Connect with us

Jamiyat

Navoiyda salkam 35 mlrd so‘mlik «keshbek» talon-toroj qilindi

Published

on


Navoiy shahrida 34,8 mlrd so‘mlik mablag‘lar keshbek sifatida hisoblanib o‘zlashtirib yuborilganligi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda 13 ta MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 4,5 trln so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirib, go‘yoki savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida xarid cheklarini chiqargan.So‘ngra 105 524 nafar fuqaroga Soliq Mobile ilovasi orqali keshbek sifatida 34,8 mlrd so‘m hisoblanib o‘zlashtirib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi

Published

on


Qashqadaryo viloyatida davlat mehnat huquq inspektori fuqaroni ishga joylashtirishni va’da qilib, 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining davlat mehnat huquq inspektori A.H. muqaddam sudlangani holda firibgarlik sodir etgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, u o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.H.ni Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filialiga orastabon lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning evaziga inspektor fuqarodan 800 AQSh dollarini olgan. Tergov jarayonida ushbu mablag‘ning 200 AQSh dollari hamda 3,3 million so‘mi qaytarilib, bu holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish jinoyatiga ishtirokchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ushlandi

Published

on


Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida qalbaki xorijiy davlat fuqaroligi pasportlarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, tezkor tadbir davomida Marg‘ilon shahrida yashovchi 1995 y.t. shaxs Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 1990, 1997, 1999 va 2003 yillarda tug‘ilgan 4 nafar tanishi bilan til biriktirib, qalbaki Turkiya Respublikasi fuqaroligi pasporti va haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Ulardan jami 11 dona mobil telefonlar va 2 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi

Published

on


Buxoroda 22 yoshli hindistonlik talaba o‘z kursdoshi (yurtdoshi) bilan yuzaga kelgan janjal oqibatida vafot etdi. Bu haqda Hindiston nashrlaridan biri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Hindistonning Kerala shtatidan bo‘lgan Savariya ismli qizni o‘ldirishda gumonlanib, uning 23 yoshli kursdoshi Sadharul Anam qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, hodisa 3 iyul kuni ikki talaba o‘rtasida kelib chiqqan nizo ortidan sodir bo‘lgan. Janjal paytida yigit qizning boshiga noutbuk bilan urgan. Jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u ichki qon ketishi oqibatida yuzaga kelgan asoratlar tufayli vafot etgan.

Har ikkalasi ham Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi ekani aytilmoqda. Yigit O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan. Savariyaning jasadi Hindistonga yetkazilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bo‘stonliqda quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Published

on


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dalahovlisida dam olayotgan fuqaro quduqqa tushib ketdi. Hodisa joyiga tezkor yetib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari uni quduqdan olib chiqib, tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa kuni kecha soat 12:27 da sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati FVBBga Bo‘stonliq tumani Novobod mahallasi hududida joylashgan dalahovlilaridan birida fuqaroning quduqqa tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Natijada quduqqa tushib ketgan fuqaro sog‘-omon olib chiqilib, shifokorlar nazoratiga topshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Published

on


Avtomobillarni yuvish shoxobchasida ishlagan erkak o‘zganing Spark mashinasini boshqarib ketgan. U avtomobilni ehtiyot qismlarga bo‘lib sotgan holda pulini onlayn qimorga tikmoqchi bo‘lganini aytgan.

Foto: YHXB matbuot xizmati

Toshkent shahrida birovning mashinasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, erkak Yunusobod tumanidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Spark mashinasini egasining ruxsatisiz olib qochib ketgan. Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda YHXB qidiruv bo‘limi xodimlari olib borgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mashina Bektemir tumanida topilib, gumondor qo‘lga olingan.

“Moyka”dan Spark’ni olib ketib qoldim. Bu yoqqa kelganimga hozir bir soatcha bo‘ldi. Maqsad – “zapchast” qilib sotish edi. Onlayn qimor o‘ynayman. O‘sha O‘shanga pul tikib, yutaman degan maqsadda shu ishni qildim”, degan erkak.

Hozirda holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv va protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Toshkent shahar YHXB fuqarolardan mashinalarini qarovsiz qoldirmaslik, kalitlarini begona shaxslarga ishonib topshirmaslik hamda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan. 

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 267-moddasiga ko‘ra, transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan olib qochish 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.