Connect with us

Mahalliy

Navoiy nomida xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

Published

on


Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi. 

Hukumat qarori (250-son, 18.05.2026-y.) bilan «Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, xalqaro olimpiadada 14-18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh bo‘lgan maktab o‘quvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.

Xalqaro olimpiada har yili oktyabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offlayn va onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin.

Xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat bo‘ladi.

1 ta davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

1-bosqichda (test) ishtirokchilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini bajaradilar.

2-bosqichda (yozma ish) ishtirokchilar Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha yozma ish (esse) mavzulari orasidan qur’a tashlash yo‘li bilan tanlangan 1 ta mavzu asosida ijodiy ish yozadilar.

Olimpiada g‘olib va sovrindorlari oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mahalliy

 Pul dardida ruhiy himoyasiz insonlarni tomoshaga aylantirmang

Published

on


So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ruhiy holati og‘ir, psixologik himoyasiz yoki intellektual jihatdan zaif insonlar ishtirokida kontent tayyorlash xavotirli darajada kuchaymoqda. Bu holatga shunchaki oddiy blogerlik yoki “xayp” deb qaramaslik kerak. Bunday kontentlar jamiyatning axloqiy va huquqiy chegaralari yemirilayotganining belgisi. Eng og‘ir jihati shundaki, insonning og‘rig‘i auditoriyaga aylantirilmoqda. Ruhiy iztirob  ko‘ngilochar mahsulot sifatida iste’mol qilinmoqda. 

Bugun ayrim kontent mualliflari ruhiy nosog‘lom insonlarni kamera orqali provokatsiya qilmoqda, ularning holatini masxara obyektiga aylantirmoqda, emotsional beqarorligidan monetizatsiya vositasi sifatida foydalanmoqda, ijtimoiy tarmoq algoritmlari uchun “tomosha” ishlab chiqarmoqda.

Bu esa jamiyat ongida xavfli normani shakllantirmoqda. Ya’ni inson qadri emas, ko‘rishlar soni muhim. Xayp uchun bir insonning huquqi poymol bo‘lmoqda, dardi masxara qilinmoqda. Bu masalaga faqat axloqiy emas, huquqiy va siyosiy nuqtai nazardan ham qarash vaqti keldi.  Chunki  Konstitutsiyamizda ham inson qadri oliy qadriyat sifatida belgilangan. Inson sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti daxlsizligi davlat himoyasidadir. Shunday ekan o‘z harakatlarini to‘liq anglay olmaydigan, psixologik jihatdan himoyasiz, ruhiy kasallik belgilari mavjud insonlarning videolarini tarqatish va monetizatsiya qilish jiddiy huquqiy bahoni talab qiladi. Ayniqsa roziliksiz tasvirga olish, ommaviy masxara qilish, shaxsni qadrsizlantiruvchi material tarqatish, kiberbulling elementlari qonunchilik nuqtai nazaridan tahlil qilinishi shart. Bu axborot xavfsizligi masalasidir.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ruhiy himoyasiz insonlardan kontent jamiyatning emotsional muhitini buzadi. Auditoriya bora-bora rahmsizlikka, mazaxni tabiiy qabul qilishga, inson dardini tomosha sifatida ko‘rishga o‘rganib qoladi. Bu esa ijtimoiy ongning degradatsiyasiga olib keladi. Davlat axborot siyosati nuqtai nazaridan ham bu xavfli tendensiya. Chunki jamiyatda agressiya, ommaviy mazax madaniyati, psixologik zo‘ravonlik oddiy holga aylansa ijtimoiy ishonch va fuqarolik muhitiga ta’sir qiladi. Huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri himoyasiz qatlamni himoya qilish qobiliyatidir. Agar jamiyat ruhiy nosog‘lom insonni “kontent” sifatida iste’mol qila boshlasa, davlat institutlari bu holatga munosabat bildirmasa, platformalar monetizatsiyani cheklamasa, bu huquqiy davlat prinsiplariga ham, insonparvarlik tamoyillariga ham zid holatga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, Bolalar ombudsmani, Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, Kiberxavfsizlik markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi mutasaddi organlar mazkur holat yuzasidan aniq huquqiy mexanizmlar ishlab chiqishi kerak.

Qonunchilikda ruhiy himoyasiz insonlarning tasviridan foydalanish, ularni ommaviy mazax obyektiga aylantirish, blogerlik orqali psixologik ekspluatatsiya qilish, monetizatsiya maqsadida inson qadrini poymol qilish holatlarini huquqiy baholash masalalari kun tartibiga chiqishi kerak.
Chunki bu yerda gap faqat odob-axloq, etika haqida emas, inson huquqlari haqida ketyapti.

Axir mamlakatning sivilizatsiya darajasi jamiyatning eng kuchsiz insonga munosabati bilan o‘lchanadi. Ruhiy azobdagi insondan auditoriya yig‘ishni mediaga qiyoslab bo‘lmaydi. Bu endi insoniy chegaralarning yemirilishi. Agar bugun jamiyat bu holatga befarq qarasa, ertaga har qanday himoyasiz inson kamera oldida “kontent”ga aylanishi mumkin. Inson qadri har qanday tomoshadan, shoudan, reklamadan ustun bo‘lgan jamiyatgina haqiqatan rivojlangan jamiyat hisoblanadi.

