Connect with us

Sport

Nodirbek Yakubbayev – Prague Chess Festival Challengers g‘olibi 

Published

on


Chexiyada o‘tkazilgan Prague International Chess Festival xalqaro turnirining «Challengers» guruhi bahslari o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboyevning g‘olibligi bilan yakunlandi.

Foto: Prague Chess Festival Challengers

Nodirbek Yakubboyev taybrekda Jonas Bjyerri ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. U turnir davomida biror marotaba mag‘lubiyatga uchramagan holda 9 turdan 7 ochko to‘pladi.

Qayd etish joiz, Yakubboyev g‘oliblik bilan birgalikda keyingi yili «Masters» guruhida ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek yangilangan jahon reytingida 2654 ochko bilan 71-o‘rinni egallab turibdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

«Arsenal» va Avstriya termasi sobiq futbolchisi fojiali tarzda vafot etdi

Published

on


«Arsenal» va «Yuventus» ning sobiq darvozaboni Aleksandr Manninger poyezd halokatida vafot etdi. 

Avstriya terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Manninger 16-aprel kuni ertalab poyezd halokatida vafot etdi. Tutto Mercato Web xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 8:40 atrofida Avstriyaning Nussdorf am Haunsberg shahridagi nazoratsiz temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 48 yoshli sobiq darvozabonning mashinasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaqinlashib kelayotgan poyezd oldida kesishmani kesib o‘tgan. Poyezd mashinani bir necha metrgacha sudrab borgan.

Mashinist va taxminan 25 yo‘lovchi jarohat olmagan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Davlat beradigan 35 mlrdning 2/3 qismi Rivaldoga ketadi» – «Bunyodkor»ning moliyaviy holati yomonlashdi

Published

on


«O‘zbekneftgaz» homiylikni to‘xtatishi fonida Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubida jiddiy moliyaviy muammolar kuzatilyapti. «Yetib kelganimiz shu bo‘lsa kerak, «Bunyodkor» stadioni, akademiyasida 2 oydan beri issiq suv yo‘q edi, oylik oxirgi marta dekabrda olganmiz. Bugun butun akademiya va stadion hududida elektrni o‘chirishibdi», deya yozdi klub matbuot xizmati vakili. Shuningdek, braziliyalik futbolchi Rivaldo oldidagi qarzdorlik to‘lovlari ham  jiddiy muammoga aylangan.

Foto: Facebook / Furqatbek Nishonov

Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubida moliyaviy muammolar kuzatilyapti. Jamoa matbuot xizmati vakili Furqatbek Nishonovning ma’lum qilishicha, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik sabab «Bunyodkor» stadioni va akademiyasi issiq va sovuq suv, shuningdek, elektrdan uzilgan.

«Yetib kelganimiz shu bo‘lsa kerak, «Bunyodkor» stadioni, akademiyasida 2 oydan beri issiq suv yo‘q edi, oylik oxirgi marta dekabrda olganmiz, mana bugun butun akademiya va stadion hududida elektrni o‘chirishibdi. Aytgancha, bu yil O‘zbekiston tarixda birinchi marta Jahon chempionatida qatnashadi! Omad yor bo‘lsin!» – deya yozdi Nishonov Facebook’dagi sahifasida.

Kun.uz bilan bog‘langan klub vakilining so‘zlariga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» homiylik qilishni to‘xtatgach, Rivaldo oldidagi qarzdorlik to‘lovlari ham katta muammoga aylangan.

«Rivaldoning 2028 yilgacha bo‘lib to‘laniladigan qarzining 2026 yilgisi 15 aprelgacha berilishi kerak edi, to‘lanmadi. Endi unga ham katta penyalar qo‘shiladi. Davlat beradigan 35 mlrdning 2/3 qismi Rivaldoga ketadi», deydi u.

Avvalroq, bir qator yirik davlat kompaniyalari futbol klublarini moliyalashtirishni to‘xtatgani xabar qilingandi. Masalan, «O‘zbekneftgaz» yil boshida «Bunyodkor», «Nasaf» va «Buxoro» klublariga homiylik qilishdan voz kechdi. Shuningdek, bir qator boshqa klublar ham davlat kompaniyalari homiyligidan ajraldi. Oqibatda, «Bunyodkor», «Dinamo» va «Surxon» kabi klublarda moliyaviy muammolar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

35 mlrd so‘mlik moliyalashtirish tizimi

Bu yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekistonda futbol klublari to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat budjetidan ham pul oladigan bo‘ldi. 27 mart kuni imzolangan qaror bilan, Superliga klublarining har biriga davlat budjetidan 2026 yilda 35 mlrd so‘mdan, 2027 yilda 30 mlrd so‘mdan, 2028 yilda esa 25 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Joriy yilda 16 ta klubga ajratilayotgan jami mablag‘ 560 mlrd so‘m bo‘lib, bu – 45 mln dollardan ortiqroq summa demakdir.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 apreldan boshlab Superliga va Pro liga klublarining futbolchilari 3 yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. Bu imtiyozlar nafaqat futbolchilar, balki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida milliy terma jamoalarga jalb etiladigan barcha trenerlarga ham tegishli.

Shuningdek, futbol klublari va turli sport federatsiyalariga homiylik qilgan tadbirkorlarga ham soliq imtiyozi belgilab qo‘yildi. Bunday tadbirkorlar davlat telekanallarining sportga doir efirlari vaqtida yarim narxida reklama joylashtirish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Klub xarajatlarining kamida 20 foizini zimmasiga olgan tadbirkorlar klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin. Agar tadbirkor klubni birato‘la sotib olmoqchi bo‘lsa, davlat unga imtiyozli kredit berishini ham e’lon qildi.

