Jamiyat
Namanganda sobiq imom-xatib hibsga olindi: u qator moliyaviy jinoyatlarda gumonlanyapti
Namanganda sobiq imom-xatib hibsga olindi: u qator moliyaviy jinoyatlarda gumonlanyapti
Source link
Jamiyat
Toshkentda maktab o‘quvchilariga pulga 3D formatda qo‘rqinchli film namoyish qilindi
Film namoyishini “Xur-makon olami” MChJ tashkillashtirgan. Bu MChJni maktablarga Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari Oybek Rahmonberdiyev tavsiya qilgan. Tomoshaga kirgan har bir o‘quvchidan 25 ming so‘mdan yig‘ib olingan. Eng qizig‘i hokim o‘rinbosari tavsiya qilgan MChJ tugatilgan va davlat reyestrida yo‘q.
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi maktablarda o‘quvchilarga qo‘rqinchli film qo‘yib berildi. Bu haqda Kun.uz’ga murojaat kelib tushdi.
Bolalar qo‘rquvdan baqirgan
Kun.uz’ning aniqlashicha, hududdagi maktablardan birida 12 aprel – Jahon aviatsiya va kosmonavtikasi kuni munosabati bilan “planetariy keladi”, deya o‘quvchilardan 25 ming so‘mdan yig‘ib olingan. Ammo “planetariy” o‘rniga bolalarga 3D formatda vahshiylikni targ‘ib qiluvchi qo‘rqinchli film namoyish qilingan.
Holat yuzasidan Kun.uz’ga taqdim qilingan videolavhalarda ekranda odam shaklidagi qo‘rqinchli maxluq tasviri namoyish qilingani, bolalar qo‘rquvdan baqirib yuborgani ko‘rinadi.
“Xonto‘rayeva buyruq berdi”
Kun.uz film namoyish qilingan maktablardan birining direktori (iltimosiga binoan tahririyat uning ismini ochiqlamaslikka qaror qildi) bilan suhbatlashdi. Uning ma’lum qilishicha, ushbu tomosha Uchtepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Nargiza Xonto‘rayevaning buyrug‘i bilan bo‘lgan.
“Xur-makon olami” MChJ tomonidan 3D formatda tomosha qilinadigan ko‘chma kinoteatr kelgandi. Biz aralashganimiz yo‘q: o‘zi pulini belgilab, o‘zi yig‘ib ketgan. Xat asosida kelgani uchun maktabga kirishga ruxsat berdim. Yuqori sinf o‘quvchilari hech narsani his qilmabdi. Ammo 1-sinf o‘quvchilarida qo‘rquv bo‘libdi. O‘zimning oldimga ham ota-onalar keldi”, dedi maktab direktori.
Uning qo‘shimcha qilishicha, film tomoshasiga asosan quyi sinf o‘quvchilari kirgan.
“O‘quvchilardan zo‘r ekanmi, deya so‘rasam, zo‘r, faqat qo‘rqdik, deb chiqishdi. Eshitishimcha, bu faqat maktablarda emas, bog‘chalarda ham qo‘yib berilyapti ekan”, dedi u.
“Zamhokim”ning xati
Maktablarda o‘quvchilar puli evaziga qo‘rqinchli filmlar namoyish qilish Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari Oybek Rahmonberdiyevning “tavsiya xati” asosida amalga oshirilgan. Ya’ni “zamhokim”ning ushbu xati tashkilotchi MChJga maktablar darvozasini lang ochib bergan.
Oybek Rahmonberdiyevning xati Uchtepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Nargiza Xonto‘rayevaga chiqarilgan. Unda “Xur-makon olami” MChJ tomonidan yangi innovatsion 3D formatdagi 360 gradusda tomosha tashkil etilgani aytiladi.
“Bunday filmlarni tomosha qilish jarayonida bolalar atrof-muhit haqida real voqea asosida tushunchalarga ega bo‘ladilar. Bu esa bolalarning bilim saviyasi va dunyoqarashini shakllantiradi. Yangi innovatsion g‘oyalarga bo‘lgan intilishini oshiradi”, deyilgan hokim o‘rinbosari xatida.