Mahfuza Yo‘ldosheva



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Gullar shahrida yilning eng qaynoq media haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Published

on


Namangan bu hafta nafaqat gullari, balki Media haftaligi bilan ham bo‘y taratadi! Bugun viloyatda start olgan Media haftalik hududdagi eng kuchli tele-radio xodimlari, matbuot faollari, jurnalistlar, blogerlar va media sohasiga oshufta yoshlarni yagona, ulkan media maydonda birlashtirdi.

​Haftalik davomida eng dolzarb va eng qaynoq mavzularda seminarlar bo‘lib o‘tadi, jumladan:


​Auditoriya yuragiga yo‘l topish sirlari;
​Tezkor va yuqori sifatli kontent formulasi;
​Sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlari va media kelajagi;
Ijtimoiy tarmoqlardagi eng so‘nggi virusli tendensiyalar.

Har kuni soat 17:00 ga qadar davom etadigan amaliy treninglarda o‘z loyihalaringizni taqdim eting, soha top-ekspertlaridan javoblar oling va o‘z imkoniyatingizni ko‘rsating.

​Vodiy media muhiti hozir bilim, tajriba va kreativ g‘oyalar bilan to‘lib-toshmoqda. Safga qo‘shiling va kontent yaratish san’atini yangi bosqichga olib chiqing!



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Issiqdan saqlanishning 11 usuli

Published

on


Issiq kunlar inson organizmi uchun jiddiy sinov hisoblanadi. Tana o‘zini sovitish uchun terlaydi, qon aylanishini tezlashtiradi va ko‘proq suv sarflaydi. Agar tana harorati oshib ketsa, bu holat charchoq, suvsizlanish, qon bosimining buzilishi, hatto issiq urishiga olib kelishi mumkin.

Quyidagi usullar nafaqat xalqona tajriba, balki tibbiy va ilmiy tavsiyalarga ham asoslangan.

Chanqashni kutmay suv iching

Inson tanasining 55–70 foizi suvdan iborat. Issiqda terlash orqali organizm soatiga 1–3 litrgacha suv yo‘qotishi mumkin. Suv kamaysa, tana o‘zini sovita olmay qoladi. Shuning uchun har 20–30 daqiqada oz-ozdan suv ichish, muzdek emas, salqin suv tanlash kerak.

Kunning eng qizigan vaqtida tashqariga chiqmang

Soat 11:00–17:00 oralig‘ida ultrabinafsha nurlar va havo harorati eng yuqori bo‘ladi. Bu vaqtda organizm juda tez qizib ketadi. Agar tashqariga chiqish shart bo‘lsa, soyada yuring, tez-tez dam oling. Bosh kiyim kiying, og‘ir yuk ko‘tarmang.

Och rangli va yengil kiyim kiying

Qora kiyim quyosh nurini ko‘proq yutadi. Paxta, zig‘ir yoki nafas oluvchi matolar esa terning bug‘lanishini yengillashtiradi. Shifokorlar keng kiyim, och rang, tabiiy mato issiqda eng yaxshi himoya vositalaridan biri ekanini ta’kidlaydi.

Xonani to‘g‘ri soviting

Issiq havoda beton va asfalt kechasi ham issiqlikni saqlab qoladi. Shuning uchun kunduzi parda va jalyuzilarni yopish, kechqurun va ertalab shamollatish, ventilyator yoki konditsionerdan foydalanish muhimdir.

Ammo mutaxassislar bir jihatni eslatadi: xona harorati juda yuqori bo‘lsa, ventilyator ham ba’zida zarar keltirishi mumkin.

Sovuq dush yoki nam sochiqdan foydalaning

Salqin suv teridagi qon tomirlarini sovitadi va tana haroratini pasaytiradi. Eng samarali joylar: peshona, bo‘yin, qo‘ltiq osti, tizza orqasi. Chunki bu yerlarda qon tomirlari yuzaga yaqin joylashgan.

Ovqatlanishni yengillashtiring

Yog‘li va og‘ir ovqat hazm bo‘lishi uchun organizm ko‘proq energiya sarflaydi. Bu esa tana haroratini yana oshiradi. Issiq kunlarda tarvuz, bodring, qovun, ko‘katlar, yogurt, yengil salatlar ancha foydali hisoblanadi.

Elektrolitlar haqida unutmang

Ter bilan faqat suv emas, natriy, kaliy va magniy ham chiqib ketadi. Shu sababli ba’zi odamlarda mushak tortishishi, kuchsizlik, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi kuzatiladi. Shu holatda ma’danli suv, ayron, elektrolitli ichimliklar, meva yordam beradi.

Jismoniy harakatni to‘g‘ri vaqtga ko‘chiring

Sport yoki og‘ir mehnat vaqtida organizm yanada ko‘proq qiziydi. Shuning uchun ertalab, kechqurun salqinda mashq qilish xavfsizroq.

