Sport
Octobank’ning birinchi korporativ futbol turniri — «Football CUP» bo‘lib o‘tdi
2025 yil 11 oktyabr kuni «Jar» stadioni hayajon, jo‘shqinlik va karnay-surnay sadolari bilan to‘lib-toshdi — Octobank o‘zining birinchi yirik korporativ futbol turnirini shunday faolllik bilan o‘tkazdi. Bu kun nafaqat ishda, balki maydonda ham g‘alaba qozonishga odatlangan hamkasblarni birlashtirdi.
Maysazorda turli yo‘nalish, yosh va martabadagi xodimlar uchrashdilar: to‘rtta jamoa va bitta maqsad —sport musobaqasi ruhidagi his-tuyg‘ular bilan to‘yinish. Didjey musiqa ritmini boshqarar, animatorlar energiya qo‘shar, bu vaqtda minbarlardan yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi, quvonch va hayajonli hayqiriqlari yangrardi.
Turnirni bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sardor Shavkiyev ochib berib, ishtirokchilarga halol o‘yin va chiroyli gollar tiladi.
«Bugun biz futbol maydonida o‘zimizning jamoaviy ruhimiz, birdamligimiz va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimizni namoyish etamiz. Octobank xodimlari allaqachon O‘zbekiston moliya bozorida eng kuchli hisoblanadi! Ushbu o‘yin ham bizni sportda va ishda yangi yutuqlarga ilhomlantirsin!» – dedi Sardor Shavkiyev.
To‘rtta jamoa — FC OCTO CITY, OCTO STARS, OCTO UNITED va OCTO ATHLETIC ikki taymdan to‘liq kuch sarflab o‘yin olib borishdi. Bu yiqilishlar, kurashlar, tabassumlar va kuchli his-tuyg‘ular bilan to‘lib-toshgan haqiqiy o‘yin bo‘ldi. Har bir gol kurash orqali qo‘lga kiritilardi: o‘yinchilar oxirgi daqiqagacha yugurishar, darvozani himoya qilishga tashlanishar, yelkama-yelka turishar — barchasi umumiy natija uchun edi.
Natija esa g‘aroyib bo‘ldi. Turnir yakunida barcha to‘rtta jamoa ishtirokchilari qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi– chempionlarga iPhone 16 Pro Max smartfonlari topshirildi, jamoalarning qolgan ishtirokchilari esa texnika sotib olish uchun sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Muxlislar ham e’tiborsiz qoldirilmadi. Ayollar o‘rtasida tashkil etilgan «Aniq zarba» tanlovida ham ma’lum masofadan to‘pni darvozaga tekkizish orqali smartfon yutib olish mumkin edi.
Ushbu turnir jamoaviy ruh va g‘alabaga intilish — nafaqat ish, balki Octobank’dagi hayot tarzi ekanligini isbotladi. Axir kompaniyaning haqiqiy kuchi — bu har qanday vaziyatda ham jamoa bo‘la oladigan insonlardir.
Octobank – bu har bir kishi o‘zini oldinga intiluvchi katta harakatning bir qismi, drayv va o‘zaro ko‘makning bir qismi sifatida his qiladigan makon. Bunday voqealar pazl kabi Octobankning cheksiz muvaffaqiyat tarixini yaratadi!
Sport
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.
Source link
Sport
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida Parijning «Pari Sen-Jyermen» va Londonning «Arsenal» klublari o‘rtasida 2025/26 yilgi UYeFA Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida «Arsenal» futbolchisi Kay Xavers hisobni ochdi. 63-daqiqada Moskera jarima maydonida Kvaratsxeliyani yiqitdi va «Arsenal» darvozasi tomon penalti belgilandi. Dembele penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.
O‘yinnig asosiy vaqti va qo‘shimcha taymlarda darvozalar ishg‘ol etilmagach, penaltilar seriyasi belgilandi. Penaltilar seriyasida PSJ 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Parijliklar «Real»dan keyin chempionlik unvonini himoya qilgan ikkinchi jamoaga aylanishdi. «Real» bu natijaga 2016/17 va 2017/18 yilgi mavsumlarda erishgandi.