Qaror bilan, yil oxirigacha futbol klublarining bozor narxini aniqlash va ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish topshirig‘i berildi. Lekin “falon sanagacha bittayam klubda davlat ulushi qolmasin” degan mazmundagi vazifa belgilanmagan.

Rivaldo oldidagi qarzdorlik

Bundan ikki yil oldin FIFAning intizomiy qo‘mitasi «Bunyodkor» klubi braziliyalik futbolchilar Rivaldo va Denilsonga salkam 9,5 mln yevro to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqargandi. Klubning Rivaldo oldidagi qarzdorligi 8,1 mln yevro, Denilson oldidagi qarzdorligi 1,1 mln yevroga baholangan. Bu summalar ichiga vaqtida to‘lanmagan mukofot pullari, to‘lash kechiktirilgani uchun hisoblangan foizlar, shartnoma bekor qilingani uchun belgilangan tovon pullari va futbolchilarning sud xarajatlari kiradi.

Keyinchalik «Bunyodkor» braziliyalik sobiq futbolchilar bilan qo‘shimcha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Bunda kelishilgan summa Denilsonga 2026 yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanishi, Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028 yilga qadar har yili bir martadan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Rivaldo 2008-2010 yillar davomida «Bunyodkor» klubi sharafini himoya qilib, uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan edi. Denilson esa 2010 yil Toshkent klubi safida chempionlikka erishgan, Oliy Ligada 14 o‘yinda 4 ta gol, OChLda esa 6 o‘yinda 5 ta golga mualliflik qilgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Futbolchi Behruz Karimovning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berildi

Published

on


O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda O‘FA xabar berdi. 

Futbolchida o‘ng oyoq panja (plyusnevoy) suyagi sinishi tashxisi tasdiqlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tibbiy qo‘mitasi tomonidan xorijiy va mahalliy sport shifokorlari bilan birgalikda tegishli muhokamalar olib borildi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, futbolchining tezroq safga qaytishi hamda jarohat qaytalanishining oldini olish maqsadida operatsiya amaliyoti bajarildi.

Hozirda futbolchining holati barqaror bo‘lib, reabilitatsiya jarayoni boshlanadi. Dastlabki rejalarga ko‘ra, Behruz Karimov taxminan 1 oy muddatda safga qaytishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Sport

«Bavariya» so‘nggi daqiqalarda «Real»ni to‘xtatdi

Published

on


15-aprel oqshomida YChL chorak finalining so‘nggi javob o‘yinlari o‘tkazilib, yarim finalchilar nomi to‘liq ma’lum bo‘ldi.

«Bavariya» va «Real Madrid» o‘rtasidagi Myunxendagi bahs haqiqiy «triller»ga aylandi. O‘yinda darvozalar jami yetti marta ishg‘ol etildi: «Real»ning har bir goliga «Bavariya» javob qaytara oldi va so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga superkambekka erishdi. E’tiborli tomoni, madridliklar o‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunlashdi (Kamavinga va Guler chetlatildi).

Bavariya 4:3 Real Madrid (umumiy hisob — 6:4)

Gollar: Pavlovich (6), Keyn (38), Dias (89), Olise (90+4) — Guler (1, 29), Mbappe (42)

Londondagi bahsda esa hisob ochilmadi, ammo birinchi o‘yindagi kichik g‘alaba (1:0) «kanonirlar»ga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Arsenal 0:0 Sporting (umumiy hisob — 1:0)

Bir kun oldin o‘tgan o‘yinlardan so‘ng «PSJ» va «Atletiko Madrid» yarim finalga yo‘l olgan edi. «PSJ» «Liverpul»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:0 hisobida mag‘lub etgan, «Atletiko Madrid» «Barselona» bilan ikkinchi o‘yinda 1:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, umumiy 3:2 hisobida ustun kelgan edi.

Yarim final juftliklari:

PSJ — Bavariya

Atletiko Madrid — Arsenal

Dastlabki uchrashuvlar:

28-aprel: PSJ — Bavariya

29-aprel: Atletiko Madrid — Arsenal

Javob uchrashuvlari:

5-may: Arsenal — Atletiko Madrid

6-may: Bavariya — PSJ



Source link

Continue Reading

Sport

Eron terma jamoasi JCh-2026da qatnashishi shart — FIFA prezidenti

Published

on


FIFA prezidenti Janni Infantino Yaqin Sharqdagi keskin vaziyatga qaramay, Eron terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashishi shartligini aytdi.

«Eron, albatta, kelishi kerak. Futbolchilar o‘z xalqi nomidan maydonga tushadilar. Ular saralashdan o‘tishdi va o‘ynashni xohlashadi», — deya ta’kidladi FIFA rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Eron sport va yoshlar siyosati vaziri mamlakat terma jamoasi AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan turnirga bormasligini bildirgan edi. O‘shanda vazir eronlik futbolchilar u yerda o‘zlarini xavfsiz his qilmasliklarini va musobaqada ishtirok etish uchun yetarli sharoitlar mavjud emasligini ta’kidlagan.

Biroq Infantinoning so‘nggi bayonoti FIFA ushbu masalani ijobiy hal etishga umid qilayotganini ko‘rsatmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.