Mashinada qolmang

Quyosh ostida turgan avtomobil ichi bir necha daqiqada o‘ta xavfli darajada qizib ketadi. Hatto oyna yarim ochiq bo‘lib, mashina soyada tursa ham ichkarisi juda tez qizishi mumkin. Bolalar va keksalar uchun bu ayniqsa xavfli.

Issiq urishining belgilariga e’tibor bering

Quyidagi belgilar xavfli signal hisoblanadi: kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, haddan tashqari terlash, keyinchalik terlashning to‘xtashi, hushdan ketish. Bu issiq urishi boshlanayotganidan darak berishi mumkin. Bunday paytda holsiz odamni soyaga olib o‘tish, nam sochiq bosish va “tez yordam” chaqirish kerak.

Bir-biringizni kuzatib turing

Issiqdan eng ko‘p jabr ko‘radiganlar keksalar, bolalar, yurak-qon tomir kasalligi borlar, homilador ayollar hamda tashqi mehnat bilan shug‘ullanuvchilardir. Shuning uchun yaqinlar, qo‘shnilar va yolg‘iz yashaydigan odamlardan xabar olib turish juda muhim.

Qiziqarli ilmiy fakt

Inson organizmi normal holatda 36.5–37°C atrofida ishlaydi. Agar tana harorati 40°C ga yaqinlashsa, miya va ichki a’zolar faoliyati izdan chiqishi mumkin. Shu sababli issiq urishi tibbiyotda favqulodda holat deb hisoblanadi.

Akbar Fathullayev



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Bolangizga qanday meros qoladi?

Published

on


Hammasini o‘zingizdan boshlang. Bolangizga ming o‘git bermang, agar siz ishonmasangiz, o‘zingizni sevmasangiz, o‘rnak bo‘la olmasangiz, u gaplaringizga quloq solmaydi. Siz bolaga ichki holatingizni hadya etasiz.

Moddiy boylikdan ko‘ra ma’naviy boylikni meros qilib qoldiring. Inson dunyodan o‘tib ketganida, ota-onasidan qolgan pullarni tezda yo‘qotadi, ma’naviy boylikni esa butun umr ishlatadi, shu bilan birga moddiy boyligini ko‘paytiradi. Farzand uchun o‘qituvchilar, murabbiylar, ustozlarning ahamiyati katta, ammo uning tarbiyasidagi poydevorni siz qo‘yasiz. Shu sababli ota-onalar hayotining oxirigacha o‘z ustida ishlashlari lozim.

Afsuski, oxirgi paytlarda aksariyat ota-onalar ma’nan o‘smay qolishyapti, farzandlari ulardan o‘zib ketib, o‘rtada nizolar yuzaga kelmoqda.

Kezi kelganda, farzandingizdan uzr so‘rashdan uyalmang. Agar sizga noto‘g‘ri muomala qilsa, xafa bo‘lasiz-ku, nima uchun bola sizdan ranjimasligi kerak?! Uning tarbiyasi yo‘lida «Bolajonim, mana bu joyda xatoga yo‘l qo‘yibman, mendan o‘tibdi, xafa bo‘lmagin», deb qo‘ying. Shunda farzandingiz sizga, jamiyatga kerak ekanligini ko‘proq his etadi.

(«Go‘zal hayot tilsimi» kitobidan).



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Buxoroni yondirgan «Media haftalik» endi Farg‘onani portlatadi!

Published

on


Sharq gavhari Buxoroda haqiqiy media-inqilob yuz berdi! Uchinchi kunning o‘zidayoq ishtirokchilar shunchaki bilim olishmadi, balki zamonaviy medianing haqiqiy drayverlariga aylanishdi.

Oddiy voqeadan ham trend darajasidagi kontent yaratish, kutilmagan rakurslar va yangi qahramonlar kashf etildi!

Jurnalistika, SMM, mobilografiya, mediaxavfsizlik va eng asosiysi, sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha eng sara mahorat darslari yakunlandi.

Qatnashchilar media maydonida o‘z ovozi va shaxsiy brendiga ega bo‘lgan chinakam ijodkor sifatida shakllanishdi!

Buxoro marafonni yuqori notada yakunladi, lekin to‘xtash yo‘q! Energiya va shiddat endi vodiyga ko‘chmoqda!

18–22-may kunlari Farg‘ona viloyati raqamli kontent va media olamining markaziga aylanadi! Agar siz trendda bo‘lishni va sohani ichidan portlatishni xohlasangiz, bu imkoniyatni o‘tkazib yubormasligingiz kerak.

Matbuot kotiblari, jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislari, mobilograflar va kontent yaratishga qiziquvchi barcha farg‘onalik kreativ yoshlarni navbatdagi «Media haftalik»ka chorlaymiz.

«Farg‘ona ekspo» markazida bo‘lib o‘tuvchi «Media haftalik»da ishtirok etish uchun viloyat hokimligi axborot xizmati, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi yoki 91-730-45-69 telefoniga zudlik bilan bog‘laning!

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.