Iqtisodiyot
Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?
Jamg‘armalar qiymatsizlanib ketmasligi uchun ularni saqlash, mol-mulkni himoya qilish va ko‘paytirish mumkinligi haqida tushuntirib beramiz.
So‘nggi vaqtlarda, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik zarur tovarlar narxlari muntazam oshib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bu holat inflyasiya deb nomlanadi va insonlarni jamg‘armalarni qanday saqlash, moliyaviy barqaror kelajakni qanday ta’minlash hamda investitsiya orqali yo‘qotishlardan qanday qochish haqida o‘ylashga undaydi.
Inflyasiya jamg‘armalarning qadrsizlanishiga nima sabab bo‘ladi?
Inflyasiya — bu pulning haqiqiy qiymati pasayib, odatdagi xaridlar yanada qimmatlashadigan jarayon. Ya’ni, ilgari biror mahsulot yoki xizmatlar to‘plamiga yetarli bo‘lgan pul miqdori vaqt o‘tishi bilan yetmay qoladi. Bu hayotning qimmatlashuvi bilan bog‘liq tabiiy iqtisodiy holatdir.
Inflyasiya ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida xomashyo va transport xarajatlarining oshishi, global iqtisodiy o‘zgarishlar, valyuta kurslarining tebranishi kabi sabablar mavjud. Masalan, elektr energiyasi yoki yoqilg‘i narxining oshishi ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari ko‘payishiga olib keladi va bevosita mahsulot va xizmatlar narxiga ta’sir qiladi.
Inflyasiyaning eng sezilarli oqibati shundaki, u hayotning barcha sohalariga bevosita ta’sir qiladi: narxlar oshadi, kreditlar qimmatlashadi, bank omonatlarining daromadi esa ko‘pincha narxlar o‘sish sur’atiga yeta olmay qoladi.
Inflyasiya ayniqsa jamg‘armalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar pulni yostiq ostida, seyfda yoki an’anaviy bank omonatida saqlasangiz, vaqt o‘tgan sayin uning real qiymati kamayadi. Masalan, bugun 10 million so‘mga xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar to‘plamini bir yil, besh yil yoki o‘n yildan keyin ancha kamroq miqdorda xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Bu — xarid qobiliyatining yo‘qolishidir.
Odatdagi omonat hisobi bo‘yicha olinadigan foizlar ko‘pincha inflyasiya darajasidan past bo‘ladi. Pul ma’lum darajada daromad keltiradi, lekin narxlar bu foizlardan tezroq o‘sadi. Natijada, naqd pul yoki past daromadli omonatlar ko‘rinishida mablag‘ saqlash sekin, ammo muqarrar tarzda jamg‘armalarning qadrsizlanishiga olib keladi.
Nega bugun investitsiya qilish zarur?
Bugungi kunda shunchaki pul saqlash xavfsiz emas. Moliyaviy savodxonlik shuni ko‘rsatadiki, pulni yo‘qotmaslik uchun uni investitsiya qilish zarur. Investitsiya — bu faqat boylar uchun mo‘ljallangan vosita emas, balki o‘z jamg‘armasini saqlab qolmoqchi va ko‘paytirmoqchi bo‘lgan har bir inson uchun muhim moliyaviy vositadir.
Investitsiyalar inflyasiyadan himoya qilish bilan birga, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratadi. Pul real iqtisodiyotda — qurilish, ishlab chiqarish, savdo yoki yangi texnologiyalarni rivojlantirishda ishlaydi va foyda keltiradi.
Barqaror va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniya bilan investitsiya imkoniyatlari
Bugungi kunda O‘zbekistonda samarali va shaffof investitsiya yechimlarini taklif qiluvchi zamonaviy kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ular orasida WAY II kompaniyasi har bir investor uchun biznes sherigiga aylanish imkonini taqdim etadi. Kompaniyaning mavjud takliflaridan biri – bu mamlakatdagi eng yirik kompaniyalar sirasiga kiradigan Akfa Aluminium Group’ga investitsiya kiritish imkoniyatidir.
Bu — yillik 10–15% daromad keltiruvchi shaffof investitsiya vositasidir. WAY II kompaniyasining barcha investitsiya mahsulotlari islomiy moliyalashtirish tamoyillariga to‘la mos keladi, bu Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan.
WAY II investitsiya modeli valyuta xatarlaridan himoya qilishni ham nazarda tutadi. Investor mablag‘ni so‘mda kiritgan zahoti, u avtomatik ravishda dollar kursiga bog‘lanadi. Daromad to‘lovlari esa joriy kurs bo‘yicha hisoblanib, investor milliy valyutada, lekin kurs o‘zgarishlari hisobga olingan holda ekvivalent daromadni oladi.
Oddiy qilib aytganda, sizning jamg‘armalaringiz nafaqat inflyasiya va valyuta tebranishi kabi xavflardan himoyalanadi, balki siz uchun ishlay boshlaydi va barqaror daromad olib keladi.
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Telefon: +998 (78) 555-55-55
Sayt: waygroup.uz
Instagram: @way_ll_group
Facebook: @Way ll Group
Telegram: @wayllgroup
Twitter: @way_ll_group
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Iqtisodiyot
Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga boradi
-
Jamiyat3 days ago
Toshkentda yana bir BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi
-
Jamiyat2 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Jamiyat2 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Sport2 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Iqtisodiyot2 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat1 day ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
