Connect with us

Jamiyat

Nobel Pharmsanoat Yevropaga ilk dori vositasi

Published

on


O‘zbekiston farmatsevtika sanoati Yevropa Ittifoqi bozoriga yo‘nalgan aniq qadam tashladi. Nobel Pharmsanoat Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan Bolgariyaga ilk dori vositasi eksportini amalga oshirib, O‘zbekistonda Yevropa standartlarigamos ishlab chiqarish mumkinligini xalqaro miqyosda namoyon etdi.

Mazkur eksport sifat, xavfsizlik va talablarga muvofiqlik sohalarida yillar davomida olib borilgan puxta va izchil ishlarning tabiiy natijasidir. NobelPharmsanoat bu qadami bilan nafaqat yangi bozorga chiqishni, balki O‘zbekistondan Yevropaga yo‘nalgan eksport salohiyatining muhim qismiga aylanishni maqsad qilgan.

Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqlikning tabiiy natijasi

Yevropa Ittifoqi farmatsevtika sohasida dunyodagi eng yuqori sifat va nazorat standartlariga ega bozorlardan biri sifatida tan olinadi. Nobel Pharmsanoatning Bolgariyaga amalga oshirgan ushbu eksporti O‘zbekistonda xalqaro standartlargamos ishlab chiqarish yondashuvi amalda o‘z tasdig‘ini topayotganini ko‘rsatuvchi muhim voqea sifatida baholanmoqda.

Kompaniya vakillari bu jarayon qisqa muddatli tijoriy qadam emas, balki uzoq yillik sifat va muvofiqlik yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlar samarasi ekanini ta’kidlashmoqda.

“Bu eksport O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi standartlariga mos ishlab chiqarish yondashuvimizning ifodasidir. Biz bu bosqichni manzil emas, balki uzoq yo‘lning boshlanishi deb bilamiz va uni barqaror tarzda rivojlantirishni ko‘zlayapmiz. Nobel Pharmsanoatning ushbu eksporti O‘zbekiston ishlab chiqarishiga bo‘lgan ishonchni oshirmoqda”.

Birinchi qadam, ammo davomi bo‘ladi

Nobel Pharmsanoat ma’lumotiga ko‘ra, Bolgariyaga amalga oshirilgan ushbu ilk eksport

– Yevropa bozoriga taqdim etiladigan yangi mahsulotlar,

– Yevropa Ittifoqining turli mamlakatlari bilan yo‘lga qo‘yiladigan hamkorliklar,

– O‘zbekistondagi ishlab chiqarish infratuzilmasini xalqaro bozorlarga yo‘naltirilgan holda mustahkamlash kabi uzoq muddatli maqsadlar uchun poydevor yaratadi.

Kompaniya O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos, ishonchli dori vositalarini ishlab chiqarishni davom ettirishni va ushbu ishlab chiqarish quvvatini, avvalo Yevropa bozoriga, shuningdek boshqa mintaqalarga olib chiqishni maqsad qilgan. Ushbu eksport orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan ishonchni oshirish va mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shish ko‘zda tutilmoqda.

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda qurilish tashkiloti markaziy kanalizatsiya quvurini uzib yubordi

Published

on


Holat poytaxtning Yakkasaroy tumanida sodir bo‘ldi. “Better Best” qurilish firmasi ko‘p qavatli uy qurilishida belgilangan shart asosida markaziy kanalizatsiya quvurini ko‘chirmasdan kotlovan qazigan. Oqibatda tuproq o‘pirilib, kanalizatsiya quvuri uzilib ketgan. “O‘zsuvta’minot” AJ vakili 10-12 soatda holat bartaraf qilinishini bildirdi.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida markaziy kanalizatsiya quvuriga shikast yetdi. Kun.uz muxbiri hodisa joyidan xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasidagi obektda “Better Best” qurilish firmasi quruvchilari markaziy kanalizatsiya quvuriga jiddiy shikast yetkazgan. Shaharning 3 ta tumanidan keladigan oqova suvlar ushbu uzilib ketgan quvur orqali “Salar” suv tozalash inshootiga quyiladigan bo‘lgan.

