda, uyushgan guruh tomonidan);
179-modda – Soxta tadbirkorlik;
184-modda 3-qismi – Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash;
189-modda 1-qismi – Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish;
209-modda 2-qismi “a” bandi, “b” bandi – Mansab soxtakorligi;
227-modda 2-qismi “a” bandi – Hujjatlar, shtamplar, avtomototransport vositalarining davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish;
228-modda 2-qismi “a” bandi, “b” bandi – Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish;
228-modda 3-qismi – Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish.

Bundan tashqari, Odilxon Ismoilov bilan birga yana 5 kishi ushbu ish doirasida ayblanmoqda. Ularga ham shu turdagi bir qancha moddalar bilan ayblovlar qo‘yilgan.

Ish sudya Adolat Xo‘jayeva raisligida ko‘rilgan, jabrlanuvchilar qatorida Behzod Ahmedov va G‘olibjon O‘rinboyev sanalgan.

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 49 yoshli Odilxon Ismoilov va boshqalar, jami 6 kishiga nisbatan Jinoyat kodeksining 167, 179, 184, 189, 28, 209, 209, 227, 228-moddalari bilan ayblov qo‘yilgan. Ularga oid jinoyat ishi ayni paytda jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, 5 nafar sudlanuvchi jumladan Odilxon Ismoilovga nisbatan ham «qamoqqa olish» ehtiyot choralari, 1 nafar shaxsga esa «garov» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Oliy sud rasmiysi sud jarayoni yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li – so‘nggi o‘n yilliklarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekzabon segmentida mashhur bo‘lgan voiz va imomlardan biri. U o‘z faoliyatini 1998-1999 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi «Hazrati Umar» jome masjidida imom–xatib vazifasidan boshlagan.

1999–2000 yillarda Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida (Ko‘kcha) imom noibi vazifasida ishlagan. 2010 yildan Toshkent shahar bosh imom–xatibi o‘rinbosari bo‘lgan. 2011 yildan 2018 yilning yozigacha Shayxontohur tumani bosh imom xatibi va «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagandi.

2018 yil iyul oyida Odilxon qori «tasdiqlanmagan xabarlarni internet orqali tarqatgani va bemorligi vajidan vazifani uddalay olmayotgani sababli» Musulmonlari idorasi raisi, marhum muftiy Usmonxon Alimov tomonidan ishdan olingan edi.

Shundan so‘ng u diniy idora huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Diniy-ma’rifiy targ‘ibot bo‘limini boshqargan.

2019 yil fevralida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Shayxontohur tumani, «Xo‘ja Alambardor» masjidiga (xalq tilida Kamolon masjidi) imom-xatib etib tayinlangan. 2019 yilning sentabrida esa sog‘ligidagi muammolar tufayli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgandi. Shundan so‘ng, Odilxon qori O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritmagan.

Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, 49 yoshli Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li – Namangan viloyatida tug‘ilgan, “Rayxon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi hisoblanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.