Jamoalar o‘tgan mavsum yarim finalida o‘zaro to‘qnashgandi. O‘shanda Luis Enrike boshchiligidagi jamoa har ikki o‘yinda g‘alaba qozonib, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 3:1 hisobida ustun kelgan. Keyin esa finalda “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, klub tarixida ilk bor Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgandi.
Jamoalar bugunga qadar jami besh marta to‘qnash kelgan. O‘tgan mavsum yarim finaliga qadar parijliklar biror marta ham g‘alaba qozonmagan edi. O‘tgan mavsum umumiy bosqichda «Arsenal» g‘alaba qozongan, 2016/17 yilgi musobaqada esa raqiblar ikki marta durang o‘ynagan.
Budapeshtgacha bo‘lgan yo‘lda jamoalar turlicha uslubda harakat qildi. «Arsenal» himoyadagi ishonchli o‘yini bilan ajralib turdi. «To‘pchilar» to‘qqizta uchrashuvda o‘z darvozasini daxlsiz saqladi va umumiy bosqichda atigi to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.
«PSJ»ning asosiy quroli esa hujumdagi samaradorlik bo‘ldi. Parijliklar ushbu musobaqada 1999/2000 yilgi Chempionlar ligasida 45 ta gol urgan «Barselona» rekordini takrorladi.
«Arsenal»ning yuksalishi bosqichma-bosqich kechdi: 2023/24 mavsumda chorak final, keyingi mavsumda yarim final va endi esa 2005/06 yildan beri ilk marta final.
E’tiborlisi, har ikki jamoa bu yilgi mavsumda o‘z mamlakatlari birinchiligida chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Sport
Dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida o‘smirlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi (foto)
Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 13 ta oltin, 9 ta kumush va 17 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Bugundan yoshlar toifasidagi bahslar boshlanadi.
Sport
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
Ispaniyaning «Real» futbol klubi ketma-ket beshinchi marta Forbes jurnali tomonidan dunyoning eng qimmat klubi deb topildi.
Foto: Gustavo Valiente/Xinhua/Getty Images
Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan (6,75 milliard dollar) 41 foizga ko‘pdir.
Kuchli uchlikka «Barselona» ($7,5 mlrd) va «Manchester Yunayted» ($7,2 mlrd) ham kirdi. Eng qimmat klublar o‘ntaligida quyidagilar bor: «Liverpul» ($6,2 mlrd), «Pari Sen-Jyermen» ($5,8 mlrd), «Bavariya» ($5,7 mlrd), «Manchester Siti» ($5,5 mlrd), «Arsenal» ($5,4 mlrd), «Chelsi» ($4,2 mlrd) va «Tottenhem» ($3 mlrd).
Forbes reytingiga jami 30 ta klub kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 87 milliard dollarga yetgan. Bitta klubning o‘rtacha qiymati 2,9 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2025 yilga (2,4 milliard dollar) nisbatan 21 foizga ko‘pdir.
Ro‘yxatdagi eng ko‘p vakil Angliya Premer-Ligasidan (APL) – 11 ta klub, undan keyin Shimoliy Amerikaning MLS ligasidan 7 ta klub va Italiya A Seriyasidan 4 ta klub.
O‘tgan mavsumda «Real» so‘nggi besh yil ichida birinchi marta sovrinsiz qoldi. Madridliklar Ispaniya chempionatida «Barselona»dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, 1/8 final bosqichida «Albasete»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Kubogidagi kurashni yakunladi. «Real» mamlakat Superkubogida «Barselona»ga yutqazdi (2:3).
Shuningdek, klub ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqolmadi. Jamoa 1/4 final bosqichida Myunxenning «Bavariya» klubiga yutqazdi.
Sport
O‘zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
2027 yilgi U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi «B» guruhidan joy oldi. Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi yosh futbolchilar saralash bahslarida Suriya, Hindiston va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirokidagi saralash uchrashuvlari 2026 yilning 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
-
Iqtisodiyot4 days ago1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
-
Sport4 days agoForbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
-
Iqtisodiyot3 days agoBirjada bug‘doy va sement narxi pasaydi
-
Jamiyat4 days agoBuxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 36 mingtadan oshdi
-
Dunyodan5 days ago
Eronning boyitilgan uranini yo’q qilish kerak
-
Sport5 days ago
Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida zafar quchishdi
-
Jamiyat4 days ago
Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta sovg‘a: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi
