Jamiyat
Navoiyda 50 nafarga yaqin qimorboz ushlandi
Navoiy viloyatining Xatirchi va Navbahor tumanlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil etgan jinoiy guruhlar faoliyati fosh etildi.
Bu haqda «Xabar.uz»ga Navoiy viloyatt IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimov ma’lum qilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyat boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilgan. Unda Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Q.ning o‘z yashash xonadonida qimorxona tashkil etgani aniqlangan. I.Q. o‘zining bir guruh tanishlari bilan moddiy manfaat evaziga qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘ynayotgan paytda qo‘lga olingan. «O‘yin» ishtirokchilari jami 12 million 150 ming so‘m pul evaziga maxsus o‘yin kartalari bilan qimor o‘ynayotgan bo‘lishgan.
Xuddi shunga o‘xshash holat viloyatning Navbahor tumanida ham aniqlangan. Sh.M. ismli shaxs o‘z xonadonida 35-40 nafarga yaqin fuqaroni jamlab, xo‘roz urishtirish o‘yinini tashkil etgan. Ma’lum bo‘lishicha, qimor o‘yini tomoshasiga kelgan fuqarolarning har biridan 20 ming so‘mdan, xo‘roz urishtirishda qatnashganlardan esa 1 million so‘mdan 5 million so‘mgacha mablag‘lar yig‘ib olingan.
«Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari huquqbuzarlarni noqonuniy o‘yin ustida ushlashdi. Tekshiruv davomida xo‘roz urishtirish orqali yig‘ib olingan 1 million 100 ming so‘m pul mablag‘i hamda 7 ta «jangchi» xo‘roz uy egasidan musodara qilib olindi», – dedi Fayozjon Qosimov.
Ayni paytda har ikki holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani ingliz tilida chop etildi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani ingliz tilida jahon kitobxonlariga taqdim etildi.
Ushbu nashr – 2026 yilda adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan yubiley tadbirlari oldidan madaniy tuhfa bo‘ldi, deya xabar berdi “O‘zA”.
2025 yilda adibning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tashabbus doirasida yozuvchining rafiqasi – “Do‘stlik” ordeni sohibasi Maryam aya Shariatullayeva (Yoqubova) tomonidan berilgan oq fotiha va rozilik asosida “Ulug‘bek xazinasi” romanini ingliz tiliga tarjima qilish loyihasi boshlangan edi.
Mazkur ilmiy-adabiy jarayon Andijon davlat chet tillar universiteti doktoranti Abdullajon Ro‘ziyev rahbarligida amalga oshirildi.
Keyinchalik loyiha universitet rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashi bilan xalqaro hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Tarjima jarayonida amerikalik muharrirlar – Shimoliy Karolina universiteti bitiruvchisi Matyu Piyerro (Mattew Pierro) va Alon Shneydman (Alon Schenidman) faol ishtirok etdi.
Ularning hamkorligi natijasida roman ingliz tiliga tarjima qilinib, Amazon platformasida va O‘zbekistonda nashr etildi.
Mirzo Ulug‘bek hayoti, uning ilmiy-ma’rifiy merosi va tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni tasvirlangan ushbu roman endilikda xalqaro kitobxonlarga O‘zbekiston tarixining muhim sahifalarini, milliy madaniyat va adabiy merosni yanada yaqinroq tanitish imkonini beradi.
Kitob zamonaviy nashr standartlariga muvofiq ravishda qattiq muqova (hardcover), yumshoq muqova (paperback) hamda elektron (ebook) formatlarda chop etildi va keng kitobxonlar ommasi uchun Amazon platformasi orqali dunyo bo‘ylab taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, “Ulug‘bek xazinasi” romani dunyoning ellikka yaqin tillariga tarjima qilingan.
Kelgusi yilda Odil Yoqubovning “Qo‘hna dunyo” romanini ingliz tiliga tarjima qilib nashr etish ko‘zda tutilgan.
Jamiyat
Markaziy bank vakolatlari va mustaqilligi kuchaytirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Markaziy bank faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, Markaziy bank va uning tizimi faoliyatini tekshirish Senat qarori yoki qonunda belgilangan holatlardagina amalga oshiriladi. Kredit tashkilotlari uchun belgilanadigan talablar va normativ hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi. Shuningdek, moliya bozorida favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkor huquqiy choralar ko‘rish mexanizmi joriy etiladi.
Deputatlar qonun loyihasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash, tavakkalchiliklarni boshqarish va xalqaro amaliyotlarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Jamiyat
Migratsiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi
Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali qidiruvga berildi.
35 yoshli Azizbek Toshtemirovning ismi «qizil bildirishnomalar» ro‘yxatida va u firibgarlikda gumonlanmoqda.
Toshtemirov 2025-yilga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (2024-yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi)da Janubiy Koreyadagi vakolatxona rahbari sifatida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin agentlikning sobiq xodimlari hamda bir guruh shaxslar odamlarni Koreyaga ishga jo‘natish vaji bilan ulardan katta miqdordagi pullarni talab qilib olish va ularni o‘zlashtirib yuborish kabi qilmishlarni sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga oligani aytilgan edi.
Jamiyat
Stomatologiya xizmatlari narxi o‘tgan yilga nisbatan qancha oshdi?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil aprel oyida stomatologik xizmatlar narxi bir oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga oshgan. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda esa mazkur xizmatlar 4,4 foizga qimmatlashgan.
Qayd etilishicha, narxlar o‘sishi faqat stomatologiya sohasi bilan cheklanmagan. Tibbiyotning boshqa xizmat turlarida ham qimmatlashish dinamikasi kuzatilgan. Xususan, diagnostik vizualizatsiya va tibbiy laboratoriya xizmatlari narxi aprel oyida o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.
Shu jumladan, diagnostik vizualizatsiya va laboratoriya xizmatlari narxi 2025 yil apreliga nisbatan 7,7 foizga qimmatlashgan. Bu tibbiy xizmatlar orasida eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan.
Shuningdek, ko‘z uchun yordamchi mahsulotlar narxida ham o‘sish qayd etilgan. Aprel oyining o‘zida mazkur mahsulotlar 0,6 foizga qimmatlashgan. Yillik hisobda esa ko‘z uchun yordamchi vositalar narxi 3,1 foizga oshgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5,4 trillion so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Xorazmda «hojatbaror» MIB xodimi qo‘lga olindi
Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Majburiy ijro byurosining Xiva tuman bo‘limi davlat ijrochisi xizmat mavqeidan foydalanishga uringan. U bo‘lim ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha 1995-y.t. fuqarodan undirilishi lozim bo‘lgan 4 mln 526 ming so‘m soliq qarzdorligini, shuningdek, unga va uning otasiga nisbatan hisoblangan jami 22 mln 822 ming so‘m yer va mol-mulk soliqlarini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan. Natijada Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgandi.
-
Jamiyat4 days agoНавоийда бир неча кун қизғин давом этган «Медиа ҳафталик» якунланди
-
Dunyodan3 days ago
Prezident Tramp 13-15 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi.
-
Sport4 days agoO‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
-
Sport5 days ago“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
-
Sport4 days agoDenovdagi kurash musobaqasi qotillik bilan yakunlandi: Taniqli polvon pichoqlab o‘ldirildi
-
Jamiyat4 days ago
Bugun ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir va shamol kuzatiladi
-
Sport4 days ago“Barselona” ilk bor “Real”ni yengib, Ispaniya chempioni bo‘ldi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondagi konlarni o‘zlashtirishni boshladi