MChJ tugatilgan
Oybek Rahmonberdiyevning Nargiza Xonto‘rayevaga xati 2026 yil 30 mart kuni chiqarilgan. Ammo xatda nomi keltirilgan “Xur-makon olami” MChJ faoliyati allaqachon tugatilib ketgani aniqlandi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, “Xur-makon olami” MChJ 2022 yil 19 oktyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yagona ta’sischisi va rahbari Ravshan G‘ofurov bo‘lgan MChJ ayni paytda faoliyat ko‘rsatmayotgani qayd etilgan.
Kun.uz gaplashgan maktab direktori esa chipta pulini firma vakili olib ketganini, maktab ma’muriyati bu jarayonga aralashmaganini aytdi.
Jamiyat
Hisob palatasining SSVdagi vakili tayinlandi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Eralijon Muxtorovich Turdiyev Hisob palatasining Sog‘liqni saqlash vazirligidagi vakili sifatida bosh inspektor lavozimiga o‘tkazildi.
Eralijon Turdiyev 2012 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat va 2014 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega.
Mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi G‘aznachiligining amaliyot boshqarmasida turli mas’ul vazifalarda ishlagan.
Turdiyev tayinlovga qadar Hisob palatasining O‘zbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shu’basi yetakchi inspektori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
«Uning zimmasiga birinchi navbatda budjet qonunchiligi buzilishi holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi, mablag‘lardan foydalanishda xavflarni baholash va samaradorlikni tahlil qilish, davlat xaridlari jarayonlarining qonuniyligini ta’minlash hamda korrupsiyaviy xatarlarni o‘rganish kabi qator vazifalar yuklatildi», – deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Jamiyat
Yangiyo‘lda bank mutaxassislari giyohvandlik moddalari bilan qo‘lga tushdi
Toshkent viloyatida xorijdan olib kelingan sintetik narkotik moddalar olindi.
Toshkent shahrida yashovchi, 1993 y.t., muqaddam sudlangan, hozirda probatsiya hisobida turgan shaxs va uning 1995-y.t. sherigi Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan dala maydonidagi xufiya joydan 2 kg 381 gr «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasini olib, ortga qaytayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, ushbu sintetik narkotik modda «Telegram» messenjeridagi internet narkodo‘kon a’zolari tomonidan Rossiya Federatsiyasidan mamlakatimizga olib kelingan.
Boshqa holatda esa Yangiyo‘l shahrida faoliyat yurituvchi tijorat banklaridan birining 2 nafar mutaxassisi muqaddam narkokur’yerlar Yangiyo‘l tumanidagi dala maydoniga yashirib ketgan 485 gr «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, o‘zlarining 1998-y.t. tanishini xonadonida saqlayotganliklari aniqlandi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
Chorvoqda chiqindilarni noqonuniy tashlashga qarshi reydlarda 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi. Ikkita noqonuniy chiqindixona bartaraf etilgan, 401 tonna chiqindi olib chiqilgan. Hududda chiqindilarni noqonuniy va tartibsiz tashlashning oldini olish maqsadida 10 ta lokatsiyada onlayn videokuzatuv qurilmalari o‘rnatilgan, yana 40 ta nuqtada shunday tizim joriy etish rejalashtirilgan.
Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq turistik zonasida 10 apreldan qurilish chiqindilarini noqonuniy tashlashning oldini olish maqsadida tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tekshiruv Bosh prokuratura, IIV, FVV, Milliy gvardiya, ekologik va turizm politsiyasi hamda mahalliy hokimliklar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘tkazilmoqda.
«Tahlillar ko‘rsatishicha, O‘zbekistonning barcha hududlarida qurilish ishlari ko‘paymoqda va bu o‘z navbatida qurilish chiqindilarining belgilanmagan joylarga noqonuniy tashlanishi bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, birgina Chorvoq erkin turistik zonasi hududida qurilishlar 2020 yilga nisbatan 10 baravarga oshgani natijasida loyiha egalarining qurilish chiqindilarini ekologik me’yorlarga rioya qilmasdan turli joylarga noqonuniy ravishda tashlab ketish holatlari oshgan», – deyiladi xabarda.