“O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, quvurga juda yaqin joydan kotlovan qazilgan. Aslida, bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay shart bo‘yicha quvur ko‘chirilmagan. Ya’ni, dastlab quvurni ko‘chirib, keyin kotlovan qazilishi kerak bo‘lgan.

Tuproqning o‘pirilishi oqibatida quvur ham uzilib ketgan. Hozirda katta hajmdagi quvurdan oqova suvlari chiqyapti. Buni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Hozirda qo‘shimcha kuchlar jalb etilgan”, deydi jamiyat vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, holatni uzog‘i bilan 10-12 soatda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda

Published

on


2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilda mamlakatda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshga yetgan.

Jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 77,3 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklarniki 72,9 yosh bo‘lgan.

Shu tariqa, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda.

Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi mamlakat aholisining o‘rtacha yoshiga oid ma’lumotlarni ham e’lon qilgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 0–4 yoshli bolalar soni 4 million 607 ming 149 nafarni tashkil etgan. Bu eng yirik yosh guruhlaridan biri hisoblanadi.

5–9 yoshdagilar soni 3 million 859 ming 606 nafar, 10–14 yoshdagilar 3 million 406 ming 515 nafar, 15–19 yoshdagilar esa 3 million 155 ming 802 nafarni tashkil qilgan.

20–24 yosh toifasida 2 million 662 ming 250 nafar, 25–29 yoshdagilar orasida 2 million 649 ming 263 nafar, 30–34 yosh guruhida esa 3 million 167 ming 974 nafar aholi qayd etilgan.

Shuningdek, 35–39 yoshdagilar soni 3 million 90 ming 226 nafar, 40–44 yoshdagilar 2 million 687 ming 261 nafar, 45–49 yoshdagilar 2 million 242 ming 676 nafarni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Published

on


Toshkentda kadastr bosh inspektori yengil konstruksiyali qurilmalarni buzmaslik va jarima qo‘llamaslik evaziga 2 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Andijonda esa davlat zaxirasidagi 40 sotix yer uchun 160 ming dollar talab qilib, uning 80 ming dollarini olgan fuqaro qo‘lga olindi.

Toshkent shahri va Andijon viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda pora olish va davlat yerini noqonuniy sotishga urinish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar fosh etildi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, DXXning Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida DXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Kadastr agentligining Yashnobod tuman bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzdirmaslik va unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga ushbu mablag‘ni talab qilgan.

Yana bir holat Andijon shahrida qayd etilgan. 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga Andijon tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini go‘yoki E-auksion orqali yutib olganini aytib, uni kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u 160 ming AQSh dollari talab qilgan. DXX, ichki ishlar va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi oldindan 80 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi

Published

on


O‘zgidromet 4–6 iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi munosabati bilan sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida suv bosish holatlari kuzatilishi ehtimoli ham mavjud.

Ma’lum qilinishicha, xavf Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘ oldi hamda tog‘li tumanlarini qamrab oladi.

Xususan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor, Surxondaryoning Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida sel kelish xavfi yuqori baholanmoqda.

Shuningdek, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tog‘li va tog‘ oldi hududlarida ham sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Bundan tashqari, kuchli yog‘ingarchilik tufayli respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Abdurahmon Fozilov va Otabek Jo‘rayev chipta sotuvi bilan bog‘liq holatga qo‘shimcha izoh berdi

Published

on


Abdurahmon Fozilov o‘ziga nisbatan tanqidiy chiqishlar qilgan blogerlar bilan uchrashib, vaziyatga oydinlik kiritganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda fan-klubning Amerikaga kelishi va tashkiliy ishlar, chiptalar bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, futbolka sotuvlariga aloqador emasligini aniq dalillar bilan ko‘rsatib bergan. Otabek Jo‘rayev ham fan-klub chiptalariga umuman daxli bo‘lmagani, faqat vizasi chiqmay qolgan muxlislarga chiptalarini sotishga yordam berganini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi chipta sotuvi bilan bog‘liq tanqidlarga Iwash brendi bilan tanilgan Otabek Jo‘rayev qo‘shimcha izoh berdi. U fan-klub chiptalariga umuman aloqasi bo‘lmagani, faqat vizasi chiqmay qolgan muxlislarning chiptalarini boshqalarga sotishga yordam berganini ta’kidlayapti.

