Connect with us

Jamiyat

Narkotik moddani saqlab kelgan bank xodimlari ushlandi

Published

on


Yangiyo‘l shahrida faoliyat yurituvchi tijorat banklaridan birining ikki nafar mutaxassisi sintetik giyohvandlik vositasini saqlayotgani aniqlanib, ushbu modda ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar muqaddam narkokurerlar tomonidan Yangiyo‘l tumanidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 485 gramm “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan. Keyinchalik ular ushbu narkotik moddani o‘zlarining 1998 yilda tug‘ilgan tanishining xonadonida saqlab kelgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekiston mahallalari 5 kunda 70 ming tonna chiqindidan tozalandi

Published

on


Qurbon hayiti munosabati bilan 25 maydan 3 iyunga qadar respublika bo‘ylab «Dolzarb 10 kunlik» tozalik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bu borada Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida respublika ishchi shtabi tashkil etildi.

Tadbir davomida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha mahalla va aholi yashash hududlarini ozoda saqlash, bayram kunlari chiqindilar to‘planib qolishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, dastlabki 5 kun davomida 14 494 ta mahalla hududi tozalandi. Ushbu ishlarga 33 024 nafar xodim hamda 12 484 ta maxsus texnika safarbar qilindi. Hududlardan 70 925 tonna qattiq maishiy chiqindi olib chiqilib, tegishli tartibda bartaraf etildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qashqadaryodagi maktablardan birini faqat uch o‘quvchi bitirdi

Published

on


Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 86-umumta’lim maktabining Qurilish qishlog‘idagi filialida maktabni bor yo‘g‘i uch nafar o‘quvchi tamomladi. Bu haqda NasafTV reportajida hikoya qilinadi.

Bitiruvchilar kam sonli o‘quvchi bo‘lishning yaxshi va yomon tomonlari haqida so‘z yuritar ekan, asosan o‘quvchilar soni kamligi sababli sport musobaqalarida doim ham ishtirok eta olishmaganini, ammo ilmda imkon qadar boshqalarga o‘rnak bo‘lishga intilishganini ta’kidladi.

Aytilishicha, ta’lim dargohi tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu qishloq yoshlari internet va ijtimoiy tarmoqlarsiz hayot kechiradi.

«Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan olis, qizil hudud maktablarida ishlovchi o‘qituvchilarga imtiyozlar va imkoniyatlar yaratib berilganidan foydalanib, men Andijon viloyatidan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi olis hudud — Qurilish qishlog‘iga kelib dars beraman. Biz kelgan paytda maktab qizil holatda edi. Mana, oradan uch yil vaqt o‘tdi. O‘quvchilarda bilim, salohiyat va o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘quvchilar olimpiadalarda qatnashyapti, to‘garaklarga qatnashyapti. Ulardagi o‘zgarish katta, albatta», — deydi o‘qituvchilardan biri.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni navbatdagi o‘quv yilini yakunlagani bilan tabriklab, bitiruvchilarga Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi hamda ezgu tilaklar bildirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Migratsiya agentligi xorijda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Published

on


Migratsiya agentligi xorijga ishga ketish niyatida bo‘lgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Fuqarolardan ishga yuborish bo‘yicha litsenziyaga ega xususiy bandlik agentligi bilan shartnoma tuzgach, to‘lovni boshqa firma yoki vositachilar hisob raqamiga amalga oshirmaslik so‘ralmoqda.

Ta’kidlanishicha, xususiy bandlik tashkilotiga berilgan litsenziya boshqa firma yoki konsalting xizmatlariga tatbiq etilmaydi.

Quyidagilar xavfli:


naqd pul berish;
jismoniy shaxs kartasiga pul o‘tkazish;
«konsalting xizmati» nomi bilan boshqa firmaga to‘lov qilish;

To‘lov faqat xususiy bandlik agentligining maxsus depozit hisob raqamiga amalga oshirilishi va albatta to‘lovni tasdiqlovchi chek bo‘lishi kerak.

Agentlik fuqarolarga litsenziyani tekshirish, shartnoma va to‘lovdagi firma nomini solishtirish, to‘lov cheklari, xujjatlar, reklama va yozishmalarning barchasini saqlashni tavsiya qilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yozning birinchi kunida ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Published

on


O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 31-36°, janubda 40° gacha bo‘ladi.
 
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi

Published

on


O‘zgidromet 2–5 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar munosabati bilan respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Mutasaddilar aholi, dam oluvchilar va haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yog‘ingarchiliklar ta’sirida Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida sel oqimlari shakllanishi ehtimoli mavjud.

Xususan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan. Surxondaryo viloyatida esa Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida sel kuzatilishi mumkin.

Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari, Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari ham xavf ostidagi hududlar sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida hamda Angren va Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib turibdi.

Vodiy hududlarida ham xavf yuqori baholanmoqda. Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahrida ham sel kelishi mumkinligi ta’kidlangan.

O‘zgidromet tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va sayyohlarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni, daryo o‘zanlari, soylar va sel kelishi mumkin bo‘lgan hududlarda bo‘lmaslikni tavsiya qildi. Shuningdek, tog‘ yo‘llarida harakatlanuvchi haydovchilarga havo sharoitini inobatga olgan holda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish tavsiya etilmoqda.

Mutasaddilarning qayd etishicha, kuchli yomg‘irlar natijasida respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi mumkin. Bu esa pastlik joylar, ko‘chalar va ayrim aholi punktlarini vaqtincha suv bosishiga olib kelishi ehtimolini oshiradi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.