Dastlabki o‘rganishlar ko‘rsatishicha, 2020–2021 yillarda tumandagi ikki chiqindi poligoni rekultivatsiya qilinib yopilgan, hozirda chiqindilar Parkent tumanidagi poligonga olib borilmoqda.
11–13 aprel kunlari o‘tkazilgan reydlarda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq 102 ta huquqbuzarlik aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalarini buzish bo‘yicha 19 holat qayd etilgan.
23 ta maxsus texnika yordamida ikkita noqonuniy chiqindixona bartaraf etilgan, 401 tonna turli chiqindilar maxsus poligonlarga olib chiqib ketilgan.
Hududda chiqindilarni noqonuniy va tartibsiz tashlashning oldini olish maqsadida 10 ta lokatsiyada onlayn videokuzatuv qurilmalari o‘rnatilgani, yana 40 ta nuqtada shunday tizim joriy etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, respublika bo‘ylab ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida «dolzarb 10 kunlik» e’lon qilingani qayd etilgan. Uning doirasida qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq yana 11 ta huquqbuzarlik aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Jamiyat
Jarrohlar murakkab operatsiya orqali 5 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi
Tasodifan kaustik soda ishqorini yeb yuborib, mutlaqo ovqatlana olmaydigan holatga tushgan bolaning oshqozoni qayta joylashtirildi, yo‘g‘on ichakdan yangi qizilo‘ngach shakllantirildi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Shifokorlar tomonidan noyob va o‘ta murakkab operatsiya amalga oshirilib, og‘ir ahvoldagi 5 yoshli bolaning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u tasodifan kaustik soda ishqorini yeb yuborgan, oqibatda qizilo‘ngachning chandiqli torayishi yuzaga kelib, vaqt o‘tishi bilan mutlaqo ovqatlana olmaydigan holatga tushgan. Ota-ona farzandini xorijda davolatishga qaror qilgan. Ammo xorijdagi amaliyot vaqtida qizilo‘ngach oshqozon hisobidan qayta shakllantirilib, oshqozon yuqoriga ko‘tarilgan holda qizilo‘ngach qoldig‘iga ulangan. Bu esa yangi transplantantning yurakka bosim o‘tkazishiga va uni siqib qo‘yishiga olib kelgan.
Shundan so‘ng, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi jarrohlari murakkab operatsiyani amalga oshirib, oshqozonni qayta joylashtirib, yo‘g‘on ichakdan yangi qizilo‘ngach shakllantirilgan.
«Tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan operatsiya qariyb 5 soat davom etdi. Yurtimizda ilk bor bajarilgan ushbu o‘ta murakkab amaliyotda oshqozon qayta joylashtirilib, yo‘g‘on ichakdan yangi qizilo‘ngach shakllantirildi. Hozir bolaning ahvoli yaxshi. Shu kunlarda oilasi bag‘riga qaytadi», deyiladi xabarda.
-
Dunyodan4 days ago
Eron rahbarlari AQSh va Isroildan tovon puli talab qilmoqda
-
Iqtisodiyot4 days ago
Centrum Air mavsumning asosiy yo‘nalishlaridan birini ishga tushiradi – Antalyaga kunlik reyslar
-
Dunyodan4 days ago
Eronning sobiq tashqi ishlar vaziri havo hujumida halok bo‘ldi
-
Siyosat4 days ago
Buxoroda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
-
Mahalliy3 days ago
Xorijlik abituriyentlar uchun «Yangi O‘zbekiston stipendiyasi» grant dasturi joriy etiladi
-
Siyosat4 days ago
To‘qayev va Mirziyoyev sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy xakatonga tashrif buyurdi
-
Turk dunyosi3 days agoDadam Turkiyadagi dahshatli tish davolash tufayli tishlarini yo’qotib, o’z joniga qasd qiladi
-
Sport3 days agoToshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