“O‘zbekistondan Amerikaga borib, 5 ta chipta sotganman. 20 ming dollar xarajat qilib, 2-3 ming dollar topaman deb bordim. Mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Yaxshilab o‘ylab ko‘ringlar.


Birinchidan, stadion tashqarisida qolib ketgan “bechoralar”dan boshlaymiz. 2-3 nafar o‘zbekistonlik sun’iy ravishda chipta narxini oshirib yuborarkan-da? Kongoliklar tashqarida nima qilayotgandi? Ularga ham o‘zbeklar bilet sotganmi, shunda? Stadionga 71 ming nafar odam ketarkan. 68 ming nafar muxlis bilan deyarli to‘ldi. Hamma biladi, chipta qancha kam qolgan sari, narx-navo shuncha ko‘tarilib ketadi. Bu tabiiy. Amerikada, ochiq bozor iqtisodiyotida yashab, shuni bilmadinglarmi?


Ikkinchidan, sizlar mehmon, biz mezbon deyapsizlar. Xuddiki, biz Amerikalaringni olib qo‘yadiganday. Xo‘p, sizlar nimaga shu yerda bo‘la turib oldindan chipta sotib olmagansizlar? Yilning boshidan beri FIFAning rasmiy saytida turgandi. Bizlar O‘zbekistondan turib chiptani olganmiz.


Uchinchidan, chipta sotishga keladigan bo‘lsak, o‘zlaring menga chipta bormi, deb aloqaga chiqdilaring. Ko‘chada yo‘q ekanmi, chipta? Menam ko‘chada chipta sotib yurganim yo‘q edi. Sizlarning ishlaringni yengil qilgan bo‘lsam, men aybdor bo‘lamanmi? Vizasi chiqmaganlar menga aloqaga chiqib, chiptasini sotib berishimni so‘radi. Boshqa tomondan chipta kerak deyishdi. Menam o‘rtada yordam beribman. O‘zimnikini ham qo‘shib sotib yuboribman. Oxiriga kelganda o‘g‘limga ham bilet topa olmay qoldim. Bitta akamiz Toshkentdan aloqaga chiqdi, chiptamni sovg‘a qilib yuboraman deb. Maydalashadigan bo‘lsam, uni ham isbotini ko‘rsatib beraman. Beshta chipta sotganman, 68 ming odam kirgan stadionga. Qanaqa qilib narxni sun’iy ravishda oshirib yuborgan bo‘lishim mumkin. Mingta sotgan taqdirimda ham bozorga ta’sir o‘tkaza olmayman. Fan-klub chiptalariga-ku umuman aloqam yo‘q. Men bu joyda o‘tirganim ham yo‘q. Fan-klub chiptalarini Amerikada turib ham olsa bo‘lardi. Chiptani bepul bersangiz bo‘lmaydimi, deb qo‘yishadi. Men nimaga bepul berishim kerak? Bu xayriya tadbirimi? Bu futbol. Pulga olinadi. Kap-katta erkaklarga men nimaga bepul berishim kerak?


Amerikaning o‘zida o‘zbeklarimizning chipta sotuvi bo‘yicha alohida guruhlari bor ekan. Shulardan ortib menga telefon qilibsizlar, demak ularda qimmatda. Arzon ham sotgan bo‘lib qolyapmanmi?


Futbolka masalasiga keladigan bo‘lsak, mening umaman aloqam yo‘q. Bepul ham tarqatishdi, ko‘rdinglar. Pullilariga keladigan bo‘lsak, rasmiy saytda 33 dollarga turibdi. Shuni 40 dollardan 70 dollargacha sotishdi. Bu ularning ishi, o‘zining puliga olgan”, deydi Otabek Jo‘rayev.

Abdurahmon Fozilov ham vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha izoh berdi va o‘zaro tushunmovchiliklar barham topganligini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qator chiqishlar qilgan Ikromjon Abdullayev va Fozilov o‘zaro uchrashib, vaziyatga oydinlik kiritgan. Uchrashuvda Fozilov fan-klubning Amerikaga kelishi va tashkiliy ishlar, chiptalar bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, futbolka sotuvlariga aloqador emasligini aniq dalillar bilan ko‘rsatib berganini ta’kidlayapti.





Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.